Home / Sport / «Pul ugirlashni istamayman». Marchello Lippi yana Khitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi
Место рекламы

«Pul ugirlashni istamayman». Marchello Lippi yana Khitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Futbol buyicha Khitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi lavozimini tark etishini malum qildi.

Foto: Yandex Photos

14 noyabr, payshanba kuni Khitoy terma jamoasi JCh—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Suriyaga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida maglub buldi. Khitoy 5-turdan sung guruh peshqadami Suriyadan besh ochkoga ortda bormoqda.

«Uyin haqida gapirishni istamayman. Jamoa maydonda bor kuchini namoyish qilishi kerak. Murabbiy kursatmalarini bajarishi lozim. Agar futbolchilar maglub bulishdan qurqsa, u holda ularda kurashish khohishi yuq.

Maglubiyat — mening javobgarligim. Raqib kuchli chiqdi.

Yillik maoshim juda baland. Bu pullarni ugirlashni  istamayman. Men bu maglubiyat uchun javobgarlikni tuliq uz buynimga olaman. Rasman bosh murabbiylik lavozimidan ketishimni malum qilaman», — deydi Lippi uyindan keyingi matbuot anjumanida.

71 yoshli italiyalik mutakhassis sunggi un oy ichida ikkinchi bor Khitoy terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi. Avvalroq Lippi 2016 yilning oktyabridan 2019 yilning yanvariga qadar Khitoy termasini boshqaragandi. U may oyida terma jamoaga qaytgandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Ul6ZfytPu-BRpLFeUgUE-xeHFXw9X5Xx

Angliya nashri: «Uzbekiston – 2019 yilning eng yakhshi boks mamlakati»

 Sport buyicha khorijning nufuzli nashrlaridan biri Uzbekistonni «Yilning eng yakhshi boks mamlakati» deya etirof etdi. Bu haqda …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари