Home / Madaniyat / Namozni tukis ado etaylik

Namozni tukis ado etaylik

namozAgar Alloh taolo sizga 70 yil umr ato etsa, bu yillarni siz quyidagilarga sarf qilgan bulardingiz:

24 yilni uyquga

14 yilni ishga

8 yilni uyin-kulgiga

6 yilni dasturkhon ustida

5 yilni yulda

4 yilni suhbatga

3 yilni talim olishga

3 yilni uqishga

3 yilni televizor kurishga

Agar bir kunda 5 mahal namoz ado etsangiz, butun 70 yillik umringizni atigi 5 oyini sarf qilgan bulardingiz.

Nima? Siz umringizni eng oz qismini sizni yaratgan Alloh uchun sarf qila olmaysizmi?

Namoz arabchada «solat» deyilib, lugatda «yakhshilikka duo» degan manoni anglatadi.

Shariatda esa: takbir bilan boshlanib, salom berish bilan tugaydigan zarur shartga ega amal  namoz deyiladi.

Namoz Isro kechasida, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hijratlaridan oldinroq farz bulgan.

Besh vaqt namoz farzligi Quronda ham, sunnatda ham, ijmoda ham qayta-qayta takidlangan.

Namoz balogatga etgan har bir musulmon uchun farzi ayn bulib, har kim uzi uchun namoz uqimogi farzdir.

***

Namoz Islom dinining ikkinchi rukni bulib, kalimai shahodatdan keyingi eng ulug farz hisoblanadi.

U musulmon banda Allohning son-sanoqsiz nematlariga banda shukr keltirishi uchun shariatga kiritilgan bulib, uning diniy, tarbiyaviy, shakhsiy, sihhiy, ijtimoiy va boshqa qator foydalari kup.

Avvalo, namoz bandaning Alloh bilan boglanish vositasi.

Namozda banda Alloh bilan yolgiz qolib, unga munojot qiladi. Shu ibodat-la ruhiy-manaviy lazzat oladi.

Namoz uqish bilan banda uzining barcha ishlarini Alloh taologa topshiradi. Shu namozi ila uziga omonlik, khotirjamlik va najot tilaydi.

Ikkinchidan, namoz yutuq va najot yulidir.

Namoz khato va gunohlarni yuvishning eng ishonchli yuli bulib, u doimo uz egasiga kuplab shakhsiy foydalar keltiradi.

Namoz namozkhonni Allohga yaqin qiladi, uning irodasini mustahkamlaydi, bu dunyo matohlaridan uzini yuqori tutishga urgatadi va uz egasiga mislsiz nafsoniy rohat va ruhiy farogat bakhsh etadi.

Namoz uqiydigan odam gaflat uyqusidan uygonib, hayotga teranroq nazar solishni urganadi. U kishiga intizomli bulishni, hamma ishlarni tartibli ravishda yulga quyishni, vaqtni tejash va tartibga solishni urgatadi.

Namozkhon odam hilm, khotirjamlik, shoshilmaslik, viqorli bulish, sabr kabi kuplab shakhsiy va yuksak insoniy fazilatlarga, ega buladi.

Namozni masjidlarda jamoat bilan uqish afzal bulib, namozkhonlar orasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydi, kuch jamoatda – birlikda ekanini anglatadi, ijtimoiy boglanish va hamkorlikni kuchaytiradi.

Jamoat namozi – kishilar urtasida tenglikni namoyish qiladigan eng muhim omil. Namozda banda ,kim bulishidan qatiy nazar, bir joyda, bir safda turadi bir khil amalni bajaradi va Alloh taologagina banda ekanligini izhor etadi .

Bandalarning namozda jamoat shaklida imomga buysunishi, bir maqsadga yunalish kurinishlari namoyon buladi. Hatto jamoat namozi orqali musulmonlar bir-birlari bilan tanishib, birodar buladilar, yakhshilik va taqvo yulida hamkorlik qilishga, bir-birlarining hollaridan khabar olishga odatlanadilar. Oralarida bemor, mazlum, hojatmandlar chiqib qolsa, yordam beradilar.

Shu bilan birga, ular bir-birlarining khatolarini ham tuzatadilar.

Namoz – musulmon kishini gayrimusulmondan ajratib turuvchi eng asosiy belgi. Shuning uchun ham namozkhon odamni hamma hurmat qiladi, unga ishonadi, undan khotirjam buladi.

Qolaversa, namoz poklik ramzi.

Namozkhon odamning, eng avvalo, qalbi pok buladi. Uning nainki qalbi, badani, kiyim-boshi va makoni ham pok buladi. Namoz kishining ruhiy, manaviy va jismoniy sogligi uchun nihoyatda zarur narsa ekani hozirda hech kimga sir emas.

Namozning foydalarini qator oyat va hadislarda batafsil urganamiz, inshaalloh.

«Namozni tukis ado etinglar. Albatta, namoz muminlarga vaqtida farz qilingandir», (Niso surasi, 103-oyat, mazmun)

Bu oyati karima namozning farzligi haqidagi oyatlarning biri bulib, undagi namozni tukis ado etish haqidagi buyruq farzni ifoda etadi. Namozning vaqtida farz qilingani esa uni uz vaqtida ado etish lozimligini anglatadi.

«Va namozni tukis ado et. Albatta, namoz fahsh va munkar (ishlar)dan qaytaradir», (Ankabut surasi, 450-oyat, mazmun)

Sharh: Bu oyatdagi amr ham farzni ifoda etadi. Shu bilan birga, oyatda namozning hikmatlaridan biri –haqiqiy namoz uz egasini fahsh va yomon ishlardan qaytarishi takidlanmoqda.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga Isro kechasida ellik vaqt namoz farz qilindi. Sungra qisqartirilib, besh vaqtga keltirildi. Keyin esa:

«Ey Muhammad, albatta, Mening huzurimda gap uzgartirilmaydi. Albatta, senga ushbu beshtada elliktaning (ajri) bor», deb nido qilindi».

Beshovlaridan faqat Abu Dovud rivoyat qilmagan.

Sharh: Isro kechasi haqida Al-Isro surasida bayon etiladi. Bu hodisani mufassal bayon qilingan hadisi shariflar ham kup, hammasi, inshaalloh, uz urnida urganiladi. Hozir esa malumot uchun qisqacha qilib, quyidagilarni bilsak, kifoya:

«Isro»ning lugaviy manosi «kechasi safar qilish»dir.

Shariatda esa «Alloh taoloning amri ila Muhammad sollallohu alayhi vasallamning kechasi Buroqqa minib, bir zumda Makkai Mukarramadan Baytul Maqdisga safar qilishlari tushuniladi.

Bu hodisa bazi hanafiy ulamolarining tahqiq qilishlaricha, hijratdan bir yarim yil oldin, Ramazon oyining un ettinchi kuni sodir bulgan.

Sungra Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Baytul Maqdisdan osmonga, Merojga olib chiqilganlar. Usha erda Alloh taolo bilan suhbat bulgan. Kuniga ellik vaqt namoz farz qilingan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam qaytayotganlarida Muso alayhissalomga duch kelganlar va u kishi: «Alloh sening ummatingga nimani farz qildi?» deb suraganlar. U Zot: «Ellik vaqt namozni», deganlar. Muso alayhissalom: «Robbingga qayt. Ummating bunga toqat qila olmaydi», deganlar.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning huzuriga qaytib, namozni kamaytirishni suraganlar. Alloh taolo bir oz kamaytirgan.

Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Muso alayhissalomning oldilariga qaytganlarida u kishi yana oldingi gaplarini aytganlar. Shundoq qilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam bir necha bor, borib qaytganlaridan sung Alloh taolo namozni besh vaqtga tushirgan va: «Ey Muhammad, albatta, Mening huzurimda suz uzgartirilmas. Albatta, senga mana shu beshtada elliktaning (ajri) bor», degan.

Muso alayhissalom yana qaytishni taklif qilganlarida, Muhammad sollallohu alayhi vasallam: «Robbimdan uyalaman», deb qaytmaganlar.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Namozning Alloh taolo tomonidan farz qilingani.

2. Namoz Isro kechasida farz qilingani.

3. Namoz avval ellik vaqt farz qilinib, keyin besh vaqtga tushirilgani.

4. Alloh taoloning huzuridagi suz uzgartirilmasligi.

5. Islom ummatiga Alloh taolo mehr kursatib, besh vaqt namoziga ellik vaqt namozning ajrini berishi.

6. Islom osonlik dini ekani. Avval ellik vaqt namoz farz qilinib, keyin besh vaqtga qisqartirilishi ana usha osonlikni bandalarga eslatib turish uchundir.

Demak, besh vaqt namozni yanada chin ikhlos bilan uqimogimiz kerak.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари