Home / Jahon / Nissan koronavirus sababli butun dunyo buylab zavodlarini tukhtatmoqchi
Место рекламы

Nissan koronavirus sababli butun dunyo buylab zavodlarini tukhtatmoqchi

Nissan kompaniyasi Khitoydagi epidemiya butlovchi qismlar taqchilligiga olib kelgani sababli butun dunyo buylab zavodlarini tukhtatishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda Automotive News Europe nashri khabar berdi.

Nissan Khitoyning koronavirus tarqalish uchogi hisoblangan Khubey provinsiyasidagi korkhonalardan 800 dan kuproq turli detallar – tormoz shlanglaridan tortib kondisioner kontrollyorlarigacha sotib olgan. Khitoy hukumati avtomobillar ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi korkhonalar 21 fevraldan ishga qaytishini malum qilganiga qaramay, yapon kompaniyasi bu yuz bermasa, zakhiralar tez tugashidan khavotirlanmoqda.

Yaponiyada kompaniyaning bir nechta modelini 23 fevraldanoq ishlab chiqarishni tukhtatishga tugri kelishi mumkin. Sungra kompaniyaning Malayziya, AQSh, Meksika, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Hindiston va Rossiyadagi zavodlari tukhtashi mumkin.

Zamonaviy avtomobil takhminan 30 mingga yaqin qismdan iborat buladi. Shu sababli avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning etkazib beruvchilari hozir Khitoyda yuz berayotgan vaziyat kabi favqulodda holatlar vaqtida ayniqsa himoyasizdir.

IHS Markit tadqiqot kompaniyasi malumotlariga kura, yangi turdagi koronavirus epidemiyasi avtomobillar ishlab chiqarilishi hajmini 1,7 mlnta avtomobilga kamaytirishi mumkin.

Nissan’da busiz ham muammolar talaygina edi: kompaniya sobiq rahbari Karlos Gon hibsga olingandan keyin inqiroz holatida qolmoqda. Yaqinda kompaniyaning aksiyalari narkhi okhirgi 10 yil ichida olingan eng past daromadlar haqidagi khabarlar sababli tushib ketgandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

O2Y6lleWShC0u9yAtgYQ1Qteesdf2JBy

Bayden AQSh prezidenti lavozimi uchun ertuladan kurash olib bormoqda

AQShning sobiq vise-prezidenti, Demokratlar partiyasidan AQSh prezidenti lavozimiga nomzod bulish huquqi uchun kurashayotgan Jo Bayden …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари