«Oltin narkhining usishi milliy valyutamiz kursiga bevosita tasirga ega emas. Chunki oltinni jahondagi joriy narkhlarda sotib olamiz. Bu narkh oshishidan keladigan jami foydaga ishlab chiqaruvchi ega bulishini anglatadi. Buni ularning daromadlari va davlat byudjeti daromadlari ortishida kurishimiz mumkin.
Joriy yilda [oltin] narkhining ortishi hisob-kitoblarimizga kura, iqtisodiyotga qushimcha 24 trln sum miqdorida qushimcha daromad olib keladi.
Bu faqat narkhning usishi hisobiga. Biroq bu daromadga bevosita ishlab chiqaruvchilar, ular orqali byudjet ega buladi.
Shu nuqtayi nazardan, oltin narkhi uzgarishining milliy valyuta ayirboshlash kursiga bevosita tasirini kurmayapmiz. Bunday bulishiga sabab – jahon narkhlarida sotib olayotganimiz va kelib tushayotgan valyutani neytrallik tamoyilidan kelib chiqib, usha narkhda sotamiz. Bu erda kursga tasir sezilmaydi», dedi Markaziy bank raisi.
Markaziy bank raisi rubl qadrsizlanayotganining sumga nisbatan tasiri haqidagi savolga ham javob berdi.
«Haqiqatan ham bu tasir seziladi. Bu uzbek iqtisodiyotiga ikki khil tasir qiladi. Birinchi navbatda, pul utkazmalarining kamayishi.
[Joriy yilning] 9 oyida pul utkazmalarining kamayishi bor-yugi 4 foizni tashkil qildi. Uni mamlakatlar kesimida kuriladigan bulsa, Rossiyadan Uzbekistonga pul utkazmalari kamayishi kursatkichi 11 foizni tashkil qildi. Bu erda rublning kuchsizlanishi asosiy rol uynadi. Yani, bu valyuta pul utkazmalari kamayishiga tasir qildi.
Ikkinchisi, eksportchilarimiz rubl kursining uzgarishidan muayyan darajada yutqazadi. Buni istaymizmi,yuqmi, bizning tovarlarimiz Rossiya bozorlarida rublda baholanadi. Tabiiyki, bu eksportchilarimiz daromadlarida uz aksini topadi. Biz buni allaqachon kuryapmiz, his qilyapmiz. Buni eksport hajmlarini oshirish hisobiga qoplaymiz», deya Mamarizo Nurmuratovning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.