Home / Iqtisodiyot / Rahmon Rogun GES-ini ishga tushirdi

Rahmon Rogun GES-ini ishga tushirdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tantanali ravishda Rogun gidroelektr stansiyasining birinchi agregatini ishga tushirdi va shu tariqa stansiya ishiga start berdi.

Marosimda stansiyani qurganlar, faollar, olimlar, yoshlar, mehnat fakhriylari, Dushanbedagi diplomatik korpus vakillari va dunyoning turli nufuzli tashkilotlari hamda uyushmalari mutakhassislari ishtirok etishgan. Shuningdek, marosimda Uzbekiston, Rossiya, Qirgiziston, Afgoniston, Italiya delegasiyalari, tojikistonlik va khorijiy jurnalistlar ham qatnashgan.

Tojikiston prezidenti agregatni ishga tushirishdan oldin GESni qurganlar bilan suhbat qurgan va ular bilan birga suratga tushgan.

«Bugun bizda bayram. Barcha tojikistonliklar uchun cheksiz bayram, chunki uzoq kutilgan voqea yuz berdi. Biz Rogunni ishga tushirdik va u ilk elektr energiyani bera boshladi. Bu sana tojik khalqining tarikhiga oltin harflar bilan muhrlanadi», deb aytgan Rahmon.

Stansiya qurilishida 25 mingdan kuproq quruvchi, muhandis va boshqa tekhnik khodimlar ishtirok etgan. Rogun GESining barcha 6 ta gidroagregati ishga tushirilgach, u respublikadagi Nurek GESidan 1,5 marta kuproq elektr energiya ishlab chiqara boshlaydi.

Agregat respublikaning umumiy energetik tizimiga ulangan.


Rogun GESi / Turon 24

2016 yil 29 oktyabrda Tojikiston prezidenti ishtirokida GESning tugoni qurilishi boshlangan. Usha kuni Rahmon buldozer ruliga utirib, Vakhsh daryosi uzanini tusish buyicha ishlarga start bergandi.

Rogunda umumiy hisobda loyihaviy quvvati 600 megavattlik 6ta gidroagretat urnatiladi, stansiyaning jami quvvati 3600 MVtni tashkil qiladi. Bu esa uni Markaziy Osiyodagi eng yirik GESga aylantiradi.

Loyihaga kura, GES tugonining balandligi 335 metrni tashkil qiladi. Etiborlisi, loyiha yakuniga etkazilgach, ushbu tugon uz turidagi dunyodagi eng balandi buladi.

Check Also

200sum

200 ming sumlik banknotalar muomalaga chiqariladi

Yangi banknotalar 15 iyuldan muomalada buladi. Markaziy bank 2022 yil 15 iyulidan boshlab yangi kurinishdagi …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари