Home / Jahon / Parijda 2024 yilgi Olimpiada logotipi taqdim qilindi
Место рекламы

Parijda 2024 yilgi Olimpiada logotipi taqdim qilindi

Parijda 2024 yilgi yozgi Olimpiadaning logotipi taqdimoti bulib utdi. U uzida uchta ramz – medal, Olimpiya mashalasi va eng taniluvchi fransuz ayoli siymosini uzida birlashtirgan.

yeizst9cncjiuhscvcdsvma3jcxcjhbk

Bir qarashda logotip oq rangdagi alanga tasviriga ega dumaloq oltin medalni ifodalaydi. Biroq boshqacha talqinda unda ayolning yuzi va malla sochlarini kurish mumkin. Bu siymo Fransiyaning ramzlaridan biri va  “Ozodlik, Tenglik, Birodarlik” milliy shiorining timsoli hisoblangan Mariannaning yuzidir.

“Medal, olov, Marianna. Parijdagi 2024 yilgi Olimpiada va Paralimpiadaning yangi yuzi”, deb malum qilingan Olimpiada tashkiliy qumitasida.

“Medallardan eng chiroylisining shakli va rangiga ega logotip sportning bosh qadriyatlaridan biri – mukammallikka intilishni ifodalaydi. Olimpiya va Paralimpiya mashalasi hamisha uziga khos khotiralarni eslatadi. Alanga bizni orzu qilishga, Olimpiya va Paralimpiya uyinlarini tashkillashtirishning yangi usullarini izlashga chorlaydi. Va nihoyat, Marianna. Emblema butun dunyoga mashhur fransuz milliy ramzi bulgan ayolga hurmat bajo keltirishdir”, deyilgan Khalqaro Olimpiya qumitasi saytida.

Tarikhda birinchi marta Olimpiya va Paralimpiya uyinlarining emblemasi bir khil buladi.

2024 yilgi Olimpiada Parijda 26 iyuldan 11 avgustgacha, Paralimpiada esa 28 avgustdan 8 sentyabrgacha bulib utadi.

Paris 2024

@Paris2024

Je suis le nouvel emblème de

Embedded video

Paris 2024

@Paris2024

I am the new emblem of

Embedded video

5,384 people are talking about this
Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

8m_vE51tuZgW6qRu0q8AKN9AsZgTvDzI

«Milliy tiklanish» Uzbekistonning EOIIga kirishi buyicha pozisiyasini uzgartirdi(mi?)

10 oktyabrda Uzbekistonning EOIIga kirishiga qatiy qarshiligini bildirgan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари