Home / Siyosat / Orolni yuqotish dahshatlari va misli kurilmagan saksovulzorlashtirish haqida Boriy Alikhonov bilan suhbat
Место рекламы

Orolni yuqotish dahshatlari va misli kurilmagan saksovulzorlashtirish haqida Boriy Alikhonov bilan suhbat

Orol – 50 yil avval ham dunyoning quruqlikdagi eng yirik turtinchi dengizi edi. Afsuski, dengizning qurib borishi va uning oqibatlari bugunga kelib dunyoning eng ogriqli ekologik fojialaridan biriga aylangan.

Bushab qolgan dengiz urnidan kutarilayotgan zaharli tuzlar, qum va chang-tuzon insonlar salomatligi, usimlik va hayvonot dunyosiga jiddiy khavf tugdirmoqda.

Uzbekiston hukumati Orolbuyi fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, hudud atrofida biokhilma-khillikni taminlash uchun bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, hozirda Orol dengizining qurigan qismida saksovulzorlar barpo etilmoqda. Shuningdek, Orol muammosiga yirik khalqaro tashkilotlar etiborini qaratgan holda, hududga kuproq investisiya jalb qilishga intilmoqda.

Kun.uz Orol dengizi fojialari va uni bartaraf etish borasida qilinayotgan ishlar qay darajada samara berayotgani yuzasidan Uzbekiston Ekologik partiyasi rahbari Boriy Alikhonov bilan suhbat tashkil qildi.

Orolning termoregulyator funksiyasi umuman teskarisiga ishlayapti

Khush, Orol dengizini kurmagan, u haqda faqat arkhiv teledasturlar va boshqa malumotlar orqali eshitgan hozirgi yoshlar avlodi uchun uni qanday tasvirlash mumkin, uni yuqotishning dahshatlari nimalarda kurinadi?

Boriy Alikhonovdan shu haqda fikrlarini suradik.

Boriy Alikhonov

– Bundan 50 yil avval ham Orol dengizida urta hisobda 1082 kub km. hajmda suv bor edi, maydoni esa 68 ming kv.km.ga teng edi. Shuningdek, har yili Orolga 55-58 kub km. suv quyilardi. Buning 2\3 qismi Amudaryo va 1 qismi Sirdaryodan quyilardi.

Oroldagi holat mutadil paytlarda suv tarkibidagi tuz miqdori 11-12 gr litrni tashkil qilardi. Bu degani Orol hududidagi rivojlanishga eng mutadil sharoit yaratilgandi.

Khush, hozir qanday ahvolga tushib qoldik? Hozir bu maydon 10, suv hajmi esa 15 barobarga kamayib ketgan. Orolning sathi 29 metrga tushib ketdi. Bu urta hisobda 10 qavatli uyning balandligiga tugri keladi.

Biz yuqorida orol suvida tuzning tarkibi haqida gapirdik, hozirda bu kursatkich 150 gr – 300 gr litrga etdi. Bu degani orol suvining 1\3 foizini tuz tashkil qiladi.

Bu – haqiqiy ulik dengizining namunasi. Hatto undan ham yuqori.

Faqatgina Orol dengizi sharoitida yashashi mumkin bulgan 20 khildan ziyod baliq turi yuqolib ketdi. Taqqoslash uchun, utgan asrning 60-yillarida yiliga 35 ming tonnagacha baliq ovlangan. Hozir birorta baliq qolgani yuq.

Hozirgi kunda Orolning qurigan tubidan yiliga 100 mln tonnadan ziyod qum, chang-tuz yuzlab, minglab km. masofalarga uchib boradi.

Bunday kuchib borgan tuz, qum zarralari esa Norvegiya, Yaponiya kabi davlatlardan, Pomir, Oloy, Tyan-Shan tog tizmalari hamda Arktikadan ham topildi.

Avvallari yoz oylarida Orol ustidan utayotgan garmsel harorati dengiz suvi harorati tasirida pasayardi va bizga nisbatan iliq havo sifatida, qishda esa, aksincha, Sibirdan esayotgan sovuq oqim Orolning iliq suvi tasirida mutadillashib kelardi. Hozirgi vaqtda Orolning ushbu termoregulyator funksiyasi umuman teskarisiga ishlayapti.

Shuning uchun ham bizda iqlim yildan-yilga kutarilib boryapti.

Bizdagi kabi saksovulzorlashtirishning dunyoda birorta analogi yuq

Hozirda Orol dengizining qurigan qismida saksovulzorlashtirish ishlari davom etmoqda, ammo bu hali dunyoda misli kurilmagan ish hisoblanadi. Boriy Alikhonovdan Orol dengizining qurigan saksovul urmonlarini barpo qilish va uning ahamiyati haqida suradik.

Uning aytishicha, endilikda tekhnologik jihatdan Orolni avvalgi holatiga qaytarishning iloji yuq.

– Orolni bundan 60 yil avvalgi holatiga qaytarish uchun Volga daryosi 5 yil, Dunay daryosi 7 yil tinimsiz oqishi kerak.

Endilikda oldimizda turgan birinchi masala – Orolbuyi hududida ekologik fojialarni mardonavor turib, birinchi urinda qabul qilayotgan aholi salomatligini barqaror saqlash.

Saksovullarga kelsak. Tugrisini aytishim kerak, biz bu borada kup vaqtni yuqotib quydik. Avvallari kup gapirilardi, lekin kam ish qilinardi. Utgan 20 yil ichida qurigan 5 million ga. erdan atigi 400 ming ga. erga saksovul ekildi.

Hozirga kelib bu masalaga bulgan etibor tubdan uzgardi. Masalan, utgan 2018 yil dekabr oyidan joriy yil aprel oyigacha 650 ming ga. erda saksovul uruglari sepildi, 1 million bir yuz ming ga. erda egatlar olinib, saksovul ekish uchun tayyor qilindi.

Saksovul shunday usimlikki, agar uni etti qator qilib eksangiz, u 5-7 yilda 90 foiz qumni ushlab qola oladigan darajada katta buladi va u uzidan kupayish khususiyatiga ega.

Bu – saksovulning birinchi khususiyati. Uning ikkinchi khususiyati – saksovul usgan hududda ekotizim mutadillashadi, oazis buladi. Uchinchidan, usha hududlarda biokhilma-khillik kupayishiga imkoniyat yaratiladi.

Bu kabi saksovulzorlashtirishning dunyoda umuman analogi yuq. Albatta, Avstraliya, Qozogistonda ekilgan, lekin biz qilayotgan ishlar bilan ularni umuman taqqoslab bulmaydi.

Khush, saksovulzorlashtirish Orolbuyida biokhilma-khillikni taminlashda yagona echimmi? Partiya rahbarining bu boradagi fikrlari bilan ham qiziqdik.

Uning aytishicha, bu yagona echim emas.

– Judayam tugri savol. Bu yagona chora emas. Bizda chulga chidamli qandim, cherkes kabi usimliklar ham bor.

Bundan tashqari hozirgi vaqtda Orolning qurigan tubidan nisbatan chuchuk suv ham chiqyapti. Bu kam, lekin biz usha joylarga yirik va mayda shokhli hayvonlarga ozuqa buladigan ekinlarni etishtirish ustida ishlayapmiz.

Suhbat davomida Boriy Alikhonov, shuningdek, Orolbuyi hududida biokhilma-khillikni taminlashda Qozogiston va Uzbekiston tajribasi, yana 10-15 yildan keyin Orol hududini qanday tasavvur qilishi va boshqa mavzularda qiziqarli fikrlarini bildirdi. Suhbatni tuliq shaklda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

1nExDwvE0qIs2iRPojoOxW8G00OpMGtw

Samarqand shahrida bosh soliqchi uzgardi

Sobirjon Mahmudovich Rustamov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshligi etib tayinlandi. Bu haqda Zarnews khabar tarqatdi. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари