Home / Madaniyat / Namozning shartlari haqida

Namozning shartlari haqida

namaz«Shart» suzi lugatda «alomat» manosini bildiradi.
Shariy istilohda esa bir narsaning haqiqati va mohiyatidan tashqari bula turib, usha narsaning vujudga kelishi uchun lozim bulgan omilga «shart» deyiladi.
Shartlar ikkiga taqsimlanadi:
— Vojiblik shartlari.
— Tugrilik shartlari.

Quyidagi hadisi sharifda namozning vojib – farz bulishi uchun kerak shartlar haqida suz boradi.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qalam uch (toifa)dan kutarilgan: uyqudagidan toki uygonguncha, yosh boladan, toki ehtilom bulguncha, jinnidan, toki aqli kirguncha», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan. Al-hokim sahih degan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifdagi qalamdan murod, taklif qalamidir. Shariy amallarni – takliflarni bajarmagan kishilarning gunohlarini yozib turuvchi qalamdir. Jumladan, namoz uqimaganlarning gunohlarini yozib turuvchi qalamdir.

Ushbu qalam uch toifa odamdan kutarilgan bulib, ular tomonidan shariat takliflari bajarilmasa ham, gunoh yozilmas ekan.
1. «Uyqudagidan toki uygonguncha».
Chunki uyqudagi odamning ikhtiyori uzida emas. Unda hushyorlik, bir narsani idrok qilish etishmaydi. Shuning uchun u shariat takliflarini qilmasa ham, gunohkor hisoblanmaydi.
2. «YOsh boladan, toki ehtilom bulgunicha».
Balogat yoshidan kichik yoshdagi bolalarning aqliy va jismoniy kamoloti bulmaydi. Shuning uchun ham ular shariy takliflarni bajarishlari majburiy emas. Mabodo, usha takliflarga khilof qilsalar, gunoh yozilmaydi.
3. «Jinnidan, toki aqli kirguncha».
Jinni odam ham ahli taklif emas. Shuning uchun ham Islomda namozning sahih bulishlik shartlari balogatga etganlik va aqlga bogliq, deyiladi.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhud kuni meni urushga olish uchun kurikdan utkazdilar, ushanda un turt yoshli bola edim. Bas, menga ijozat bermadilar. Handaq kuni yana kurikdan utkazdilar, ushanda un besh yoshli bola edim. Bas, menga ijozat berdilar».
Nofe aytadiki:
«Men Umar ibn Abdulazizning oldiga borib, u usha vaqtda khalifa edi, ushbu hadisni unga aytdim. Bas, u:
«Mana shu kichik va kattaning orasidagi chegaradir», dedi va omillariga kim un besh yoshli bulsa, (shariy taklifni) unga farz qilish haqida maktub yubordi. Kim undan kichik bulsa, uni ahli ayollar ichiga qushing», dedi».
Beshovlari rivoyat qilishgan.

Sharh: Uhud urushiga tayyorgarlik kurilayotgan paytida, bosib kelayotgan khavf-khatarni butun vujudi bilan his qilgan uspirin musulmon yigitlar ham jihodda qatnashishni talab qilib arz qilishgan. Bu yosh musulmon bolalarning jasorati, fidokorligi va dinu diyonat oldidagi masuliyatni chuqur his qilishlari alomatidir. Ana shunda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam ularni kurikdan utkazganlar, kimnidir kurashtirib kurib, yiqitsa, olganlar. Kimningdir yoshini suraganlar.
Ushbu hadisning roviyi Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu un turt yoshida u kishida urushga ishtirok qilishga ijozat bermaganlar. Kelasi yili Handaq urushida esa un beshga yoshga tulgani uchun ijozat berganlar.

Shundan bazi kishilar ugil bolalarning balogat yoshi un besh yosh, deb olganlar.
Khalifa Umar ibn Abudulaziz ham Nofe roziyallohu anhudan ushbu hadisni eshitganidan keyin viloyatlardagi uz omillariga un besh yoshli ugil bolalarga katta yoshdagi erkaklarning muomalasini qilish, u yoshdan kichiklarni esa birovning qaramogida hisob qilish kerakligi haqida maktub yozgan ekanlar.
Lekin jumhur ulamolar ugil bolaning balogatga etgani alomati ehtilom bulish – uyquda bulganishdir, deydilar. Bunga avvalgi hadis dalildir. Ibn Umarga qilingan munosabat esa favqulodda holatning ishidir.

Qiz bolalarning balogatga etganlari hayz kurish bilan buladi. Malum yoshgacha, uz yurtidagi tengdoshlari balogatga etadigan: ugil bolalar ehtilom bulib, qizlar hayz kuradigan yoshga etib ham balogatga etganlik alomati paydo bulmasa, boshqa alomatlariga qaraladi. Bu alomatlarning eng mashhuri yoshdir. Har yurt uz iqlimi va boshqa sharoitlariga qarab balogat yoshini belgilaydi. Ana usha yoshdan shariat takliflariga amal qilish boshlanadi. Jumladan, namoz uqish ham farz buladi. Balogatga etib turib namoz uqimagan shakhs esa shariy jazoga loyiq, deb hisoblanadi.
Ammo bu balogat yoshiga etguncha namoz uqib bulmaydi, degani emas. Balki balogat yoshiga etganda namoz uqishga qiynalmaslik uchun yoshlikdan uqib-urganib borish zarur buladi.
Buni Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislaridan bilib olamiz.

Sabrata roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bola etti yoshga etganda uni namozga buyuringlar. Qachonki, un yoshga etsa, uning uchun urishinglar», dedilar».
Boshqa rivoyatda:
«YOtar joylarini ajratinglar», deb ziyoda qilingan.
Abu Dovud, Ahmad va Termiziylar rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda yosh bolalarni islomiy tarbiya qilishda muhim urin tutgan bazi narsalar khususida suz bormoqda:

1. Etti yoshga etgan bolalarni namoz uqishga buyurmoq.
Bolalarni qiziqtiradigan turli uslublar bilan, yakhshi urnak kursatib, namozga undash kerak buladi. Ota-onasining namoz uqiyotganini kurgan bola uz-uzidan ularga taqlid qilib qoladi. Ana shu holatdan unumli foydalanib, bolani tugri yulda davom etishini taminlashga harakat qilish kerak. Etti yoshga etganda bolaning har namozni uqishini kuzatib, uqishga amr qilib turish kerak.

2. Un yoshga etgan bola namoz uqimasa, urish lozim.
Ota-onasining yakhshilik bilan qilgan undovlariga un yoshida ham yurmagan bola urishmasa, tugri yulga tushmaydi. Bazi bolalarning tabiati shundoq buladi. Ular yakhshi gapdan kura, duq-pupisa ila oson yulga tushadilar.

3. Un yoshga etgan bolalarning yotar joylarini boshqa qilib quyish.
Chunki usha davrda ularda jinsiy tomondan uygonish boshlanadi. Alohida yotmasalar, beodoblikka urganib qolishlari mumkin.
Agar har bir oila ushbu nabaviy tavsiyasiga amal qilganida, oramizda benamozlar bulmas edi.

Khulosa.

Hamma dalillarni urganib chiqqan ulamolarimiz namozning vojib – farz bulishi uchun zarur shartlar uchtadir: musulmonlik, balogatga etganlik va oqillik, deydilar.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари