Home / Madaniyat / Rajab oyining ruzasi
Место рекламы

Rajab oyining ruzasi

rajab-oyiUsmon ibn Hakimdan rivoyat qilinadi:
«Said ibn Jubayrdan rajab oyida turganimizda rajab ruzasi haqida suradim. U: «Ibn Abbosning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ruza tutar edilar, hatto ogizlarini ochmasalar kerak, der edik. Ogizlari ochiq bulardi, hatto ruza tutmasalar kerak, der edik, deyayotganini eshitganman», dedi».
 Mujiyba al-Bohiliyya roziyallohu anhodan, u kishi uz otalari yoki amakilaridan rivoyat qiladi:
«Albatta, u (otasi yoki amakisi) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga boribdi. Sungra esa bir yildan keyin yana holati va kurinishi uzgargan holda kelibdi va: «Ey Allohning Rasuli, meni tanimayapsizmi?» debdi.«Seni nima uzgartirdi? Chiroyli kurinishda eding?» dedilar.
«Sizdan ajraganimdan sung faqat kechasigina taom edim», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Nima uchun uzingni azobga solding?» dedilar-da, sungra: «Sabr oyi ruzasini tut va har oydan bir kun tut», dedilar.«Bir oz ziyoda qiling, mening quvvatim bor», dedi.
«Ikki kundan ruza tut», dedilar.
«Bir oz ziyoda qiling», dedi.
«Uch kundan ruza tut», dedilar.
«Bir oz ziyoda qiling», dedi.«Harom (oy)larida ruza tut, sungra tark qil, harom (oy)larida ruza tut, sungra tark qil, harom (oy)larida ruza tut, sungra tark qil, deb uch barmoqlarini bukib ochib kursatdilar».Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilishgan.Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Yil buyi ruza tutish shariatga tugri kelmasligi, uzini uzi azoblash ekanligi.
2. Nafl ruza tutmoqchi bulgan odam Ramazondan boshqa oylarda bir kundan, ikki yoki uch kundan tutsa bulishi.
3. Agar mazkur miqdorni ham oz deb bilsa va harom oylarda uch kun-uch kundan tutsa, yakhshi bulishi. Rajab oyi ham harom oylardan biri hisoblanadi.Alloh taolo Quroni Karimda: «Albatta, Allohning huzurida oylarning soni Alloh osmonlar, erni yaratgan kuni un ikki oy qilib belgilangan. Ulardan turttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu tugri dindir. U (oy)larda uzingizga zulm qilmang», degan.Harom oylar degani hurmatli, uluglangan, urush-janjal, dushmanlik harom qilingan oylar, deganidir. Ana usha hurmatli turt oy ― muharram, zulqada, zulhijja va rajab oylaridan iboratdir.

Demak, Rajab oyida nafl ruza tutish savobli hisoblanadi. Mashhur sahih kitoblardan boshqa hadis kitoblarida keltirilgan rivoyatlarda rajab oyida ruza tutganlarga ulkan savoblar vada qilingan. Ilojini topgan kishilar bu oyda nafl ruza tutsalar, yakhshi bulishi aniq.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

vKNYzK1LhHGS5YdWMC2UioBfj3bOR8qc

«Sirli dushman kimning ichiga yashiringanini bilmaymiz»: Italiyadagi hayot haqida hikoya

Sisiliyadagi plyajda joylashgan bar egasi Katya Afonina qatiy karantin sharoitida Italiyaning eng yirik orolidagi hayot …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари