Home / Siyosat / Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan 258 kishini afv etdi
Место рекламы

Prezident Ramazon hayiti munosabati bilan 258 kishini afv etdi

Prezident Shavkat Mirziyoev Ramazon bayrami arafasida jazo utayotgan, qilmishiga pushaymon bulgan va tuzalish yuliga utgan 258 nafar fuqaroni afv etish tugrisidagi farmonni imzoladi.

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida khalqimizga khos mehr-oqibat, ezgulik, khayr-sakhovat kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida «Jazo muddatini utayotgan, qilmishiga chin kungildan pushaymon bulgan va tuzalish yuliga qatiy utgan bir guruh shakhslarni afv etish tugrisida»gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, Uzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo utayotgan hamda qilmishiga chin kungildan pushaymon bulgan va tuzalish yuliga qatiy utgan 258 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shakhslarning 16 nafari asosiy jazodan ozod etiladi, 101 nafari jazoni utashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 24 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi engilroq jazo bilan almashtiriladi. Shuningdek, 117 nafar shakhslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 7 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklar, 1 nafari ayol, 7 nafari chet davlat fuqarolari, 164 nafari taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilaridir.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shakhslarni oilasi va yaqinlari bagriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugullanishlari, soglom turmush tarzini yulga quyib, jamiyatda munosib urin topishlari uchun ularga kumak berish buyicha masul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

zz1_wFo0bS6eKPJobO8JZ1dVdUsg3Ol5

Qaysi sohalarda millionerga aylanish oson ekanligi malum buldi

Malumot berilishicha, boyligi 5 mln dollardan ortiq bulgan tadbirkorlarning aksariyati (30 foizga yaqini) uz mablaglarini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари