Home / Madaniyat / Poklik – saodat kalitidir

Poklik – saodat kalitidir

ilmBiz goyatda bakhtli insonlarmiz. Zero, bizni Alloh taolo Uziga banda bulishga loyiq kurdi, Uzining sunggi va mukammal kalomi nozil qilingan sunggi Paygambariga ummat qildi, musulmon diyorda, musulmon oilada musulmon qilib dunyoga keltirdi. Dunyoga kelib, aqlimizni tanigach, oq-qorani ajratadigan bulgachgina, bu nematlarning naqadar ulugligini, shukrini ado qilib bulmas darajada benihoyaligini anglab etdik. Bu dunyoda shirk, kufr, nifoq, hasad, yolgon, khiyonat kabi ulkan gunohlar borligini, bidat-khurofot, shubha-gumon, irim-sirim kabi masiyatlar, jaholatlar borligini kurgachgina, Alloh taolo bizni hali dunyoga kelmasimizdan bu kabi illatlardan poklab quyganini tushundik. Ana shu poklik tufayli biz dunyodagi eng bakhtli insonlarmiz, deb baralla ayta olamiz. Khush, poklik nima uzi? Keling, bugun ana shu guzal tushuncha haqida suhbat qilaylik.

Poklik, tozalik degan suzlarning lugaviy manosi barchamizga malum. Ular hech qanday kir, zarar va shu kabi salbiy tasirlar aralashmagan holat yoki narsani anglatadi. Toza suv deganda rangi, hidi, tami uzgarmagan suv tushunilsa, pokiza libos deganda toza yuvilgan, dog tegmagan kiyim tushuniladi va hokazo. Bularning barchasi moddiy tozalikdir. Ammo manaviy poklik ham borki, bu poklik insonning ichki dunyosida, qalbida, ruhida buladi. Insonning asli, javhari, uning jismini, khatti-harakatlarini boshqarib turuvchi masdar esa ruhdir. Demak, uning moddiy pokligi ham manaviy poklikdan kelib chiqadi. Shuning uchun poklik deganda faqat moddiy yoki faqat manaviy poklikni keskin ajratib bulmaydi.

Haqiqiy poklikning – ham moddiy, ham manaviy poklikning qanday bulishini esa bizga muqaddas Islom dinimiz urgatadi. Zero, Islomning uzi poklik asosida bunyod bulgandir. Shuning uchun biz poklikni bu dinning ikki masdari – pok Parvardigorimizning Kalomi hamda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan urganamiz.

Islom dini insondan ham manaviy, ham moddiy poklikni talab qiluvchi ilohiy talimotdir. Masalan, bir buyumga, makhluqqa emas, uziga ukhshagan bir gunohkor bandaga emas, balki bandaning uzini ham, butun borliqni ham yaratgan Robbiga ibodat qilish manaviy poklik bulsa, bu ibodatni najosat tekkan ahvolda, nopok kiyimda, iflos joyda emas, pokiza jism bilan, top-toza libos bilan, pokiza joyda ado etish moddiy poklikdir.

Khuddi shuningdek, halol yul bilan topilgan pulga halol luqma eyish, jismoniy ehtiyojlarni halol yul bilan qondirish, bir odamga garaz yoki boshqa nopok maqsadlar bilan emas, kholis, pok niyat bilan yakhshilik qilish, khayr-ehson qilish, bu ibodatlarni minnat, riyo kabi illatlardan pok saqlash ham poklikdir.

Islomning besh ustunidan har biri chinakam poklik ramzidir. Iymon – qalbni shirk va kufrdan, shubhadan poklashdir. Tahorat, gusl va tayammum jismni kirdan, chang-gubordan, najosatdan poklashdir. Namoz – uz-uzini fahshu munkar ishlardan poklashdir. Ruza – qalbni masiyatlardan, jismni isrofdan poklashdir. Zakot – mol-mulkni muhtojlarning haqqidan poklashdir. Haj va umra – insonning borligini bu dunyoning utkinchi tashvishlaridan poklashdir.

Alloh taolo Uzining benihoya hikmati bilan bandalarini poklanishga chaqirgan ekan, bu poklikka har qanday zamonda, har qanday makonda rioya qilish lozim va lobuddir. Badanni pok tutish ham, uyni toza tutish ham, tabiatni, atrof-muhitni toza saqlash ham poklik bulganidek, yolgon, hasad, giybat kabi manaviy illatlarni, ugrilik, ribokhurlik, porakhurlik, ichkilibozlik, giyohvandlik, odam savdosi, qotillik, fitna-fasod kabi gunohlarni tark qilish ham poklikdir.

Katta bulsin, kichik bulsin – har qanday miqyosdagi poklik misli kurilmagan khayr-barakaga sabab bulganidek, nopoklik ham umumbashariy qirginlarga, ofatlarga, ulatlarga sabab buladi.

Jismini, libosini, uyini pok tutgan inson soglom buladi, niyati pok, mehnati halol kishining topgan-tutganiga baraka kiradi, el-yurt ichida hurmati baland buladi, turmushi osuda, hayoti mazmunli utadi.

Ahvol aksincha bulsa, buning oqibati qanchalik ogir bulishi barchaga malum. Zamonaviy ilm-fan rivoji tufayli malum buldiki, kasalliklarning deyarli barchasi nopoklik tufayli tarqalar ekan. YOmon niyatli odam esa akhiyri uzining boshini er ekan. Bugungi kunda asr vabosi deb nomlangan dahshatli kasallik – OITS manaviy nopoklikdan kelib chiqqani fikrimizning yorqin dalilidir. Aslida, bunday kasallik paydo bulishining uzi inson zoti uchun sharmandalikdir. Chunki koinotga parvoz qilayotgan, simsiz aloqani kashf qilib, butun dunyoni ulkan akhborot omboriga, muloqot maydoniga aylantirayotgan inson uzining tiyiqsiz nafsini jilovlay olmay, uzining asliyatiga zid bulgan razolat botqogiga botib, oqibatda ota-bobolarining etti ukhlab tushiga kirmagan bedavo dardga chalinib utiribdi. Vaholanki, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam manaviy poklikning hayo, ibo, iffat kabi kurinishlaridan uzoqlashishning ana shunday oqibatlarga olib kelishi haqida un turt asr muqaddam ogohlantirgan edilar.

Dunyodagi birinchi qotillikka ham aynan manaviy nopoklik – hasad sabab bulgan. Ming afsuski, bu nopoklik hamon insoniyatning umriga egov bulib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, Oyga, Marsga suniy yuldosh uchirayotgan, inson azolarini kuchirib utkazayotgan inson uz quli bilan misli kurilmagan qudratga ega ommaviy qirgin qurolini yasab quyib, endi uni yuqota olmay utiribdi.

Uzi utirgan shokhni arralayotgan johil inson tabiatni payhon qilib, nafaqat uzi yashayotgan tuproqni, uzi ichayotgan suvini, hatto uzi nafas olayotgan havoni ham ifloslantirib, atrof-muhitni ekologik halokat yoqasiga keltirib quydi. Vaholanki, dinimizda isrof taqiqlangan, hatto daryoning yoqasida utirgan odamga ham tahorat qilishda suvni isrof qilmaslik buyurilgan. Bulmasa, tahorat olishga qancha suv ketar edi? Shu ozgina suv bilan butun boshli daryoning suv kamayib qolarmidi? Demak, bu ilohiy kursatmani ramziy manoda anglashimiz kerak ekan. Alloh taolo: «Shukr qilinglar, ziyoda qilaman», deb marhamat qilgan. Nematning shukri qanday buladi? Faqat tilda shukr aytish, bu nematni bizga kim berganini etirof qilish bilanmi? Yuq, albatta. Haqiqiy shukrona «Englar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar», degan oyatga amal qilish bilan kamoliga etadi. Yuqolib borayotgan hayvonot, nabotot dunyosi, ichimlik suvi tanqisligi dunyo miqyosidagi bir necha asrlik isrofning oqibatidir.

Bugungi kunda turli siyosiy, milliy va hatto diniy sabablar rukach qilinayotgan qonli urushlarning asl sababi ham misli kurilmagan isrofgarchilik tufayli kamayib borayotgan quvvat va yoqilgi zahiralaridir. Alloh taolo bu had-hisobsiz er usti va er osti boyliklarini inson bir-birining kuzini uyib, talashib-tortishi, talon-taroj qilishi uchun bermagan edi, balki uni tejamkorlik bilan, oqilona tasarruf qilish, tinchlik, bunyodkorlik maqsadlarida foydalanish uchun ato etgan edi. Buni qarangki, moddiy va manaviy poklikka rioya qilmaslik bevosita va bilvosita ana shunday khatarli, ayanchli oqibatlarga olib kelar ekan. Bir suz bilan aytganda, bularning barchasi sizu bizga bu ajib dunyoni yaratib bergan pok Robbimiz Alloh taoloning birgina amriga – poklikka rioya qilmaganimizning oqibatidir. Poklik ana shunday olamshumul ahamiyatga molik masaladir.

Albatta, bir muammoning sabablarini aniqlash, uning oqibatlarini kursatib berish yakhshi. Ammo eng muhimi bu muammoning echimlarini topish va uni bevosita amalga oshirishdir. Shunday ekan, bu borada biz, musulmonlar, buyuk allomalar yurti bulmish jannatmakon Vatanimiz fuqarolari nima qilishimiz kerak? Bizning vazifamiz – bu boradagi islohni avvalo uzimizdan, uz oilamiz, mahallamizdan boshlashdir. Buning uchun oilada farzandlarni manaviy va moddiy tozalikka, poklikka urgatishimiz, avvalo qalbni, niyatni, maqsadni pok qilish, qolaversa, jismini, libosini, uy-joyini, mahallasini, yurtini pokiza, kurkam, ozoda tutish, tabiatdan, atrof-muhitdan tejamli, oqilona foydalanish va uni kelajak avlodlar uchun avaylab-asrash ruhida tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun khalqimizning ming yillik milliy-manaviy qadriyatlaridan, urf-odatlaridan unumli foydalanishimiz, ugil-qizlarimizni dinu diyonatli, insofli, mustaqil fikrli, gayratli, shijoatli va bunyodkor insonlar qilib tarbiyalashimiz kerak.

Alloh taolo barchamizni ham manaviy, ham moddiy poklasin, nematlarining shukrini ado etishimizni, huzuriga soglom qalb, pokiza vijdon bilan borishimizni nasib aylasin, omin!

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари