Home / Madaniyat / Namoz uqimaydiganlar haqida…
Место рекламы

Namoz uqimaydiganlar haqida…

namozNamoz uqimaydiganlar haqida «Qurrat ul-uyun» kitobida mazkur bir hadisi sharifda marhamat qilinadi:«Hech qanday uzrsiz namozini tark etgan kishiga Alloh taolo un beshta musibat beradi. Ularning oltitasi bu dunyoda, uchtasi vafot etayotganida, uchtasi qabrda, yana uchtasi qabrdan turganida beriladigan tashvish va musibatlardir.

Bu dunyoda beriladigan oltita musibat:
1.Benamozning umrida baraka bulmaydi.
2. Allohning suygan bandalarida buladigan kurkamlik, guzallik, sevimlilik va malohat uni tark etadi.

3. Hech qanday yakhshiligiga savob berilmaydi (Bu hadisi sharifdan shu malum buladiki, farzlarni uz vaqtida ado etmaganlarning sunnatlari ham qabul bulmaydi. Yani sunnatlariga ham savob berilmaydi).
4. Duolari qabul bulmaydi.
5. Uni hech kim yoqtirmaydi va sevmaydi.
6. Musulmonlarning yakhshi duolari unga kor qilmaydi.

Vafot etayotganda tortadigan musibatlari:
1. Zalil, khaqir va rasvo holatda jon topshiradi.
2. Ochlik iztirobida uladi.
3. Tuyib suv ichsa ham, chanqoqlik azobida jon beradi.

Qabrda chekadigan musibatlari:
1. Qabr uni shunday siqadiki, suyaklari bir-biriga botib ketadi.
2. Qabri otashga tulib, kechayu-kunduz uni urtaydi.
3. Alloh taolo uning qabriga dunyo ilonlariga ukhshamaydigan ulkan bir ilon yuboradi. Usha ilon uni har kuni namoz vaqtlarida chaqib, abgor qiladi. Bir zum ham tark etmaydi.

Qiyomatda boshiga keladigan musibatlari:
1. Jahannamga sudraydigan azob malaklari uning yonidan ayrilmaydi.
2. Alloh taolo uni gazabnok holda kutib oladi.
3. Hisobi juda qiyin kechib, oqibatda jahannamga tashlanadi.

Hasan Basriy hazratlari: «Bu dunyoda sen uchun eng muhimi namoz bulmasa, u holda nima muhim?», degan ekanlar.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

getImage

Namoz uqish tartibi ayollar uchun

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va khufton) namoz uqish har bir musulmonga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари