Home / Madaniyat / Namozda qanday qilib khushu qilasiz?

Namozda qanday qilib khushu qilasiz?

namozNamoz Islomning eng muhim ruknlaridan biri ekanligi barchamizga malum. Shu sabab khushu masalasida turli qiyinchiliklarga duch kelinadi. Namoz banda bilan Robbisi orasidagi boglanishdir. Kholiqimiz azza va jalla namoz tugri va maqbul bulishi uchun bizlarga uni ruknlari, shartlari bilan batamom suratda ado etishimizni amr qilgan. Lekin ming afsuski, kupchiligimiz namozimizda khushu darajasiga eta olmaymiz, diqqat qila olmaymiz. Balki namozda u yoq-bu yoqqa utlab, fikrimiz qochib, hattoki qaysi rakaatdaligimizni unutadigan darajaga kelib qolamiz. Bazan namozni qayta uqishga ham tugri kelib qoladi. Shu bilan birga, biz bilishimiz kerak bulgan narsa shuki, shaytonni eng mahzun qiladigan narsa, banda namozini diqqat va khushu ila batamom ado etishidir. Shu sabab shayton namozlarimizda bizni chalgitmoqchi buladi. Namoz uchun makhsus shayton bor bulib, uning ismi Khanzabligi vorid bulgan. Imom Muslimning sahihlarida Usmon ibn Abul Oss roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«Ey Allohning Rasuli, shayton men bilan namozim va qiroatim orasida tusiq buldi. U meni qiroatda iltibosga solyapti», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Usha Khanzab deb nomlanadigan shaytondir. Qachon uni his qilsang: «Auzu billahi»ni aytgin-da, chap tomonga uch marta tuflagin», dedilar.
U: «Men ushandoq qilgan edim, Alloh mendan uni ketkazdi», dedi», deyilgani vorid bulgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rost suzlaganlar. Khanzab namoz uqiyotganimizda bizlarga vasvasa qiladi. Uy-fikrlarimizni boshqa narsalar bilan mashgul qiladi.
Alloh taolodan yordam suragan holda siz, azizlarga namozlaringiz khushu va diqqat bilan mukammal bulishi uchun bazi tavsiyalarni taqdim qilmoqchimiz.
1. Namoz uchun tayyorgarlik:
Avvalo namozni ado etadigan eringizga etibor bering. Agar u shovqinli er bulsa, boshqa tinch joyni tanlang. Erkaklar uchun eng yakhshi joy, masjid, jamoat ichida namoz uqishdir. Ayollar esa uyidagi eng tinch khonani uziga namozgoh tutsin. Turli shovqin va chalgituvchi narsalardan uzoqda bulsin. Masalan: televizor, telefon, bolalarning shovqini va h.k. Mana shu omilga etibor berilsa, sekin-asta uz tasirini kursatadi.
Shu bilan birga, namozning manosini yakhshi anglash lozim. U faqatgina quruq harakatlardan iborat bulgan narsa emas, balki u Islom shiorlarlaridan biridir. Shuningdek, namoz asnosida tilovat qilinadigan oyatlarning manosini ham yakhshi anglamoq kerak. Toki uqilayotgan Quroni Karim quruq suzlardan iborat bulib qolmasin. Uning har bir harfini fahmlab,  uzda singdirish kerak. Imomdan tinglanayotganda ham shunday holatda bulish kerak. Aql hakim oyatlarga ogoh bulishi darkor. Mana shu omillar namoz uquvchini khushu olamiga olib boradi.
Erkaklar namozni masjidda ado etishga haris bulmoqlari lozim. Namozni jamoatda, musulmonlar bilan birga ado etish uzgacha ruh bagishlaydi. Shu bilan birga, jamoat namoziga iqoma aytib bulinganidan keyin shoshib kelib qushilmasdan, namoz boshlanishidan avval kelib, namozni kutish kerak. Bunday qilish namozning ruhoniyatini his qilishga yordam beradi. Uzingizni Alloh taoloning ruparasida ekanligingizni  his qilishga fursat beradi.
Namozingizni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga muvofiq ravishda ado etishni batafsil urganing. U Zot sollallohu alayhi vasallam uzlarining hadisi shariflarida: «Meni namoz uqiyotganimni kurganingizdek namoz uqing», deganlar. Buning manosi, namozning har bir harakatiga uz miqdorini, vaqtini berishdir. Ayniqsa, ruku, sajda va tashahhud paytida shoshmaslikdir. Qiroatni ham urniga quyib ado etishdir. Nabaviy sunnatiga amal qilish, namozda khushu hosil bulishiga olib borishi shubhasizdir.
Namoz vaqti kirishidan avval, dunyoning shovqin suronidan uzilib, aqlingizga biroz dam bering. Uyingizni namozga qarating. Ruhiyatingizni namozga hozir qilishingiz juda ham muhimdir. «Hozir imtihondan utaman», deb khayol qiling. Shunda ongingizda namozga nisbatan butun diqqatni jamlash uchun tayyorgarlik boshlanishi aniq. Shuningdek, siz shayton bilan, nafsingiz bilan, dunyo bilan kurashga kirishasiz. Robbingiz azza va jalla oldida khushuingiz ziyoda bulishi uchun tahorat olishingiz va namoz uqishingiz orasida besh daqiqa ajrating. Unda Allohning zikrini qiling, istigfor ayting. Shunda siz turli uylarni, qiyinchiliklarni va dunyo tashvishlarini bir chetga surasiz va uzingizni namoz uchun hozirlagan bulasiz.
Shu bilan birga, ruhiy bosimlardan ham khalos bulish kerak.
Namozga munosib, Alloh taoloning oldida turishga munosib guzal va toza liboslarni kiying.
Namozingizda tilovat qiladigan suralaringizni yoki oyatlaringizni avvaldan tayin qiling. Hadeb bir khil malum qisqa suralarni takrorlayvermang. Bu holat odatga aylanib qolsa, bora-bora tilovat qilinayotgan suzlarga nisbatan etibor pasayadi. Kup sura yodlamagan bulsangiz, namoz uchun turt oyat bulsa ham yodlang. Ushbu oyatlar uzingizga yoqqan, sizga tasir qiladigan, manosini tushunadigan bulsangiz, yanada yakhshi.
Namozga niyat qilganingizda uni kholis Alloh subhanahu va taolo uchun ekanligini, U Zotning roziligi uchunligini his qiling. Khujakursinlik aralashib qolmasin. Shunda namozingizda khushu bulishi osonlashadi.

2. Namoz asnosida.
Qiyomda turganingizda tugri turing, qalbingiz Alloh taolodan qurqib tursin, kuzlaringiz ochiq tursin, sajda urniga qarab turing.
Namozni shoshib uqimang, namozingizning har bir bulagiga haqqini tula ado etib uqishingiz kerak. Uzingiz esa sokin va hushyor bulishingiz zarur. Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam: «Shoshilish shaytondandir», deganlar.
Esda tutingki, siz khaloyiq bilan uchrashib turganingiz yuq, balki khaloyiqning Kholiqi  bilan uchrashyapsiz.
Namozingizda Quroni Karimni tajvid ila tilovat qiling. Yani tugri tartil qilib tilovat qiling. Mana shunday qilish ham khushu hosil bulishiga sabab buladi.
Agar jamoat namozida bulsangiz, boshqa namozkhonlarni chalgitib yubormaydigan darajada Quroni Karimni pastroq ovozda uqing. Ovozingizni kutarib uqishingiz uzgalarning khushuiga khalal berishi mumkin.
Agar namozingiz asnosida khayolingiz qochayotganini sezsangiz, «Auzu» ni ayting va diqqatingizni jamlang.
3. Namozdan sung.
Namozni tugatgach, darrov urningizdan turib ketmang. Balki bir muddat utirib, namozingizning nuqsonlarini tuldirish uchun zikr qiling, tasbeh ayting,
Allohga ikhlos ila namozingiz maqbul bulishini surab duo qiling. Namozdan keyingi eng muhim duo: «Allohumma ainni ala zikrika va shukrika va husni ibadatik»dir.
Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tavsiya qilgan zikrlarni aytish kerak. Misol: «Allohumma antassalamu va minkassalamu tabarokta va taalayta ya Zaljalali valikrom». Shu bilan birga nabaviy sunnatdagi tasbehlarni ham, «Subhanalloh», «Alhamdulillah» va «Allohu Akbar», larni 33 martadan aytib khotimasiga «La ilaha illallohu vahdahu la sharika lah, lahulmulku va lahulhamdu yuhyi va yumit, vahuva ala kulli shayin qodir» ni aytish kerak.
Duzakh azobidan Allohdan panoh surang, U Zotdan sizni jahannamdan ozod qilishini tilang. Khossatan shom va bomdod namozlaringizdan keyin va «Allohumma qini azabaka yavma tabasu ibadak» ni ayting.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga tavsiya qilib urgatgan salovatlarini kuproq aytishimiz lozim. «Allohumma solli ala sayyidina Muhammadin kam sollayta ala Ibrohim va ala ali Ibrohim. Allohumma barik ala Muhammadin va ala ali Muhammad kama barokta ala Ibrohima va ala ali Ibrohim innaka hamudun majid».
Alloh taolodan ijobat bulishiga uta ishongan holingizda ehtiyojlaringizni surang va duoni kupaytiring.
4. Namozdan tashqarida
Namozga uni faqatgina ibodat deb qaramang, balki uni hayotingizning asosiy bir qismi deb biling. Namozingiz tugri bulgan sari hayotingiz ham tugri bulib boradi, aksi bulganda, bu holatning tersi buladi.
Hayotingizni Allohni gazablantiradigan narsalardan uzoqda, tugri va pok buladigan qilib muhofaza qiling. Halol kasbga, halol luqmaga haris buling, harom narsalardan uzoqda buling. Chunki gunoh qilish qalbni uldiradi va kishidan hushyorlik va khushuni tortib oladi.
Vaqtingizni namoz paytlariga qarab tartibga solishingiz kerak. Aksini emas. Ishingizdan bushab olguningizgacha namozni kechiktirmang. Ishingizni shunday rejalashtiringki, namozni uz vaqtida uqishga tayyor buling.
Uyquga ertaroq yotishga urining. Shunda bomdod namozini uz vaqtida qoim qilishga qodir bulasiz. Qolgan namozlar haqida ham shu gap aytiladi. Alloh taolo: «Albatta, namoz muminlar uchun uz vaqtida farz bulgan», degan.
Uzoq vaqt televizor tomosha qilish yoki uzoq vaqt musiqa tinglash kabi aqlni mashgul qiladigan narsalardan uzoqda bulishga harakat qiling. Chunki ushbu ishlar namoz ichida khayolingizni olib qochadi.
Har bir musulmon va muslima namozda khushuning eng yuqori darajasiga etishishga uta harisdirlar. Ushbu kursatma va tavsiyalarga ergashgan holda Alloh azza va jallani rozi qiladigan kurinishda namozingizni qoim qila olasiz degan umiddamiz, inshaalloh.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари