Home / Jahon / Olimlar Iskandar Maqduniyning ulimi sababini aniqlashdi
Место рекламы

Olimlar Iskandar Maqduniyning ulimi sababini aniqlashdi

Buyuk yunon hukmdori Iskandar Maqduniyning (Aleksandr Makedonskiy) ulimiga avval hisoblangandek, bezgak, ich terlama yoki zotiljam emas, oshqozon osti bezining yalliglanishi – pankreatitning ogir shakli hisoblangan pankreonekroz sabab bulgan. Bunday khulosaga Gresiyadagi Aristotel universiteti olimlari kelishgan.

1995 yilda boshlangan tadqiqot davomida mutakhassislar Makedoniya shohining qadimiy tarikhchilar tomonidan tariflangan kasalligi alomatlari va hayotining okhirgi kunlarini tahlil qilishgan.

r6sqyzfv8_k4hvvoaqe44yk0hteteugq

Tadqiqot muallifi, tibbiyot professori Tomas Gerasimidisning takidlashicha, Maqduniy ulimiga utkir pankreonekroz olib kelgan ogir sepsis sabab bulgan. Maqduniyda pankreonekroz, uz navbatida, ut pufagida tosh paydo bulishi va buyuk sarkardaning spirtli ichimliklar va yuqori kaloriyali ovqatlarga ruju quyishi sababli rivojlangan.

Takidlanishicha, Maqduniy kasalga chalinib, vafot etgunga qadar 14 kun utgan. U kasalligining birinchi kuni yuqori tana harorati bilan kechgan oshqozondagi qattiq ogriqlardan aziyat chekkan. Shu sababli shifokorlar sarkardaga usha vaqtda davolash usuli sifatida qullangan qayt qildirishni qullashgan. Keyin Maqduniyning haroratini tushirish uchun sovuq vanna qilingan. 2-kun Maqduniy holdan toyib, uni titroq bosgan. 3-kuni uning tana harorati yana kutarilib, kup terlagan va nafas olishida muammolar boshlangan. Keyingi 11 kun ichida sarkardaning ahvoli tobora yomonlashib borgan, muloqot qilishida muammolar paydo bulib, alahsiray boshlagan.

Maqduniy miloddan avvalgi 336 yildan to vafot etguncha qadar – 323 yilgacha Makedoniya shohi bulgan. Uzining uzoq davom etmagan hukmdorligi vaqtida u 70 ta shaharga asos solgan va Fors imperiyasini zabt etgan. U Bobilda vafot etgan va takhmin qilinishicha, Misrda dafn qilingan. Iskandarning ulimidan keyin u tashkil etgan imperiya parchalanib ketgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

unzTkiROoH2aQEcGaJlfoY4baWqZJ6Xp

Kun.uz mukhbiri kim? — sokhta mukhbirlarga duch kelib qolmaslik uchun etibor berilishi kerak bulgan jihatlar

Kun.uz internet nashri tobora ommalashib, kundan-kunga khalq etiborini qozonib bormoqda. Saytimizda allaqachon unlab tajribali va …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари