Home / Siyosat / «Rahbarlar befarq bulmasa, vaziyatdan chiqib ketamiz» – Prezident hokimlarni koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi
Место рекламы

«Rahbarlar befarq bulmasa, vaziyatdan chiqib ketamiz» – Prezident hokimlarni koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi

19 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoev koronavirus pandemiyasining aholi turmushi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini yumshatish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi utkazdi.

«Bitta narsani bilishlaring kerak: menga tasir qilmaydi, menga tegishli emas ekan, degan rahbar, fuqaro, tadbirkor, va umuman oqsoqollarimiz, yoshlarimiz khato qiladi. Bu narsa hammamizga bogliq. Hammaga tasir qiladi.

Agar kimda-kim kasalligini bilib, yashirib, uyda utirsa, khalqimizga khavf-khatar etkazadigan omilga aylanadi. Bu buyicha jinoiy javobgarlik bor.

Endi bu khavf-khatar tashqaridan kelishi mumkin emas – hamma er yopildi. Faqat ichkaridagi kasallanganlarni uz vaqtida aniqlab, profilaktika ishlarini tugri yulga quyishimiz zarur», – dedi davlat rahbari.

Mirziyoev hokimlarni koronavirusga qarshi ogohlikka chorladi.

«Har bir hokim bitta narsani bilishi kerak: bu mening viloyatimga kelmadi, bizning tumanimiz tinch, deb bemalol yurishlaring – khiyonat. Takror-takror aytaman, barcha profilaktik ishlarni, aytilgan chora-tadbirlarni hamma uz vaqtida bajarishi kerak», – dedi prezident.

Davlat rahbari uz khonadonlarida izolyasiyada bulishi belgilangan fuqarolarning tartibni buzishi holatlariga ham tukhtaldi.

«Kuchaga chiqishi man etiladi. Nega desangiz, u mana shu kasallikning tarqatuvchisi bulishi mumkin. Ishni markazlashgan tarzda tashkil etish oson, lekin bizdagi malumot buyicha, kup joylarda markazlashgan joylarda ham tashqariga chiqayotganlar bor ekan. Bu man etiladi.

Jiplashib, hammamiz bir bulib, aytilganlarni bajarib, shifokorlarning tavsiyalariga rioya qilsak, hammasi joy-joyiga tushadi», – dedi Shavkat Mirziyoev.

Eslatib utamiz, Uzbekistonda Inqirozga qarshi jamgarma tuzilib, unga 10 trln sum ajratiladigan buldi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

zPx-tc0M5Z50MMTSVn9WJTqL9yQtuiun

Vazirlik: OTMlarda yangi uquv binolariga ehtiyoj yuq

Uzbekistonda yildan yilga OTMlarga qabul kvotalari oshirilmoqda. Shunga qaramay, mazkur tendensiya binolarga bulgan katta ehtiyojni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари