Home / Jahon / Pentagon Eronni Yaqin Sharqdagi beqarorlikning asosiy manbasi deb atadi
Место рекламы

Pentagon Eronni Yaqin Sharqdagi beqarorlikning asosiy manbasi deb atadi

AQSh va Eron urtasidagi munosabatlar prezident Donald Tramp davrida taranglashgandi.

Eron Yaqin Sharqdagi beqarorlikning asosiy manbasi hisoblanadi. AQSh qurolli kuchlari markaziy qumondonligi rahbari general Frenk Makkenzi ana shunday bayonot bilan chiqdi.

 “Mening fikrimcha, beqarorlik olib kelayotgan eng jiddiy kuchdan boshlayman – bu Eronning harakatlari. Eron rejimi 40 yildan ortiq vaqt mobaynida khalqaro meyorlarga amal qilmasdan terrorizm va terrorchi tashkilotlarni moliyalashtirib va faol qullab-quvvatlab keldi. Eron Iroqdagi beqarorlikning asosiy manbasi hisoblanadi. Eronning harakatlari Suriya va Yamanda kuzatilayotgan beqarorlikka ham olib kelmoqda”, – deb takidladi u.

 AQSh va Eron urtasidagi munosabatlar prezident Donald Tramp davrida taranglashdi. 2020 yil 3 yanvarda Bagdod aeroportida islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniy AQSh harbiy-havo kuchlari hujumi oqibatida uldirilganidan sung bu keskinlik yanada avj oldi.

Avvalroq AQShning yangi prezidenti Jo Bayden mamuriyati iqtisodiy sanksiyalarni saqlab qolgan holda Eronning moliyaviy ahvolini engillashtirish yullarini kurib chiqayotgani haqida khabar berilgandi.

 Bloomberg agentligi manbalarining malumot berishicha, muhokama qilinayotgan yullardan birida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun Eronga Khalqaro valyuta jamgarmasi tomonidan qarz berilishi hamda mamlakatga khalqaro insonparvarlik yordami etkazilishiga tusiq bulayotgan taqiqlarni yumshatishni kuzda tutilmoqda.

Ayrim malumotlarga kura, Oq uyning yangi rahbari Donald Trampning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish tugrisidagi farmonini bekor qilishi ham mumkin. Ammo Eronga nisbatan kiritilgan barcha sanksiyalarni tuliq bekor qilish masalasi kurib chiqilmayapti.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Otabekov britancha shtamm qanday belgilar bilan kechishi haqida malumot berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Nurmat Otabekov britancha shtamm bilan kasallanganda qanday belgilar kuzatilishi haqida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари