Home / Iqtisodiyot / Prezidentning meva eksportiga oid farmonidan eksportyorlarning hammasi ham khursand emas
Место рекламы

Prezidentning meva eksportiga oid farmonidan eksportyorlarning hammasi ham khursand emas

Khorijga eksport qiluvchi mahsulotlarni “Uzagroeksport” belgilab bergan narkhlarda sotish amaliyoti bekor qilindi. Prezidentning bu boradagi “Uzbekiston Respublikasida investision muhitni tubdan yakhshilash chora-tadbirlari tugrisida”gi farmoni 1 avgust kuni elon qilindi.

ed23ee38-0a5a-4d84-9129-30a9621383be_cx0_cy19_cw0_w1023_r1_s

Uzbekistondan meva-sabzavotni eksport qilish uchun “Uzagroeksport” belgilab bergan kharid narkhlarining bekor qilingani eksportyorlar tarafidan turlicha qarshilanmoqda.

Ozodlik bilan suhbatda bulgan ayrim eksportyorlar cheklovlarning olib tashlanishi ortidan chetga yanada kuproq meva-sabzavot chiqarishiga umid bildirsa, boshqalari makhsulotning eksport narkhi tushib ketishidan khavotirda ekanliklarini aytishadi.

Fargonadagi meva etishtirishga ikhtisoslashgan “Bogu-buston” shirkat khujaligi rahbari Bakhtiyor Mamajonov Ozodlik bilan suhbatda “Uzagroeksport” quygan cheklovlarning olib tashlangani eksport imkonlarini oshirishiga ishonishini aytadi.

– Shu paytgacha qulimiz boglangan, uzimiz belgilagan narkhda eksport qilolmas edik “Uzagroeksport” quygan narkhlar real narkhlardan ikki-uch baravar baland edi, shuning uchun mahsulotimizni hech kim olmay, omborkhonada chirib ketayotgandi. Endi narkh quyish bizning uzimizga berilyapti. Kimga qanday narkhda sotishni uzimiz belgilaymiz, bu esa yanada kuproq mahsuloni chetga sotib, mamlakatga valyuta olib kelish imkonlarini beradi, – deydi fargonalik dehqon.

Urik qoqi va boshqa turdagi quruq mevalar eksporti bilan shugullanuvchi sirdaryolik tadbirkor Doniyor Sharipov esa, “Uzagroeksport” belgilab bergan kharid narkhlarining bekor qilinishi ortidan mahsulotlarning eksport narkhlari tushib ketishidan khavotir bildirdi.

– Maqsadimiz kuproq mahsulotni chetga chiqarishmi yo kuproq daromad kurishmi? Agar kuproq daromad kurish bulsa “Uzagroeksport” quygan meyor turgani yakhshi edi. Chunki eksport narkhlari hozirning uzida tushib ketyapti. Oldin chet ellardagi hamkorlarga narkh aytsak indolmasdi, chunki “Uzagroeksport” quygan talab bor edi. Endi ular narkhni erga urishyapti, ayrim dehqonlar, qupol qilib aytganda, mahsulotini suv tekinga chetga uzatyapti. Oldin chetga kamroq eksport bulgan bulishi mumkin, lekin yakhshi narkhlarda chiqarilgan-da, endi kuproq eksport bulishi, lekin foyda, daromad kamayishi mumkin, – deydi sirdaryolik tadbirkor.

Toshkent viloyatining Parkent tumanida uzum etishtiruvchi dehqon esa uz mahsulotlariga chetdan kharidor topishga qiynalayotgani haqida gapirdi.

– Narkh-navoni uzimiz belgilashimiz mumkin, bu yakhshi, lekin kharidorning uzi yuqku?! Topish qiyin bulyapti. Bu yil meva bozorga juda kup chiqqan, uzimizning bozorda ham sotish qiyin bulyapti. Vinzavodga borsak juda past narkh aytishadi. Shuncha mehnatimiz ketganku, – deydi ismi sir qolishini istagan parkentlik dehqon.

Uzbekiston prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “Uzbekiston Respublikasida investisiya muhitini tubdan yakhshilash chora-tadbirlari tugrisida” deb nomlangan farmoniga muvofiq, endi uzbek dehqoni uzi meva-sabzavotini uzi belgilagan narkhda chetga eksport qilishi mumkin.

Prezident farmoni chiqqunga qadar uzbek dehqoni uzi etishtirgan mahsulotni “Uzagroeksport” belgilagan narkhdan past narkhda chetga eksport qilishi mumkin emas edi.

“Uzagroeksport” belgilagan narkhlar yuqoriligi bois fermerlar mahsulotlarini eksport qila olmay, kartoshka-piyoziyu gilos, qovun-tarvuzi omborkhonalarda chirib ketayotgani borasida ijtimoiy tarmoqlarda shikoyatlar kupaygandi.

Gilos va boshqa hul mevalar eksport narkhlari real narkhlardan ikki baravar yuqoriligi eksportyorlarni “Uzagroeksport” cheklovlarini chetlab utuvchi skhemalar yordamida ish qurishga majbur qilib quygani haqda Ozodlik ham khabar bergan edi.

Uzbekiston bu yil chetga 2 milliard dollarlik meva-sabzavot sotishni muljallagan edi.

“Uzagroeksport” malumotiga kura, yilning birinchi yarmida Uzbekistonda 463 ming dollarlik mahsulot olib chiqilgan.

Uzbekiston meva-sabzavotining asosiy kharidori Rossiya, Qozogiston, Qirgiziston, Khitoy, Turkiya, Pokiston va Erondir.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

5d3vLoHyWi4_7RCD0VaYDLOIaVI_jA4p

Shveysariyadagi ish beruvchilarga masofadan ishlayotgan khodimlarning ijara haqini tulash majburiyati yuklandi

Foto: Pexels Shveysariyadagi ish beruvchi korkhonalarga masofadan turib ishlayotgan khodimlarining turarjoyi ijara haqining bir qismini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари