Home / Jahon / «Putinning oshpazi» AQSh bosh prokuroridan Barak Obamaga qarshi jinoiy ish quzgatishni talab qildi
Место рекламы

«Putinning oshpazi» AQSh bosh prokuroridan Barak Obamaga qarshi jinoiy ish quzgatishni talab qildi

Rossiyalik tadbirkor, “Putinning oshpazi” kabi malum bulgan Evgeniy Prigojin unga tegishli kompaniyani taqib qilganlik uchun AQSh bosh prokurori Uilyam Barrdan AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, AQSh adliya vazirligi rahbarlari, parlamentchilari va diplomatlariga qarshi jinoiy ishlar quzgatishni talab qildi.

Evgeniy Prigojin (chapda) / Foto: Reuters

Prigojinning fikricha, bu shakhslar til biriktirib, uzining noqonuniy harakatlari, hujjatlar va isbotlarni sokhtalashtirish yuli bilan unga tegishli “Konkord” kompaniyasini, uning uzini va Rossiyani yomonotliq qilish maqsadida “Konkord”ga qarshi jinoiy ish quzgatishga muvaffaq bulishgan.

16 mart kuni AQShning Kolumbiya okrugi sudi adliya vazirligi taklifiga kura, sudda makhsus khizmatlar manbalari va ularning ishlash usullari haqidagi malumotlar oshkor bulishidan khavotirda “Konkord menedjment i konsalting” kompaniyasiga qarshi ayblovlarni bekor qilgan.

Ayblov arizasida “Konkord” AQSh saylovlarga khorijiy aralashuvni qanday aniqlashi va bartaraf etishi haqidagi akhborotni qulga kiritish uchun sud tizimidan foydalanishga harakat qilgani aytilgan.

AQSh adliya vazirligi vakili “Konkord” uzini himoya qilish urniga sud jarayonini prokurorlardan AQShga qarshi akhborot kampaniyasini tashkillashtirishda qullash mumkin bulgan makhfiy akhborotni olish uchun foydalanganini aytgan.

Prigojin sudning qarori uning kompaniyasiga qarshi bildirilgan barcha ayblovlar yolgonligini anglatishini aytgan. U kompaniyasi nomidan AQShga qarshi 50 mlrd dollarlik davoni ilgari surishga vada qilgan.

AQSh adliya vazirligi 2018 yil fevralda 2016 yilgi prezident saylovlariga aralashuv buyicha uchta kompaniya – Internet-tadqiqotlar agentligi (“trollar fabrikasi” deb ham ataluvchi), “Konkord menedjment i konsalting” hamda u bilan boglangan “Konkord keytering”ga qarshi ayblovlar ilgari surgan. Bundan tashqari, yana 13 rossiyalikka nisbatan ayblov bildirilgan. AQShning usha vaqtdagi makhsus prokurori Robert Myuller ularni AQShdagi saylovoldi kampaniyasi vaqtida jamoatchilik fikriga tasir utkazish uchun ijtimoiy tarmoqlarda kampaniyalar tashkillashtirishda ayblagan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

vkxxL0w4nRaiCGKB_MD-CEDnn8LS_TtE

AQShda koronavirusdan davolanish necha pulga tushishi malum qilindi

Sunggi malumotlarga kura, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 278 mingdan oshib ketgan bulib, ularning soni Nyu-York …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари