Home / Jamiyat / Prezident qarori: Uzbekistonda 2021 yildan yangicha mehnat migrasiyasi tizimi joriy qilinadi

Prezident qarori: Uzbekistonda 2021 yildan yangicha mehnat migrasiyasi tizimi joriy qilinadi

2021 yildan boshlab Uzbekistonda tashkillashtirilgan holda khorijga ketishdan oldin fuqarolar majburiy tartibda kasb-hunar va tillarga uqitilishi joriy etiladi. Qonuniy mehnat migrasiyasi tashkil etilishi uchun khorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan hamkorlikda Uzbekistonda makhsus markazlar ochiladi.

Prezident Shavkat Mirziyoev «Khavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari tugrisida»gi qarorni imzoladi.

Qaror bilan khavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi tizimi joriy qilinmoqda hamda uning asosiy yunalishlari belgilanmoqda.

Jumladan:

  • tashqi mehnat migrasiyasi sohasida khalqaro hamkorlik rivojlantiriladi, khorijdagi vatandoshlar tashkilotlari va uzbek diasporalari bilan aloqalar mustahkamlanadi;
  • khorijga ishlashga ketishdan oldin fuqarolar kasb-hunarga va khorijiy tillarga uqitiladi, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi khalqaro sertifikatlar beriladi;
  • mehnat migrantlari moliyaviy va ijtimoiy qullab-quvvatlanadi, ularning hayoti va sogligini sugurtalash amaliyoti kengaytiriladi, ular uchun madaniy-marifiy tadbirlar tashkil etiladi;
  • mehnat migrasiyasidan qaytib kelgan shakhslar reintegrasiya qilinadi, shu jumladan, ularning bandligi taminlanadi, kasbiy malakasi oshiriladi va tadbirkorlik tashabbuslari ragbatlantiriladi.

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hududiy filiallarining ishi quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • hokimlar hududiy filiallarga umumiy rahbarlik qiladi hamda ularga yuklatilgan vazifalar samarali bajarilishini taminlaydi;
  • hududiy filial rahbarlari bir vaqtning uzida Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining yordamchilari hisoblanadi;
  • hokimliklar mahalliy byudjetning qushimcha manbalari hisobidan hududiy filiallarning moddiy-tekhnika bazasini mustahkamlash hamda faoliyatiga malakali mutakhassislarni jalb qilish choralarini kuradi;

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining hududiy filiallariga quyidagi huquqlar berilmoqda:

  • khorijiy ish beruvchilar va ularning vakillari bilan bevosita kelishuvlar tuzish hamda tuzilgan kelishuvlarga asosan fuqarolarni ishga yuborish;
  • khorijiy mamlakatlarning hududiy migrasiya va boshqa davlat organlari bilan aloqalar urnatish va muzokaralar utkazish, khorijdagi vatandoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
  • khorijiy (khalqaro) moliya institutlari migrasiya sohasini rivojlantirishga ajratiladigan grantlarini jalb qilish.

2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan mehnat migrasiyasi yuli bilan khorijga chiqib ketayotgan shakhslarni ishga yuborishdan oldin majburiy tartibda kasb-hunarga uqitish tizimi joriy qilinmoqda.

Buni amalga oshirish uchun 13ta «Ishga marhamat» monomarkazlari, 30ta kasb-hunarga uqitish markazlari, 11ta Toshkent shahri tumanlaridagi qisqa muddatli kasb-hunarga uqitish kurslari hamda 136ta mahalla aholisini kasb-hunarga uqitish maskanlariga qushimcha ravishda quyidagilar:

  • 13ta kollej va 13ta tekhnikumda (jami yillik quvvati 20,2 ming uquvchi) mehnat migrantlari uchun qisqa muddatli (3 oygacha) kasb-hunar va chet tillariga uqitish kurslari tashkil etiladi;
  • qisqa muddatli kurslarning uquv dasturlari khorijiy yirik ish beruvchilarning (Rossiyaning «NIPIGAZ» AJ, «Renaissance Heavy Industries», B.T.K GRUP, Turkiyaning «ANT YAPI»«Tayga Grupp», BAAning «Tadbeer» tashkilotlari) talablariga moslashtiriladi;
  • khorijiy yirik ish beruvchilar va khususiy bandlik agentliklari bilan aloqalar urnatiladi hamda qisqa muddatli kurslarda ular uchun zarur bulgan kasblar buyicha malakali mutakhassislar tayyorlanadi;
  • Mehnat vazirligi huzuridagi jamgarma mablaglari hisobidan qisqa muddatli kurslarga khorijdagi yirik korkhonalarning malakali mutakhassislari va etakchi talim muassasalarining pedagog kadrlari jalb qilinadi.

2021 yil 1 yanvarga qadar quyidagilar tashkil etiladi:

  • Yaponiya ish beruvchilari bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida «Yapon tili va kasbiy malaka» test markazi;
  • Rossiya Federasiyasining Payvandchilik nazorati milliy agentligi bilan hamkorlikda Fargona shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida payvandchilar maktabi;
  • Birlashgan Arab Amirliklarining rekruting «Tadbeer» markazlari bilan hamkorlikda Guliston shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida khizmat sohasida faoliyat kursatadigan ishchilarni tayyorlash uquv markazi;
  • Yaponiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlikda chet tillariga uqitish va khizmat sohasi buyicha kasbga tayyorlash uquv markazlari.

2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • «Ijtimoiy himoya yagona reestri» akhborot tizimida kam taminlangan sifatida ruykhatga olingan oila azolariga, ular mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun khorijga chiqib ketayotganda mikroqarzlar beriladi;
  • mikroqarzlar khorijda ishga joylashish (shu jumladan, yul haqini tulash va mehnat faoliyatiga rukhsat olish) bilan bogliq kharajatlarni qoplash uchun 10 mln sumgacha miqdorda bir yil muddatga beriladi;
  • mikroqarz foiz stavkasining 14 foizli punktidan yuqori bulgan qismi, lekin 21 foizdan oshmagan miqdori Bandlikka kumaklashish davlat jamgarmasi mablaglari hisobidan kompensasiya qilinadi;
  • 2021 yil 1 yanvardan boshlab tashkillashtirilgan holda khorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish – uzini uzi band qilgan shakhslar shugullanishi mumkin bulgan faoliyat turlariga tenglashtiriladi hamda ushbu shakhslarga uzini uzi band qilganlar uchun belgilangan soliqlarni tulash hamda pensiya miqdorini hisoblash tartibi qullanadi.

Tashqi mehnat migrasiyasi sohasini yanada rivojlantirish maqsadida:

  • 2021 yil 1 yanvarga qadar Uzbekistonda Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza khizmati vakolatkhonasi ochiladi hamda ushbu vakolatkhonada patentni tayyorlash, rasmiylashtirish va berish khizmatlari kursatiladi;
  • 2021 yil 1 yanvarga qadar Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Ekaterinburg (90 mingga yaqin mehnat migrantlari ishlamoqda), Novosibirsk (200 ming nafar), Samara (100 ming nafar), Ufa (70 ming nafar), Chimkent (100 ming nafar) va Istanbul (300 ming nafar) shaharlaridagi vakolatkhonalari ochiladi;
  • chet davlatlarda murakkab moliyaviy ahvolga tushgan va shakhsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, mablaglarsiz qolgan 10 mingga yaqin fuqarolarga 446 ming sum (40 doll) bir martalik moddiy yordam kursatiladi hamda ushbu maqsadlarga 4,1 mlrd sum mablag ajratiladi;
  • Rossiya Federasiyasi, Qozogiston va Turkiya Respublikalarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarga huquqiy yordam kursatish maqsadida advokatlik firmalari jalb qilinadi, onlayn platforma yaratiladi va Rossiya Federasiyasi hududini doimiy khizmat bilan qamrab oladigan «Call-markaz» tashkil qilinadi;
  • khorijiy mamlakatlarda Uzbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam yordam kursatib kelayotgan shakhslarni «fakhriy konsul» hamda «jamoat maslahatchisi» etib tayinlash hamda ularni davlat mukofotlari bilan taqdirlash amaliyoti joriy qilinadi;
  • diplomatik vakolatkhonalar, konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining vakolatkhonalari huzurida khorijdagi vatandoshlar, yirik ish beruvchilar hamda Uzbekiston Respublikasi fuqarolariga muntazam ravishda yordam kursatib kelayotgan boshqa shakhslar ishtirokidagi Maslahat kengashlari tashkil etiladi.

2021 yil 1 yanvardan boshlab «Ijtimoiy himoya yagona reestri» akhborot tizimida kam taminlangan sifatida ruykhatga olingan oila azolariga, ular khorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib, qaytib kelganda:

  • Bandlikka kumaklashish davlat jamgarmasi mablaglari hisobidan ijaraga olingan bino va inshootlarning ijara haqini tulash, tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodkhonlikka uqish, kredit taminoti sifatida taqdim etiladigan sugurta polisi buyicha tulovlarni amalga oshirish uchun 2,2 mln sum miqdorida subsidiya tulanadi;
  • Tadbirkorlik faoliyatini qullab-quvvatlash davlat jamgarmasi mablaglari hisobidan ajratilgan kreditning 14 foizdan yuqori bulgan qismi, lekin 21 foizdan oshmagan miqdori kompensasiya qilinadi.

Tuman va shahar sektor rahbarlari, mahalla raislari va mehnat inspektorlari khorijga ishlash uchun ketgan fuqarolarning oila azolariga moddiy va ijtimoiy holatini yakhshilash, zarur tibbiy patronaj khizmatini kursatish, ipoteka kreditlari asosida uy-joylar ajratish, farzandlarining talim olishidagi muammolarini hal qilish, mehnatga layoqatli azolarini ish bilan taminlashga kumaklashadi.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2020–2021 yillarda:

  • 70 mingga yaqin shakhslar kasb-hunarga va chet tillariga uqitiladi;
  • 144 mingdan ortiq shakhslar tashkillashtirilgan holda khorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuboriladi, shu jumladan Rossiyaga 107 ming nafar, Qozogistonga 24 ming nafar, boshqa davlatlarga 13 ming nafar;
  • 148 mingga yaqin khorijdan qaytib kelgan fuqarolarning bandligi taminlanadi;
  • 120 mingga yaqin mehnat migrantlarining oila azolariga yordam kursatiladi.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари