Home / Jahon / Pentagon: BAA Liviyadagi «Vagner» jangchilarini moliyalashtirmoqda
Место рекламы

Pentagon: BAA Liviyadagi «Vagner» jangchilarini moliyalashtirmoqda

Birlashgan Arab Amirliklari Liviya sharqidagi qurolli nizolarda Rossiya khususiy harbiy kompaniyasi «Vagner»ning askarlarini moliyalashtirmoqda.

Bu haqda Afrikadagi antiterroristik operasiyalarga javob beruvchi Pentagon bosh inspektorining hisobotida aytilgan.

«Foreign Policy» nashrining malum qilishicha, Pentagonning ushbu hisoboti Fors kurfazidagi AQSh-BAA ittifoqi munosabatlariga salbiy tasir qilishi mumkin.

Bundan tashqari, AQSh Kongressidagi demokratlar prezident Donald Tramp administrasiyasi tomonidan erishilgan shartnomani bekor qilishga urinmoqda. Shartnomada BAAga 23 milliard dollarlik F-35 qiruvchi samolyotlarini etkazib berish nazarda tutilgan.

«Vagner» norasmiy qurolli tuzilma bulib, OAVlarda uning Rossiyaga tegishli ekani yoziladi. Ushbu guruh 2014 yildan beri Ukraina sharqida, sung Suriyada va Afrikaning turli hududlarida jangovar harakatlarda qatnashgan. Rasmiy Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bulgan biznesmen Evgeniy Prigojin orqali moliyalashtiriladigan guruh bilan aloqasi borligini rad qilib keladi.

2017 yil iyun oyida «Vagner» khususiy harbiy kompaniyasi AQShning sanksiyalar ruykhatiga kiritilgan. Shundan sung uning umumiy qabul qilingan ushbu nomi malum manoda qonuniylashadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Otabekov britancha shtamm qanday belgilar bilan kechishi haqida malumot berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Nurmat Otabekov britancha shtamm bilan kasallanganda qanday belgilar kuzatilishi haqida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари