Home / Madaniyat / Paygambarlarga iymon keltirish

Paygambarlarga iymon keltirish

paygambarAnbiyo va rasullarga iymon

Bizlarga Alloh taolo Uz kitobida nomlarini zikr qilgan paygambarlarga iymon keltirish vojibdir. Alloh taolo ismlarini va adadlarini faqat Uzi biladigan nabiy va rasullarni yuborganiga ham iymon keltirmogimiz vojibdir.

Allohning paygambarlariga iymon keltirish goyatda purhikmat ishdir. Alloh taolo insonlar ichidan Uziga paygambar tanlab olishining uzi, insoniyat uchun ulkan sharafdir. Odam Atodan boshlab, Muhammad sollallohu alayhi vasallamgacha bulgan paygambarlar silsilasi esa, insoniyatning sharaf silsilasidir.

Paygambar alayhimussalomlar insoniyat uchun shonu sharaf, fakhr bulgan shakhslardir. Ular Robbil olaminning kursatmalarini odamlarga etkazib bergan shakhslardir. Ularning hammalari bir Allohning bandalari, bir Allohning paygambarlaridir. Ular bir–birlari bilan birodardirlar. Ular bir-birlarini tuldirib, bir-birlarini tasdiqlab kelganlar. Ular orqali insoniyatning asli bir ekani, bir Allohga sigingani, bir dinga amal qilgani tushuniladi. Shuning uchun ham, Islomda ularning orasini farqlamay, hammalariga birdek iymon keltirish farzdir. Paygambar alayhimussalomlardan birortalarini inkor qilgan kimsa, guyoki, hamma paygambarlarni inkor qilgan kabi kofir buladi.

Paygambar alayhimussalomlarning har birlari yakhshilik, fazilat bobida insoniyat uchun urnak va namunadirlar. Ularning har biri–hidoyat mayogidir. Ularning okhirgisi Muhammad sollallohu alayhi vasallam qiyomatgacha hammaga urnakdirlar. Insoniyat bugungi kunda paygambarlardan urnak olishga uta muhtoj bir holga kelgandir. Buning uchun ularning ehtiromini urniga quyish, ular haqida Islom kursatgandek iymon keltirish lozim. Chunki Islomdan boshqa din va mafkuralarda bu narsa yuq.

Alloh taolo yuborgan birinchi nabiy Odam alayhissalomdir. Anbiyolarning eng okhirgisi Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar. Alloh taolo Quroni Karimda yigirma besh paygambarni zikr qilgan. Ana ushalarning paygambarligiga batafsil etiqod qilmogimiz vojibdir. Yani, musulmon kishidan mazkur nabiylarning birortalari haqida suralib qolsa, u zotni tanimasligi yoki paygambarligini bilmasligi joiz emas.

Shuningdek, bizlarga paygambar alayhimussalomlar barchalari Allohning paygambarlariga yuklangan vazifalarni khaloyiqqa etkazganlari, bu ishda kamchilikka yul quymaganlariga iymon keltirishimiz vojib.

Allohning Paygambarlariga iymon keltirish ham Allohning Uziga bulgan iymondan kelib chiqadigan iymondir. Paygambarlarga iymon keltirishga Allohning Uzi buyurgan. Allohga ishongan odam Uning Paygambarlariga ham ishonishi kerak.

Quroni Karimda nomlari zikr qilingan Paygambarlar quyidagilar:

  1. Odam alayhissalom.
  2. Idris alayhissalom.
  3. Nuh alayhissalom.
  4. Hud alayhissalom.
  5. Solih alayhissalom.
  6. Ibrohim alayhissalom.
  7. Lut alayhissalom.
  8. Ismoil alayhissalom.
  9. Ishoq alayhissalom.
  10. Yaqub alayhissalom.
  11. Yusuf alayhissalom.
  12. Ayyub alayhissalom.
  13. Shuayb alayhissalom.
  14. Muso alayhissalom.
  15. Horun alayhissalom.
  16. Yunus alayhissalom.
  17. Dovud alayhissalom.
  18. Sulaymon alayhissalom.
  19. Ilyos alayhissalom.
  20. Al-Yasa alayhissalom.
  21. Zakariyo alayhissalom.
  22. Yahyo alayhissalom.
  23. Zul-Kifl alayhissalom.
  24. Iyso alayhissalom.
  25. Muhammad alayhissalom.

Quroni Karimda zikrlari kelgan paygambar alayhimussalomlardan birortasini inkor qilgan odamning musulmonligi qolmaydi.

Shu bilan birga, nomlari va qissalari Quroni Karimda zikr qilinmagan anbiyolar ham borligini Quroni Karimning uzida takidlanadi.

Alloh taolo Quroni Karimda aytadi: «Va bir paygambarlar haqida senga oldin qissa aytib berdik va bir paygambarlar haqida qissa aytmadik» (Niso:164).

«Batahqiq, Biz sendan oldin paygambarlar yubordik. Ulardan senga qissa qilib berganimiz bor va ulardan senga qissa qilib bermaganimiz bor» (Gofur: 78).

Quroni Karimda nomlari zikr qilinmagan Paygambarlar haqidagi eng ishonchli malumot Ibn Murdavayhi Abu Zarr al-Giforiy roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda kelgan, u kishi aytadilarki: «Ey, Allohning Rasuli, Paygambarlar qancha?» – deb suradim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Bir yuz yigirma turt mingta»,–dedilar.

«Ey, Allohning Rasuli, ulardan qanchasi Rasullar?» –dedim.

«Uch yuz un uchtasi, kupchilik»,–dedilar.

Ammo kupchilik aqoid ulamolari utgan anbiyolarning sonini malum adad bilan cheklash yakhshi emas, deydilar. Jumladan, mashhur vatandoshimiz imom Nasafiy ham «Adadni zikr qilinganda ularning ichiga ulardan bulmaganlar kirib qolishi yoki ulardan bulganlar chiqib qolishi khavfi bor» deganlar.

Shuning uchun, Quroni Karimda kelgan mano bilan chegaralanganimiz afzal, deydilar muhtaram ulamolarimiz.

Muhammad alayhissalom khotamul anbiyodirlar

Bu haqda «Sharkhi «Aqidatut Tohoviya»da quyidagilar kelgan: «Va, albatta, u kishi sollallohu alayhi vasallam anbiyolarning okhirgisidirlar».

Sharh: Yani, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning paygambarliklaridan keyin anbiyolar kelishi okhirladi, kesildi, tugadi. U kishi sollallohu alayhi vasallam paygambarlik qasrining okhirgi gishtidirlar. Alloh taolo u kishi sollallohu alayhi vasallam bilan paygambarlik qasrini kamolga etkazib, eshigini yopdi.

Dalil: «Lekin Allohning Rasuli va nabiylarning okhirgisidir» (Ahzob: 40) oyati va Paygambar sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislaridir:

  1. «Mening va anbiyolarning misoli khuddi binosi guzal bir qasrga ukhshaydi. Unda bir gisht urni tark qilingandir. Bas, nazar soluvchilar uni aylanib kurib, binosining guzalligidan ajablanadilar. Faqat haligi gisht urnidan boshqa ayb topa olmaydilar. Bas, men usha gishtning urnini tulgazdim. Men bilan bino khotimasiga etdi. Paygambarlar okhiriga etdilar».

Bukhoriy va Muslim rivoyat qilgan.

  1. «Albatta, mening bir necha ismlarim bor. Men Muhammadman. Men Ahmadman. Men al-Mohiy–uchiruvchiman. Alloh men bilan kufrni uchiradi. Men al-Khashr–tuplovchiman. Odamlar qadamim ostida tuplanadilar. Men al-Oqibman».

Al-Oqib – ortdan keluvchi – undan keyin nabiy kelmaydigan zotdir.

Bukhoriy, Muslim rivoyat qilgan.

  1. «Albatta, kelajakda mening ummatimda uttizta kazzob buladi. Hammasi uzini «nabiy» deb davo qiladi. Holbuki, men nabiylarning okhirgisiman. Mendan keyin nabiy yuqdir».

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари