Home / Jahon / Prezident farmoni: Ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni oshiriladi
Место рекламы

Prezident farmoni: Ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni oshiriladi

Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev «Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini yumshatish buyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar tugrisida»gi farmonni imzoladi.

Farmonda belgilanishicha:

  • Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganligi yoki kasallik yuqtirganlikda gumonlanib karantinga joylashtirilgan ota-onalarga (ularning urnini bosadigan shakhslarga, vasiylarga otaliqqa olganlarga), shuningdek ularning 14 yoshga tulmagan farzandiga qarayotgan shakhslarga urtacha ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi tulanadi;
  • Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki karantinga joylashtirilgan farzandning hamda 14 yoshga tulmagan bolaning ota-onasi (uning urnini bosuvchi shakhs, vasiy, otaliqqa oluvchi) bulgan khodim bilan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

  • 2020 yil 1 apreldan 14 yoshgacha bulgan farzandlari bor ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar sonini 10 foizga oshirish, bolani ikki yoshga tulgunga qadar boqish va moddiy yordam berish buyicha choralar kuradi;
  • Sogliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiy, sanitariya-epidemiologiya va boshqa khodimlarga koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etganliklari uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida kunlik qushimcha tulov joriy etadi;
  • davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan va faoliyati tukhtatilgan maktabgacha, umumiy urta, urta makhsus va oliy talim, sport va madaniyat muassasalari khodimlariga ish haqining uz vaqtida tulanishini taminlaydi;
  • Sogliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta ichida aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tugrisidagi hujjatlarni berishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini kuradi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta ichida quyidagilar kuzda tutilgan tartibni ishlab chiqadi:

  • maktabgacha talim muassasalari va umumtalim maktablari faoliyati tukhtab turgan davrda tarbiyalanuvchilar va boshlangich sinf uquvchilarining ota-onalariga yoki ularning urnini bosuvchi shakhslarga yillik mehnat tatilidan foydalanishning yillik rejasidan qati nazar yillik mehnat tatili (olti oydan kam ishlaganlarga ham) taqdim etiladi;
  • karantin choralari davrida ish beruvchilar khodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan va surunkali kasalliklarga chalingan shakhslarni ularning roziligi bilan masofadan ishlashga, moslashuvchan ish jadvali yoki uydan turib ishlashga utkazishlari mumkin.
Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

vkxxL0w4nRaiCGKB_MD-CEDnn8LS_TtE

AQShda koronavirusdan davolanish necha pulga tushishi malum qilindi

Sunggi malumotlarga kura, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 278 mingdan oshib ketgan bulib, ularning soni Nyu-York …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари