Home / Madaniyat / Niyat va ruzadorga mustahab amallar haqida

Niyat va ruzadorga mustahab amallar haqida

niyatPaygambar sollallohu alayhi vasallamning zavjalari Hafsa roziyallohu anhodan rivoyat:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim fajrdan oldin ruzani qasd qilmasa, uning ruzasi yuqdir», dedilar.

Sunan egalari, Ibn Khuzayma va Ibn hibbon rivoyat qilgan va sahih, degan.

Sharh: Kupchilik ulamolar ushbu hadisni dalil qilib, farz ruzalarda niyatni tong otmasdan oldin qilib olmasa bulmaydi, deydilar. Ayniqsa, qazo ruzada qatiyan kechasi niyat qilmoq kerak, deydilar. Nafl ruzada esa zavolgacha niyat qilib olsa buladi.

Hanafiy mazhabi buyicha farz ruza niyatini ham zavolgacha qilib olsa bulaveradi. Chunki Ramazon ruzasini tutish hammaga farz, hamma doimiy niyatda buladi. Har kungi niyatni yangilash zavolgacha bulsa ham, bulaveradi.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir kuni oldimga kirib: «Huzuringizda biror narsa bormi?» dedilar.

«Yuq», dedik.

«Undoq bulsa, men ruzadorman», dedilar.

Sungra boshqa bir kuni oldimizga kelgan edilar.

«Ey Allohning Rasuli, bizga hiys hadya qilindi», dedik.

«Qani, menga kursat-chi, ruza niyat qilgan edim», dedilar va undan edilar».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.

Sharh: «hiys» arablarning khurmo, sarigyog, qurut yoki unni aralashtirib tayyorlaydigan taomlari.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Gohida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uylarida egulik taom bulmasligi.

2. Avval ruza tutish niyatida bulmagan odam kunduzi ruzani buzuvchi narsani qilmay turib, niyat qilib olsa bulaverishi.

3. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning uylariga bazi vaqtlarda taom hadya qilinib turilishi.

4. Nafl ruza tutuvchining ikhtiyori uzida ekani, khohlasa, ochib yuboraverishi mumkinligi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Saharlik qilinglar. Albatta, saharlikda baraka bordir», dedilar.

Beshovlaridan faqat Imom Abu Dovud rivoyat qilmaganlar.

Sharh: Demak, saharlik qilish – fazilatli ish. Shuning uchun bazi bir rivoyatlarda aytilganidek, bir qultim suv bilan bulsa ham, saharlik qilish kerak.

Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bizning ruzamiz ila ahli kitoblarning ruzasi orasidagi farq saharlik emagidadir», dedilar».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmaganlar.

Sharh: Bu hadis ruzada saharlik qilish zarurligi ahamiyatini yana ham oshiradi. Chunki saharlik qilmay, ahli kitoblarga ukhshab qolmaslik uchun ham urinish kerak buladi.

Ushbu hadislarga amal qilgan holda, erinmasdan doimo saharlik qilib, ruza tutishga odatlanishimiz lozim.

Zayd ibn Sobit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan saharlik qildik. Sungra u Zot namozga turdilar», dedi.

«Azon bilan saharlik orasida qancha bor edi?» dedim.

«Ellik oyat miqdoricha», dedi».

Ikki Shaykh va Termiziy rivoyat qilishgan.

Nasaiy va Abu Dovud rivoyatlarida: «Saharlik emagini lozim tutinglar. Chunki u muborak emakdir», deyilgan.

Abu Dovudning bir rivoyatida: «Khurmo mumin uchun qandoq ham yakhshi saharlik», deyilgan.

Sharh: Ushbu rivoyatlardan olinadigan foydalar:

1. Birgalikda, jamoat bulib saharlik qilish odati yakhshi ekanligi.

2. Saharlikni bomdod azonidan oldin tugatish yakhshiligi.

3. Saharlik bilan bomdod azoni orasida ellik oyat tilovat qilguncha vaqt qolishi yakhshiligi.

4. Saharlik eyishni lozim tutmoq yakhshiligi.

5. Saharlik emakda baraka borligi.

6. Iloji bulganida saharlikda khurmo eyilsa, yakhshi ekanligi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sahar taomidan nahor ruzasiga, qaylula uyqusidan kechaning qiyomiga yordam olinglar», dedilar».

Ibn Moja, hokim va Tabaroniy rivoyat qilishgan.

Sharh: Saharlik qilishdan maqsad kunduzi tutadigan ruza uchun tayyorgarlik kurib, baquvvat bulib olmoqdir. Agar saharlik qilinmasa, kishi nahorning ruzasini tutishga qiynaladi.

Shuningdek, kunduzi ukhlab olmasa, kechasi bedor bulib, ibodat qilishga qiynaladi. Kim kechasi ibodat qilmoqchi bulsa, kunduzining urtasida ukhlab olishi kerak. Kunduzning urtasida ukhlashni arabchada «qaylula» deyiladi.

Kurinib turibdiki, Islom joriy qilgan ibodatlarni ado etish uchun uzini qiynash shart emas. Balki tadbir ila, hech qiynalmasdan ibodat qilish kerak.

Sahl ibn Sad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Modomiki iftorni tez qilar ekanlar, kishilar khayrlikda bulurlar», dedilar.

Beshovlari rivoyat qilishgan.

Abu Dovud lafzida: «Modomiki odamlar iftorni tez qilishar ekan, din ustun bulur. Chunki yahudiy va nasroniylar uni kechga sururlar», deyilgan.

Termiziy va Ahmadning rivoyatlarida esa: «Alloh azza va jalla: «Men uchun bandalarimning eng mahbubi iftorni tezroq qiladiganidir», dedi» deyilgan.

Sharh: Ushbu rivoyatlarda vaqt bulishi bilan darhol iftorlik qilish targib etilmoqda va bu tufayli quyidagicha yakhshiliklar bulishi vada qilinmoqda.

1. Kishilarning khayrlikda bardavom bulishlari.

2. Islom dinining ustun bulishi.

3. Alloh taolo uchun mahbub bandalardan bulishlik. Shuning uchun iftor vaqti kirishi bilan darhol ogizni ochishga odatlanishimiz kerak.

Abu Atiyya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Masruq ikkimiz Oishaning oldiga kirib: «Ey muminlarning onasi, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan ikki kishi, ikkovlari ham yakhshilikka bush kelmaydilar. Birlari iftor bilan (shom) namozni tezlatadi. Boshqasi esa iftor bilan (shom) namozni ortga suradi», dedik.

«Ikkovlaridan qay biri iftorni va namozni tezlatur?» dedi.

«Abdulloh ibn Masud», dedik.

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shundoq qilur edilar», dedi. Boshqasi Abu Muso edi».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.

Sharh: Tobeinlardan Abu Atiyya va Masruq roziyallohu anhular ikki katta sahobiylarning iftorni tez qilish va shom namozini erta uqish buyicha ikki khil ish qilayotganlarini mulohaza qilganlar. Shu bilan birga, ikkovlaridan qay birlarining tutayotgan ishi sunnatga muvofiq, tugri ekanini bilmoqchi bulganlar. Buning uchun esa, Oisha onamizga murojaat qilganlar. Oqibatda, iftorni vaqti kirishi bilan qilish va shom namozini ham ertaroq uqish Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning odatlari ekani malum bulgan.

Shuning uchun biz ham uz hayotimizda shunga odatlanishimiz lozim. Vaqt kirishi bilan ogizni ochib, nafsni bir oz qondirgandan keyin darhol shom namozini uqib olmogimiz darkor.

Salmon ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Qachonki biringiz iftor qilsa, ogzini khurmo bilan ochsin. Chunki u barakadir. Kim topmasa, suv bilan ochsin. Chunki u poklovchidir», dedilar».

Sunan egalari rivoyat qilishgan.

Sharh: Avvalo, hadisning roviyi Salmon ibn Omir roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik:

Salmon ibn Omir ibn Avs ibn Hajar ibn Amr ibn Horis az-Zabiy. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning suhbatlarida bulib, bir necha hadislar rivoyat qilganlar.

Bu kishidan Muhammad ibn Siyrin, Abdulloh ibn Bashir va boshqalar rivoyat qilishdi. Dulobiy bu zot 100 yil umr kurib, «Jamal» urushi kuni vafot etdilar, deydi.

Kun buyi ruza tutib yurgan inson jismida katta uzgarishlar yuz beradi. Shuning uchun iftor vaqti bulganida ogizni nima bilan ochish uta ahamiyatlidir. Chunki malum muddat davom etgan ochlikdan sung birinchi tanovul qilinadigan narsaning tasiri juda ham kattadir. Ana shu jihatdan khurmo yoki suv uta muvofiq narsalar ekan.

Buni hozirgi zamon ilmi ham qattiq takidlamoqda. Bu borada ilmiy tajribalar utkazgan olimlarning kuplari musulmon bulmaganlari, khurmoli mintaqadan emasliklari uchun, asosan, suv bilan ogiz ochish yakhshi ekanini takidlamoqdalar.

Biz Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga amal qilaroq, khurmo yoki suv ila ogizni ochishga odatlanmogimiz lozim.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ogizlarini namoz uqishdan oldin bir necha hul khurmo bilan ochar edilar. Agar hul khurmo bulmasa, quruq khurmo bilan, u ham bulmasa, bir necha huplam suv ichar edilar».

Termiziyning rivoyatida: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qishda khurmo bilan, yozda suv bilan ogiz ochar edilar», deyilgan.

Sharh: Bu rivoyatlarda ham nima bilan ogiz ochish yakhshi ekani haqida suz ketmoqda. Khurmo bilan suv bu borada asosiy narsalar ekani takidlanmoqda.

Ruzaning mustahablari haqidagi barcha dalillarni diqqat bilan urganib chiqqan hanafiy ulamolar quyidagi amallarni ruzaning mustahablari sifatida qayd etganlar:

1. Biror narsa ila, bir qultum suv bilan bulsa ham, saharlik qilmoq. Saharlikni kechaning okhirigacha surmoq.

2. Quyosh botishi bilan tezda, shom namozini uqishdan oldin ogizni ochmoq. Shirin va hul narsa ila ogizni ochish afzal.

3. Ogizni ochishda rivoyat qilingan lafzlar ila duo qilmoq.

4. Ruzadorlarga iftor qilib bermoq.

5. Junublik, hayz va nifosdan qilinadigan guslni kechga quymay, tong otishdan oldin qilib olmoq.

6. Ortiqcha gap-suz va amallardan til va tana azolarini tiymoq.

7. Ruzani buzmaydigan, ammo huzurbakhsh bulgan narsalarni tark qilmoq.

8. Oila azolari va qarindoshlarga kengchilik qilish. Beva-bechora va kambagallarga khayri ehsonni kupaytirish.

9. Quron qiroati, ilm suhbatlari, zikr va salavotlarni kupaytirish.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари