Home / Siyosat / Prezident sogliqni saqlash sohasiga aloqador yangi qaror imzoladi
Место рекламы

Prezident sogliqni saqlash sohasiga aloqador yangi qaror imzoladi

Uzbekiston Respublikasi prezidenti “Sogliqni saqlash sohasida davlat-khususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari tugrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni UzA tomonidan keltirilgan.

Qaror bilan sogliqni saqlash sohasida davlat-khususiy sheriklik tugrisidagi nizom tasdiqlandi.

Belgilanishicha:

avfvcwdkcl7q1svya994deldfvahmzq7a) sogliqni saqlash sohasida davlat-khususiy sheriklik loyihalari davlat va khususiy sherik urtasida quyidagi bir yoki bir necha shakllarni birlashtirish orqali amalga oshiriladi:

sogliqni saqlash sohasida jamoat infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, yaratish, jihozlash, modernizasiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va khizmat kursatish;

sogliqni saqlash sohasida tovarlarni etkazish, ishlarni bajarish va khizmatlar kursatish;

b) Uzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari khususiy sherikni tanlab olish tender asosida yoki tugridan-tugri muzokaralar utkazish orqali amalga oshiriladi;

v) bitimning amal qilish muddati davlat va khususiy sherik tomonidan belgilanadi. Bunda u uch yildan kam bulmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak;

g) davlat-khususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda khususiy sherikka ajratilgan er uchastkalari, sotib olingan tibbiy va boshqa uskunalar, shuningdek, ular tomonidan qurilgan obektlar bitimning amal qilish muddati tugagandan sung davlat sherigiga topshiriladi.

Uzbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Sogliqni saqlash vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgarmasining davlat-khususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida sogliqni saqlash sohasiga investisiya kiritadigan investorlarni davlat tomonidan qullab-quvvatlash maqsadida jamgarma mablaglari hisobidan imtiyozli kreditlash tugrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Jamgarma davlat-khususiy sheriklik shartlari asosida tashkil qilinadigan tibbiyot muassasalarining moddiy-tekhnik bazasini mustahkamlash uchun Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 yanvardagi “Oziq-ovqat, charm-poyabzal va farmasevtika sanoatida investisiya loyihalarini moliyalashtirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari tugrisida”gi PQ-2718-son qaroriga asosan ochilgan kredit liniyalarining tanlanmagan mablaglari hisobidan vakolatli tijorat banklariga 10 yil muddatgacha, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davrni uz ichiga olgan, yillik foiz stavkasi 6 oylik LIBOR plyus 2 foizga teng, umumiy miqdori 200 million AQSh dollarigacha bulgan kredit liniyalarini ochadi.

Belgilab quyilishicha, sogliqni saqlash sohasida davlat-khususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida imtiyozli kreditlash tijorat banklari tomonidan:

faqatgina import qilinadigan zamonaviy tibbiy uskunalar va inventarlarni sotib olish uchun – chet el valyutasida kiritiladigan investisiya umumiy hajmining 20 foizidan kup bulmagan miqdorda;

3 yillik imtiyozli davrni uz ichiga olgan holda, 8 yilgacha bulgan muddatga qayta moliyalashtiruvchi bankning marjasi bilan birga yillik 1 foiz miqdorida;

investor tomonidan kiritiladigan investisiyalar umumiy hajmining 80 foizidan kam bulmagan miqdorida khususiy, shu jumladan, khorijiy investisiya kiritish sharti bilan amalga oshiriladi.

Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-khususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Adliya vazirligi:

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda respublika ikhtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari bilan birgalikda bir oy muddatda va keyinchalik har yili davlat-khususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat tibbiyot muassasalarining er uchastkalari, binolari yoki ularning qismlari va khonalari, shuningdek, samarasiz faoliyat kursatayotgan davlat tibbiyot muassasalari hamda sogliqni saqlash sohasida ustuvor yunalishga ega bulgan tibbiy va qushimcha khizmatlar ruykhatini shakllantiradi va ular tugrisidagi malumotlarni tegishli ikhtisoslashgan veb-saytlarga joylashtiradi;

ikki oy muddatda ilgor khalqaro tajribani inobatga olgan holda, sogliqni saqlash sohasida davlat-khususiy sheriklik bitimlarining namunaviy shakllarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

uch oy muddatda sogliqni saqlash sohasida, shu jumladan, respublika ikhtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari ishtirokida amalga oshiriladigan birlamchi ahamiyatga ega bulgan davlat-khususiy sheriklik loyihalarining konsepsiyasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

2019 yil 15 avgustga qadar davlat-khususiy sheriklik bitimlarini tuzish huquqini beruvchi tender elon qiladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

X0dVKf6V4Ha0PreloazESOxNqOWjkUQJ

Orolni yuqotish dahshatlari va misli kurilmagan saksovulzorlashtirish haqida Boriy Alikhonov bilan suhbat

Orol – 50 yil avval ham dunyoning quruqlikdagi eng yirik turtinchi dengizi edi. Afsuski, dengizning …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари