Home / Jamiyat / Nima uchun kundalik sevimli ishlaringiz ruykhatini tuzish kerak?
Место рекламы

Nima uchun kundalik sevimli ishlaringiz ruykhatini tuzish kerak?

Agar siz uzingizga yoqadigan ishlaringizni ongli ravishda rejalashtirsangiz, unumliroq ishlaydigan bulasiz.

Sizga quvonch bagishlaydigan mashgulotlarga vaqt topish uchun kundalik ishlaringizni yigishtirib quyishingiz shart emas. Albatta, agar siz har seshanba kuni tushlikdan keyin velosipedda sayr qilishga chiqsangiz, boshligingiz bundan khursand bulmaydi. Va tabiiyki, ish ishligicha qoladi, u har doim ham quvonchli bulavermaydi. Lekin uzingiz sevgan mashgulot bilan tushungan holda muntazam ravishda shugullanishingiz mumkin.

Bunday ruykhatni qanday tuzish kerak?

Bugun kechqurundan boshlasangiz ham buladi. Utiring va sizga kuproq kuch beradigan mashgulotlarni yozing. Boshida odatdagi hafta davomida sizga nimalar qilish yoqishini kursating. Asta-sekinlik bilan ruykhatni oshirib boring.

Agar khayolingizga hech narsa kelmayotgan bulsa, bolalikdagi sevimli mashgulotlaringizni eslang. Va nihoyat, sizni qiziqtirgan, lekin ularga vaqt topa olmagan mashgulotlarni yozing. Masalan, raqs yoki aerobika.

Endi harakatlar rejasini tuzish qoldi. Ruykhatdagi siz kelasi haftada bajarishingiz aniq bulgan bir-ikki bandlarni tanlang va ularni ishdagi vazifalaringiz bilan birga uz kalendaringizga kiriting.

Masalan, sizning kundalik sevimli ishlaringiz ruykhati shunday kurinishda bulishi mumkin:

  • meditasiya qilish;
  • yugurishga chiqish;
  • gitara chalish;
  • kitob uqish;
  • qushiq aytish;
  • bulutlarni tomosha qilish.

Har kuni bu ruykhatdan hamma ishlarni uchirish shart emas. Hatto agar qaysidir bandlari bajarilmasdan qolganda ham, siz baribir sevimli ishlaringiz bilan avvalgidan kura kuproq shugullanasiz.

Sevimli mashgulotlar ruykhati quvvat olishga va har bir utgan kundan zavqlanishga yordam beradi. Shunda khizmat vazifalari ham unchalik ogir bulib kurinmaydigan buladi.

Manba: «Layfkhaker»

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Vc-RZqFxUXh1Sk17eIdGDlzWlpDodjMS

Rossiya nefti 21 yildagi eng past qiymatgacha arzonlashib ketdi

Rossiyaning Urals nefti narkhi bir barreli uchun 16,2 dollargacha tushib ketdi. Takidlanishicha, ushbu turdagi neft …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари