Norvegiya FM-radio tarmogini raqamli radioga tuliq almashtirgan dunyodagi birinchi davlat buldi. Bu haqda «Korrespondent.net» khabar bermoqda.

radioFoto: «Korrespondent.net»

Mamlakat raqamli radioga utishni shu yil yanvar oyida boshlagandi. 15 dekabr kuni eng shimoliy mintaqalar va Arktikadagi Svalbard arkhipelagi okhiri bulib raqamli audioeshittirishga utdi.

Norvegiya rasmiylariga kura, raqamli radio ovozning alo sifati va kuproq kanallarni taklif etadi, qiymati esa FM-stansiyalar narkhining sakkizdan biriga tugri keladi.

Shuningdek, tinglovchilarga utkazib yuborgan dasturlarini qayta tinglash imkoniyatini yaratadi va favqulodda vaziyatlarda shoshilinch khabarlar etkazishni engillashtiradi.