Home / Madaniyat / Paygambar tabobati

Paygambar tabobati

paygambarTib ilmi mohiyatiga kura dunyoviy ilmlar qatoriga qushilsa ham, aslida insonlarga chinakam foydali tabobatning ilk kurtaklari Quroni Karim va Paygambar alayhissalomning hadisi shariflarida tilga olingan. Zamonaviy tib ilmi qancha rivoj topib, sunggi kashfiyotlar tufayli qancha yangiliklar kiritilmasin, Kitob va Sunnatda bundan un besh asrcha muqaddam insoniyatga taqdim etilgan tibbiy tavsiyalar hamisha dolzarb va foydali bulib qolaveradi.

«Paygambar tabobati» («Tibb un-nabaviyya») kitobida keltirilgan juda kup muolajalar va kasalliklar davosiga oid tavsiyalar hozirgi paytda tib ilmining asosi sifatida tan olib kelinyapti. Masalan, «Shifo uchta narsadadir: asal ichish, qon olish va kuydirishda, ammo men ummatimni kuydirishdan qaytaraman», degan hadis tavsiyasida tibbiy muolajaning asos omillari zikr etilgan.

Kitobda turli kasalliklarga tarif beriladi, ularni davolash yullari keltiriladi, ruh va badan tabobatining farqlari kursatiladi. Unda yozilishicha, kasallik ikki khildir: qalb kasalligi va badan kasalligi. Qalb kasalligi ham uz navbatida ikki khil: shubha va gumon khastaligi hamda shahvat va zalolat kasalligi. Badan tabobatining qoidalari uchtadir: soglik muhofazasi, zarardan himoya, fasodli moddalardan forig bulish.
Qamalib-tiqilib qolib, zarar etkazadigan narsalar untadir: kupirgan qon, quzgalgan maniy (shahvat urugi), bavl (siydik), katta hojat, qorindagi dam, qusqi, aksa, uyqu, ochlik, tashnalik. Mana shu un narsaning har biri ushlanib-tutilib qolsa, albatta? bir dard-kasallikni keltirib chiqaradi.
Badanlar tabobati ikki turli buladi: ochlik, tashnalik, sovuq, charchash va ularga zid holatlar muolajasiga ukhshash birinchi turini Alloh tilli va tilsiz makhluqida yaratib quygan, bunda tabibning muolajasiga ehtiyoj yuq. Ikkinchi turi esa fikr va harakatga muhtojdir. Mijozda paydo bulgan va uni mutadillikdan chiqaradigan kasalliklarni daf qilishga ukhshash. Zotan, mijoz issiq yoki sovuq, quruq yoki hul bulishi mumkin.
Paygambar tabobatida mijoziy kasalliklar ikki khil bulishi aytilgan: modda sababidan va moddasiz sabab bilan. Moddali khili issiq, sovuq, hul yoki quruq buladi. Mana shu turt kayfiyatdan ikkitasi: issiq va sovuq tasir etuvchi kayfiyatga, hul va quruq esa tasirlanish kayfiyatiga ega. Abu Abdulloh al-Mozariy aytishicha,«Kasallik kelib chiqishiga kura turt turli buladi: qondan, safrodan, balgamdan va savdodan. Agar u qondan bulsa, uning shifosi qonni zuluk, qortiq quyish, nishtar urish kabi usullar yordamida chiqarib tashlash bilan buladi. Agar qolgan uch qismdan bulsa, ularning shifosi har bir mijozga loyiq surgi bilan amalga oshiriladi. Paygambarimiz asal ham surgi ekanini aytganlar».
Mijoziy kasalliklarning asli tarkib kayfiyatlarining kuchlisiga, yani issiqlik va sovuqlikka tobedir. Agar kasal issiqdan bulsa, venadan qon olish, zuluk yoki nishtar, qortiq yordamida qon chiqarib tashlanib, muolaja qilinadi. Chunki bunda modda bushanadi, mijoz soviydi. Agar u sovuqdan bulsa, u qizdirish yuli bilan davolanadi, bu asalda mavjuddir. Agar sovuq moddadan bushanishga ehtiyoj bulsa, bu holda ham asal kor keladi.
Lekin zamonaviy shifokorlar davolash chogida aksari hollarda bemorning mijozi bilan mutlaqo qiziqishmaydi, kasallikning botiniy sabablari haqida surab-surishtirishmaydi, tashqi kurinishlarga qarab khulosa chiqarishadi va tashkhis quyishadi. Natijada kup hollarda bemorning tuzalishi kechikib ketadi, bazan esa muolajalar hatto ogir oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Paygambar alayhissalom hadislarida musulmonlar hayotining barcha jabhalari qatori ular salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni davolash kabi muhim masalalar ham qamrab olingan. U Zot talim bergan muolaja usullari, sodda dorilar, shifobakhsh taomlar, ovqat istemol qilish va ichimlik ichish qoidalari asrlar mobaynida insoniyatga khizmat qilib kelmoqda.
Koinot sarvari bosh ogrigidan khalos bulish uchun khina quyishni tavsiya etganlar. Kuz kasalliklarida tinchlikni saqlash, osoyishtalik va dam olishni buyurganlar. Tomoq ogrigini davolashda hind yogochini, qorin ogrigida asalni qullaganlar. «Paygambar tabobati» kitobida istisqo, upka yalliglanishi, badan qichimasi, husnbuzar va boshqa kasalliklarni davolashda foyda beradigan dorilar ham tilga olingan.
Abu Barakotning yozishicha, «Bir kasal chiqqan joyda bulsangiz, boshqa biror yoqqa chiqmang, bir erda kasallik tarqasa, u erga sayohat qilmang», deb buyurib, karantin usulini ham ilk marta Rasululloh alayhissalom tavsiya etganlar. Yana u zot barcha kasalliklarda parhez buyurib, «Hamma davolarning boshi shudir», deganlar.
Abu Hayyanning «Al-kholis» kitobida kuz kasalliklari va tomoq ogriqlariga oid hazrati Paygambarning ushbu tavsiyalari keltirilgan: «Zamburuglarni oling, namli qorongi erda uch kun saqlang, ular mogorlab qoladi. Sikhga ilib qizdiring. Sovugach, kuzga khuddi surma surganday uch marta shu mogordan surting, tomoqqa bosib urang».
Kuzi ogriganlarga doimo asal, khurmo eyishni tavsiya etganlarki, buning penitsillin ekani keyinchalik aniqlandi. Zaharlanganda darhol oshqozonni bushatish uchun qayt qildirar va elkalarining uch joyidan qon oldirar edilar. Sil, yutalga chalinganlarni va balgam tashlaganlarni chuponlar yoniga quyib kelardilar va sut ichishni tavsiya etardilar.
Alloh bergan umrni yashab Uning roziligini topish uchun Paygambarimiz alayhissalom quyidagilarga qatiy amal qilishimizni buyuradilar:
Doimo toza va pokiza taomlarni eng.
Juda issiq yoki juda sovuq ovqatlarni istemol qilmang, ularda baraka ham, shifo ham bulmaydi.
Taomni uzoq chaynab, sekin eng.
Ovqatdan oldin va keyin qullaringizni yuving.
Ovqatni faqat ishtaha kelganida tanovul qiling, kup emang. Ovqatlanish paytida kup suv ichmang.
Qishda kuproq yogli, kuchli taomlarni, yozda esa engilroq ovqatlar va sabzavot-kukatlarni eng.
Dasturkhoningizdan khurmo arimasin.
Uzum, khurmo va zaytun Allohga shukr etmoq uchun sizga sihat va quvvat beradi.
Charchagan vaqtingizda shirinliklardan tanovul qiling.
Siniq kosada ovqat emang, suv ham ichmang.
Ovqatlanayotganda yakhshi kayfiyatda buling, yolgiz ovqatlanmang.
Suvni birdan simirmay, huplab-huplab iching, aks holda jigar khastaligini keltirib chiqaradi.
Agar sut ichsangiz, suv bilan ogzingizni chaying, chunki unda yog bor.
Nonni ezozlang, chunki u er va osmon barakotidandir. Kim dasturkhonga tukilgan ushoqni esa, Alloh uning gunohini kechiradi.
Behi eyish yurak khastaligini ketkazadi.
Ukrop istemol qilish qulanj (yugon ichak kasalligi)ning oldini oladi.
Sigirning suti shifo, yogi davo, gushti esa kasalliqdir.
Alloh taolo har bir dardning davosini ham yaratib quygan.
Sigir sutini kuproq istemol qilinglar, chunki u turli dorivor giyohlarni terib eydi.
Istemolda sut mahsulotlari bilan baliqni aralashtirmang, Paygambarimiz «Sut ichib turib, baliq ema», deganlar, chunki ular qushilsa, qonni buzishi mumkin.
Asal eb turing, chunki u ming dardga davodir.
Har oyda bir kun ruza tutingki, toki vujudingiz dam olsin.
Ovqatdan sung duo uqib, Allohga shukr qiling.
«Paygambar tabobati»da Ramazon oyida dasturkhonimiz kurki buluvchi khurmoning kupgina khislatlari keltiriladi: «Khurmo juda tuyimli, quvvat buluvchi meva, ozi shifo va kupi taom hisoblanadi, tanani quvvatlantiradi, oshqozonni tozalaydi, buyrak va jigarga kuch beradi, ichak yullarini ravon qiladi, homilador ayollarga, ayniqsa, foydali: homila rivojiga ijobiy tasir kursatadi va tugishni osonlashtiradi, emizikli ayollarning sutini kupaytiradi, shamollashdan paydo buladigan va bugim kasalliklariga davo, terining rangini chiroyli qiladi». Ayni paytda uni har kuni muntazam yoki uyqu oldidan emaslik, kup istemol qilmaslik, kuzi ogriganlarning undan tiyilishlari tavsiya etiladi.
Paygambar alayhissalomning kuniga bir necha marta misvok qilishga buyurishlarining hikmatini olimlar yaqindagina kashf etishdi. Ogiz-tishlarni tozalash uchun ishlatib kelingan arok darakhti shokhidan tayyorlanadigan misvok tarkibidagi shifobakhsh moddalar poklash-tozalash bilan bir qatorda yigirma turt khil turli khastaliklarga davo ham ekan. Olimlar etiroficha, misvok ogizdagi nokhush hidlarni yuqotib, uni khushbuy qiladi, tish chirishi (karies) oldini oladi, milkni mustahkamlaydi, bugizga quvvat beradi, ogiz suvini yumshatadi, zehnni ochib, yod olish qobiliyatini oshiradi, ovqat hazmini yakhshilaydi, yurak, meda, kuz khastaliklariga davo, kuz ogrigini yuqotadi, kuzni ravshan, nazarni utkir qiladi, ovozni chiroyli qiladi, yuzni guzallashtiradi, zakovatni kuchaytiradi, qarishni sekinlashtiradi, khullasi, ulimdan boshqa kuplab kasalliklarga shifodir.
Quroni Karimning hech bir hukmi zamonaviy ilmga zid bulmagani kabi, insoniyatning etuk tabiblari Paygambarimiz alayhissalomning ana shu tavsiyalari oldida buyin egaveradilar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари