Home / Siyosat / Prezident saylovlarni oktyabrga kuchirish haqidagi qonunni imzoladi
Место рекламы

Prezident saylovlarni oktyabrga kuchirish haqidagi qonunni imzoladi

Prezident Konstitusiyaga saylovlar sanasi bilan bogliq uzgartirishlar kiritish tugrisidagi qonunni imzoladi. Bu yil 24 oktyabrda prezident saylovlari bulib utadi.

Foto: Kun.uz

Prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yil 8 fevral kuni «Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Uzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisida»gi 670-sonli qonunni imzoladi.

Qonun bilan kiritilayotgan uzgartishlarga kura, prezidentlikka, parlamentga, mahalliy kengashlarga saylov tegishincha ularning konstitusiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi un kunligining birinchi yakshanbasida utkaziladigan buldi. Bungacha saylovlar dekabr oyida utkazilar edi.

Saylov qonunchiligiga quyidagi bir qator uzgartirishlar kiritilyapti:

  • milliy ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan takliflari asosida khalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga saylov utkazuvchi okrug saylov komissiyalari instituti tugatilmoqda va ularning vakolatlari tuman (shahar) saylov komissiyalari zimmasiga yuklanmoqda;
  • khorijda istiqomat qilayotgan Uzbekiston fuqarolarini diplomatik vakolatkhonalarning konsullik hisobida bulishi yoki bulmasligidan qati nazar saylovchilar ruykhatiga kiritish tartibi, chet davlatlarda saylovchilar yashayotgan yoki ishlayotgan joyida kuchma qutilarda ovoz berishning huquqiy asoslari yaratilmoqda;
  • qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida, harbiy qismlarda tashkil etilgan saylov uchastkalarini kuzatuvchilar uz tashrifi haqida kamida 3 kun oldin khabardor qilish tartibi belgilanmoqda.

Shuningdek, Evropada Khavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari buyicha byurosining tavsiyalari asosida ham bir qator uzgartishlar kiritilmoqda:

  • saylov komissiyalarining nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga oid vazifasi chiqarib tashlanmoqda;
  • saylovoldi tashviqoti davrida davlat resurslaridan foydalanish taqiqlanmoqda;
  • saylov natijalarini elon qilish muddatlarining asossiz chuzilishining oldini olish maqsadida saylov komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat muddati 10 kundan 5 kunga qadar qisqartirilmoqda;
  • siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun ajratilgan mablaglardan foydalanishning shaffofligini taminlash maqsadida ular tomonidan saylovdan oldin oraliq va saylovdan sung yakuniy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, Hisob palatasining partiyalar faoliyatini tekshirish natijalarini elon qilish tartibi joriy etilmoqda.

Eslatib utamiz, mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 29 yanvar kuni qabul qilingan hamda 5 fevral kuni Senatning un ikkinchi yalpi majlisida maqullangan edi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

442IB5Q4vPxzNwK4KXx-t8iF45CsJj7w

Bosh prokuratura Moliya vaziri urinbosarining korrupsiyaga aloqadorligini tekshiradi

Moliya vaziri urinbosari Abdumukhtor Ergashevning korrupsiyaviy ishga aloqadorligi tekshiriladi. Vazir urinbosari ukasining kompaniyasiga bank krediti …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари