Home / Madaniyat / Namoz uquvchi ummat

Namoz uquvchi ummat

namoz-ummatBandalari uchun nima afzal ekanini yakhshi bilib, bizlarga bir kecha va kunduzda besh mahal namoz uqimoqni farz qilgan Alloh subhanahu va taologa beadad hamdu sanolar bulsin!

Ummatlari uchun doimo yakhshilikni istab, bir kecha va kunduzda bir qancha nafl namozlar uqishni sunnat qilgan Muhammad mustafoga cheksiz salavotu salomlar bulsin! Namoz muminning merojidir! Namoz uqiyotgan banda Alloh taologa munojot qilayotgan buladi. Ertalab uygongandan kunimiz namoz uqish bilan boshlanadi. Besh vaqt farz namozni ado etishda bir qancha sunnat namozlar uqish bilan birga yana bir qancha namozlar bordir.

Tahorat olgach, tahoratning shukri bulmish «Shukru vuzu» namozini uqiymiz. Quyosh endi chiqa boshlaganda Ishroq namozini uqiymiz. Qachon erning harorati oyoqni qizdiradigan bulgach, Choshgoh namozini uqiymiz. Erkaklar masjidga borganda «Tahiyyati masjid» namozini uqishadi. Peshindan oldin, asrdan oldin uqiladigan turt rakatli sunnat namozlar bor. Shom namozini ado qilib bulgach ham, kamida ikki rakat, bulmasa, olti rakatgacha namoz uqiladi. Bu namoz Avvobin namozi deyiladi.

Uyquga yotishdan oldin ham turt rakat namoz uqib yotiladi. Kechaning uchdan biri qolganda uygonib, Tahajjud namozi uqiladi. Sung vitr namozi uqib Bomdodga qadar biroz ukhlab olinadi. Yuqoridagilar oddiy kunlarda uqiladigan namozlar bulsa, odatdan tashqari kunlar, khususan, bizning bayramlarimiz ham namoz bilan utadi.

Masalan, haftalik bayram bulmish juma kunida balogatga etgan har bir uzrli bulmagan erkak kishi uchun Juma namozini masjidda ado etish farzi ayndir. Yilda ikki marta keladigan eng katta bayramlarimiz – ikki iydda ham erkaklar masjidda jamoat bulib, Iyd namozini ado qilishadi.

Tasbihlar namozi deb ataluvchi namozni har kuni uqiy olmagan kishi haftada bir kun – juma kuni uqishi ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarida kelgan. Bu ham bayram kuniga tugri kelmoqda.

Bizning qayguli kunlarimiz ham namoz bilan utadi. Qachon bir musulmon kishi vafot etsa, unga Janoza namozi uqimoqlik farzi kifoyadir. Umr buyi namoz uqimagan odam bulsa ham, hech kim «unga janoza uqimay dafn qilamiz» demaydi. Dunyoga kelganda qulogiga azon aytib kutib olingan musulmon kishini bu dunyodan ketayotganida namoz uqib, sunggi manzilga kuzatib quyiladi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари