Home / Jahon / Oxford Economics: Tramp koronavirus sababli saylovlarda yutqazishi mumkin
Место рекламы

Oxford Economics: Tramp koronavirus sababli saylovlarda yutqazishi mumkin

Kuzda AQShda ishsizlik darajasi 13 foizdan oshishi, jon boshiga urtacha daromad esa utgan yilgiga nisbatan 6 foizga kamayishi takhmin qilinmoqda.

Foto: The New York Times

Koronavirus pandemiyasi sababli AQSh prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrdagi saylovlarda maglubiyatga uchrashi mumkin, deb takhmin qilmoqda Oxford Economics tahlil kompaniyasi.

AQShdagi noqulay iqtisodiy vaziyat natijasida kompaniya ekspertlari tuzgan ikki model prezidentlik saylovlarida demokratik partiya nomzodi galaba qozonishini kursatmoqda, deyiladi Oxford Economics’ning Twitter mikroblogida.

Birinchi modelga kura, kuzda AQShda ishsizlik darajasi 13 foizdan oshadi, jon boshiga urtacha daromad esa utgan yilgiga nisbatan 6 foizga kamayadi, deb khabar berdi CNN telekompaniyasi tahlilchilar hisobotiga asoslanib. Shu tarzda, Amerika iqtisodiyoti Buyuk tushkunlik davridan buyon eng yomon holatga tushib qoladi.

Keyingi modelda har bir shtatdagi vaziyat alohida kurib chiqilgan. Unga kura, ettita shtat demokratlar tarafiga utadi. Gap pandemiya sababli iqtisodiy pasayish va ishsizlik kuchaygan Ayova, Viskonsin, Michigan, Pensilvaniya, Ohayo, Missuri va Shimoliy Karolina haqida bormoqda.

Birinchi model yordamida AQShda 1968 va 1976 yillardagi saylovlardan tashqari 1948 yildan buyon utkazib kelingan barcha prezidentlik saylovlari natijalari oldindan tugri aytilgan. Ikkinchi model 2019 yilda ishlab chiqilgan.

Worldometers saytining malumot berishicha, AQSh koronavirus yuqtirganlar (1,5 milliondan ziyod) va ulim holatlari (95 ming) buyicha dunyoda birinchi urinda turibdi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

AuIGWlHQJW5Id-FIOo_JYUlNXB3o7noA

Afroamerikalik milliarder AQShning qora tanli aholisi uchun 14 trillion dollar kompensasiya talab qildi

Afroamerikalik milliarder, Black Entertainment Television kompaniyasi asoschisi Robert Jonson AQShning qora tanli fuqarolari boshidan utkazgan …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари