Home / Madaniyat / Namoz vaqtlari haqida

Namoz vaqtlari haqida

vakti-namozAbu Masud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Jabroil tushib menga imom buldi. Bas, u bilan namoz uqidim, sungra u bilan namoz uqidim, sungra u bilan namoz uqidim, sungra u bilan namoz uqidim, sungra u bilan namoz uqidim, deb barmoqlari bilan beshta namozni hisob qildilar». Boshqa bir rivoyatda:
«Sungra mana shunga amr qilindim», dedilar» degan ziyoda bor». Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: Hadisning roviyci Abu Masud roziyallohu anhu bilan oldin utgan bir hadisda yaqindan tanishib olganmiz.
Ushbu hadisi sharifda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning farz qilgan namozlari besh vaqt ekanini, hammasining alohida-alohida vaqti bor ekanini takidlamoqdalar.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Jabroil alayhissalom Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga imom bulib, qandoq namoz uqishni urgatganlari.
2. Yangi namoz uquvchiga biladigan odam birga uqib kursatishi afzalligi.
3. Har namoz uz vaqtida alohida uqilishi.
4. Namozni uz vaqtida uqish Allohning amri ekani.

Bu hadisdan har bir namozning vaqti alohida ekanligi umumiy ravishda aytib utilmoqda. Bundan bir vaqtda bir necha namozni yoki bir namozning vaqtida boshqasini uqib bulmasligi ham chiqadi. Kelasi hadisda esa har namozning vaqti batafsil bayon qilinadi.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Jabroil alayhissalom menga baytning (Baytullohning) oldida ikki marta imomlik qildi. Bas, ulardan birinchisida Peshinni soya kavushning tasmasicha bulganda uqidi. Sungra Asrni har bir narsaning soyasi uz mislicha bulganda uqidi. Sungra Shomni quyosh botib, ruzador iftor qiladigan paytda uqidi. Sungra Khuftonni shafaq goib bulganda uqidi. Sungra Bomdodni fajr yaraqlab ruzadorga taom harom buladigan vaqtda uqidi. Ikkinchi martada Peshinni har bir narsaning soyasi uz mislicha bulganda, kechagi Asr vaqtida uqidi. Sungra Asrni har bir narsaning soyasi uziga ikki barobar bulganda uqidi. Sungra Shomni birinchi uqigan vaqtida uqidi. Sungra Khuftonni kechaning uchdan biri ketganda uqidi. Sungra Bomdodni er yorishib kuringanda uqidi. Sungra Jabroil menga ugirilib qaradi-da:
«Ey Muhammad, mana shu, sendan oldingi anbiyolarning vaqtidir. Vaqt ushbu ikki vaqtning urtasidir», dedi», dedilar».

Termiziy va uning ikki sohibi rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisdagi Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning:
«Jabroil alayhissalom menga Baytning (Baytullohning) oldida ikki marta imomlik qildi», deganlari, Baytullohning oldida ikki kun besh vaqtdan namozga imomlik qildi, deganlaridir. Buni hadisi sharifda kelgan keyingi jumlalardan fahmlab olish qiyin emas.
«Peshinni soya kavushning tasmasicha bulganda uqidi» deganlari, quyosh zavolga ketib, har bir narsaning soyasi tusha boshlaganda uqidi, deganlaridir.
Malumki, qoq tush payti bulib quyosh tik bulganda, soya eng qisqargan payti buladi. Quyosh oga boshlaganda esa soya uzayishi boshlanadi. Arabistondagi kavushlar uziga khos bulib, tasmalari ustida ingichka qayishi buladi. Demak, narsalarning soyasi usha qayish tasmacha bulganda, yani endi uzayishni boshlaganda Peshin namozining avvalgi vaqti kirgan buladi.
Hadisi sharifdan tushunilishicha, Jabroil alayhissalom birinchi kuni Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga besh vaqt namozni hammasini eng avvalgi paytida uqib berganlar. Ikkinchi kuni esa eng okhirgi vaqtida uqib berganlar. Sungra:
«Ey Muhammad, mana shu, sendan oldingi anbiyolarning vaqtidir. Vaqt ushbu ikki vaqtning urtasidir», dedi»

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Peshin namozining vaqti quyosh zavolga ketib, har bir narsaning soyasi uzaya boshlagandan boshlab, to har bir narsaning soyasi uzining buyi mislicha bulguncha.
Bu ikki vaqtdan tashqarida Peshin namozi vaqti bulishi mumkin emas.
2. Asr namozining vaqti har bir narsaning soyasi uz buyi mislicha bulgandan boshlab, to har bir narsaning soyasi uzining buyiga ikki barobar bulguncha buladi.
Bu vaqtdan, yani har bir narsaning soyasi uziga ikki misl bulgandan keyin   Asrning vaqti chiqmaydi. Balki Asrning vaqti Shomning vaqti kirguncha davom etadi.
Ushbu hadisda Jabroil alayhissalom Asrning afzal vaqtini kursatib berganlar. Boshqa hadislarda Asrning vaqti Shomning vaqti kirguncha davom etishi ochiq-oydin bayon qilingan.
3. Shom namozining vaqti quyosh botgandan boshlanadi va Khufton vaqti kirguncha davom etadi.
Ammo Jabroil alayhissalom ikki kunda ham bir khil vaqtda, quyosh botganda uqib berganlari, eng afzal vaqt shu ekaniga dalolat qiladi.
4. Khufton namozining vaqti shafaq goyib bulgandan boshlab, tong otguncha.
Lekin bu hadisda kechaning uchdan biri utganda uqilishi eng afzal vaqt ekanligini kursatadi.
5. Bomdod namozining vaqti tong otgandan boshlab quyosh chiqishni boshlaguncha.
Khulosa qilib aytadigan bulsak, ushbu hadisi sharifda har bir namozning vaqti eng avvalgi bilan okhirgi vaqtining eng afzali kusatilgan.
Aslida esa Bomdoddan boshqa namozlarning vaqti bir-biriga ulashib ketadi.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozlarning vaqti haqida suraldi. Bas, u Zot: «Bomdod namozining vaqti quyoshning avvalgi shokhi chiqmaguncha, Peshin namozining vaqti, quyosh osmon qornidan zavolga ketgandan, Asrning vaqti kirguncha, Asr namozining vaqti, quyosh sargayib avvalgi shokhi botguncha, Shom namozining vaqti quyosh goyib bulganda shafaq tushguncha, Khufton namozining vaqti kechaning yarmigacha», dedilar».

Beshovlaridan faqat Bukhoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: Ochiq oydin kurinib turibdiki, bu hadisi sharifda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam asosan, har bir namozning okhirgi vaqtini bayon qilmoqdalar. Ehtimol, savol namozlarning okhirgi vaqti haqida bulgan bulsa kerak. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni bayon qilib, Shomning okhirgi vaqti shafaq goyib bulguncha bulsa ham, oldingi vaqtida uqish yakhshiligini bayon qilgan bulishlari mumkin. Khuftonning okhirgi vaqti ushbu hadisda aytilgan paytda kechaning yarimigacha, deb bayon qilingan bulsa ham, keyinchalik tong otguncha ekani aytilgan.

Jobir roziyallohu anhudan Paygambar sollallohu alayhi vasallamning namozlari (vaqti) haqida suraldi.
Bas, U kishi: «U Zot sollallohu alayhi vasallam Peshinni quyosh qizdirgan paytda, Asrni quyosh tirik turganda, Shomni quyosh botganda, Khuftonni odamlar kup bulsa, ertaroq, oz bulsa, kechroq, Bomdodni tong qorongusida uqir edilar», dedi».

Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu uzlarining bu javoblariga Paygambar sollallohu alayhi vasallam davrlarida uzlari mulohaza qilgan tajribani bayon qilmoqdalar. U kishining aytishlaricha, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam odatda Peshin namozini zavoldan keyin quyosh qizdirgan paytda uqir ekanlar.
Arablarda bu vaqtni «Hojira» deyiladi. Bunda hijrat manosi bulib, havo isib ketgani uchun hamma ishini tashlab uyiga qarab hijrat qiladigan-qochadigan vaqti buladi.
«Asrni quyosh tirik turganda» uqir ekanlar.
Bu quyoshni rangi ham, issiqligi ham uzgarmay turganda, yani botishiga yaqinlashmay turib, deganidir. Kurinib turibdiki, Paygambar sollallohu alayhi vasallam Peshin kabi Asr namozini ham oldingi vaqtida uqigan ekanlar.
«Shomni quyosh botganda» uqir ekanlar.
Bu ham boshqa namozlar kabi birinchi-dastlabki vaqtida uqishdir.
«Khuftonni odamlar kup bulsa ertaroq, oz bulsa kechroq» uqir ekanlar.
Khuftonda vaqt bemalol bulgani, ish yoki dam olishga shoshilish yuq bulgani mulohaza qilinar ekan. Jamoat etarli bulsa, ertaroq, bulmasa, odam kupayishini kutib, kechroq uqilar ekan.
«Bomdodni tong qorongusida uqir edilar».
Tong otgandan keyingi qoronguli davri ham Bomdod namozining oldingi vaqti hisoblanadi.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Besh vaqt namozini vaqtlarini bilish.
2. Namozni vaqti kirishi bilan uqishga shoshilish kerakligi.
Boshqa rivoyatlarda Peshinni bir oz havo sovuganda, Bomdodni yoruglik yakhshi tarqaganda uqish ham zikr etilgan.
3. Jamoatni kupaytirishni kutib turish joizligi.
4. Olim kishilardan savol surab turishi kerakligi.
5. Suralgan narsaning uziga javob berish joizligi

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Bomdod namozini uqiganlaridan keyin, ayollar murtlariga uralib chiqib ketishar, qorongulikdan tanilmas edilar».

Beshovlari rivoyat qilgan.
Sharh: «Murt» jundan bulgan ayollarga khos kiyim. Bu rivoyatda ham Bomdod namozini oldingi vaqtda uqish odati borligi aytilmoqda.
Shuningdek, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlarida jamoat namoziga ayollar ham qatnashganliklari zikr qilinmoqda. Bu masala, inshaalloh, keyinroq batafsil urganiladi.
Hadisi sharifda yana jamoat namoziga kelgan ayollar erkaklardan oldin chiqib ketib, uzlarini tanitmasliklari zikr qilinmoqda.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam Bomdod namozini bizdan birimiz yonidagi odamni taniydigan holda bulganida uqir edilar. Unda oltmish oltidan yuz oyatgacha qiroat qilar edilar».

Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
«Sunan» egalari qilgan rivoyatda: «Bomdodni yoruglik yakhshi tarqalganda uqing. Bas, ushaning ajri ulugdir», deganlar».
Sharh: Hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhuning bu rivoyatlarini usha vaqt voqeligidan kelib chiqib tushuniladi.
U vaqtlarda masjidda chiroqlar bulmagan. Shuning uchun Bomdod vaqtida masjidda utirib yonidagi odamni tanib oladigan bulishini, tongning otganidan qanchalik utganidan keyin Bomdod uqilishiga ulchov qilinmoqda.
Shu bilan birga, juda ortga surib quyosh chiqishiga yaqinlashtirib yubormasligiga Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namozdagi qiroatlari oltmish oyatdan yuz oyatgacha miqdorda bulishini ham zikr qilib quymoqdalar.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam shoshilmay dona-dona qilib, har oyatning okhirida tukhtab, qiroat qilar edilar.
Sunan kitoblari egalari tomonidan rivoyat qilingan ziyodada esa Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Bomdodni tong yakhshi yorishganda uqishning ajri ulugligini zikr qilmoqdalar.
Hanafiy mazhabida mana shu rivoyatda amal qilinadi. Shuning uchun avval utgan hadislardan birini uqib olib, darhol Hanafiylarni sukishga shoshilmaslik kerak.
Shuningdek, boshqalar uz mazhabi buyicha oldingi vaqtda uqisalar, ularni ham khatoda ayblamaslik kerak.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Harorat shiddatli bulgan paytda namozni sovutib uqinglar. Albatta, haroratning shiddati jahannamning qaynab chiqqan issigidandir. Duzakh uz Robbisiga shikoyat qilib: «Ey Robbim, mening bazim bazimni eb yubordi», dedi. Bas unga ikki nafasga izn berdi. Qishda bir nafasga, yozda bir nafasga, siz duch keladigan eng shiddatli issiq va eng shiddatli sovuq ana ushandandir», dedilar».

Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu hadisi sharifda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Peshin namozini havo bir oz sovuganda uqishni tavsiya qilmoqdalar. Quyosh tik turib, havo rosa qizigan paytda masjidga borib, umuman, qaerda bulsa ham, namoz uqishda, malum qiyinchiliklar buladi. Ana ushalarni engillashtirish uchun havoning shashti bir oz qaytganda namoz uqish ham oson, ham engil buladi.
Bu ham Islom dinining kishilarga osonlik tugdirishiga dalildir.
Keyin esa nima uchun namozni sovutib uqish tavsiya qilingani bayon qilinmoqda.
«Albatta, haroratning shiddati jahannamning qaynab chiqqan issigidandir».
Ulamolarimiz hadisdagi bu va bundan keyingi jumlalar «haqiqatmi yoki majozmi?» degan masalada turli fikrlar aytganlar.
Bazilari, bu haqiqatdir, havoning shiddatli isib ketishiga jahannamdan qaynab chiqqan issiqlik sabab buladi, deganlar.
Lekin kupchilik ulamolar, bu haqiqat emas, majozdir. Arab tilida majoz kup ishlatiladi. Bir narsani ifodali qilib tushuntirish uchun boshqa narsaga taalluqli kuchma mano ishlatiladi, deydilar.
Darhaqiqat, arab tilidan boshqa tillarda ham bu mano bor. Bazi vaqtda, biror payt yoki joyda issiq haddan tashqari bulib ketganini ifoda etish uchun, «uziyam duzakh bulib ketdi-da!» deyiladi. Bu usha vaqt va joyni duzakhga aylanib qolganini emas, qattiq isib ketganini bildiradi. Ushbu hadisi sharifda ham khuddi ana shu mano ishlatilmoqda. Havo shiddatli isiganda, jahannamning issigidan tarqaldek bulib ketadi. Bu issiqda namoz uqishga harakat qilgan odam qiynalib ketadi, deyilmoqda.
«Duzakh uz Robbisiga shikoyat qilib: «Ey, Robbim, mening bazim bazimni eb yubordi», dedi».
Yani, duzakhdagi issiqning kuchligidan duzakhning uzi ham shikoyat qiladigan darajaga etdi.
Bu ham majoz orqali duzakh naqadar issiq ekanini bayon qilishdir.
«Bas unga ikki nafasga izn berdi».
Yani, Alloh taolo duzakhga ikki marta nafas olib chiqarishiga rukhsat berdi.
«Qishda bir nafasga, yozda bir nafasga, siz duch keladigan eng shiddatli issiq va eng shiddatli sovuq ana ushandandir», dedilar».
Yani, yozda ham, qishda ham havoning uzgarib qiyinchilik tugdirib turishi bor, deganidir.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Shiddatli issiq paytida Peshin namozini bir oz kechiktirib uqish yakhshiligi.
Chunki hadisda gap Peshin namozi haqida ketmoqda.
2. Jahannamning hozirda mavjudligi.
3. Bir narsani tushuntirish uchun majozni ishlatish mumkinligi.
4. Namozga belgilangan muddat chegarasida ob-havo sharoitini hisobga olish joizligi.
5. Islom dinining engillik dini ekanligi.

Ibn Masud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning namozning miqdori yozda uch qadamdan besh qadamgacha, qishda besh qadamdan etti qadamgacha bular edi».

Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu hadisda ham Peshin namozining boshlash vaqti haqida suz ketmoqda. YOzda soya uch yoki besh qadam miqdoricha, qishda besh yoki etti qadam miqdoricha bulganda Peshin namozining uqish Paygambar sollallohu alayhi vasallamning odatlari ekan.
Albatta, bu – Madinai Munavvaraga tegishli gap. Chunki mintaqaning ekvator chizigiga yaqin yoki uzoqligiga qarab soyalar har khil buladi. Bu hadisni yakhshilab urgangan ulamolarning aytishlaricha, unda zikr qilingan miqdorlardan yozda Peshinga ajratilgan vaqtni yarimida, qishda avvalida uqilgani kelib chiqadi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Asrni uqiganimizdan keyin bizdan bir kishi Quboga yurib borsa, u erga quyosh kutarilib turganda etib borar edi».

Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.
Sharh: «Qubo» – Madinai Munavvaradan turt mil uzoqdagi malum va mashhur joy.
Bu rivoyatdan Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning masjidlarida Asr namozini oldingi vaqtida uqilishi odat ekanligi chiqadi.

Salama roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam bilan Shom namozini (quyosh) parda ortiga berkinganda uqir edik». Turtovlari rivoyat qilishgan.
Uchchovlari qilgan rivoyatda: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam bilan Shom namozini uqib qaytgan birimiz, uzining kamonining uqi tushadigan joyni kuradigan bular edi», deyilgan.
Sharh: Oldin hadisning roviyci Salama roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik:
Salama ibn Amr ibn Sino al-Akva al-Aslamiy, kunyalari Abu Muslim, ikki marta Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga darakht ostida, ulimga va urushdan qochmaslikka bayat qilganlardan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan 7 ta gazotda ishtirok etgan, «Zuv-hard» nomli gazotda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni, dushmanlar zarbasidan saqlab qolgan.
Usmon ibn Affonning khalifalik davrlarida, Afrika gazotlarida ishtirok etgan, shijoatli, kamonchi, chiroyli khulqli, olijanob sahobalardan edilar.
Hammasi bulib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 77 ta hadis rivoyat qildilar.
Bu kishidan Madina ahlidan kup jamoatlar, ugli Iyos, quli Yazid ibn Abi Ubayd va boshqalar rivoyat qilishdi.
Bu kishi rivoyat qilgan hadislardan uchta «Sahih» sohiblari uz kitoblariga kiritishgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, «Kuchlilarimiz ichida eng yakhshisi  Salama ibn Akvadir», deb marhamat qilganlar.
Ugillari Ilyos:«Otam hech yolgon gapirmas edilar», deb aytadilar.
Bu zot Madinada istiqomat qildilar. Keyin Madinadan uch mil uzoqlikda bulgan «Rabza» nomli qishloqqa kuchib utdilar. Hijratning 74 sanasida 80 yoshlarida ana shu erda vafot etdilar.
Bu ikki rivoyatda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshliq sahobalar Shom namozini oldingi vaqtda uqishlari haqida suz ketmoqda.
«(Quyosh) parda ortiga berkinganda uqir edik» degani «Quyosh botishi bilan uqir edik», deganidir.
Namozni jamoat bilan uqib chiqqan odam uz kamonidan otgan uqni qaerga tushishini kura oladigan bulishi ham Shomni quyosh botishi bilanoq uqilishiga dalolat qiladi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam Khufton namozini kechaning yarimigacha surib turib uqidilar. Sungra: «Batahqiq, odamlar namozni uqib, ukhladilar. Ammo sizlar, modomiki namozga intizor bulib turdingizmi, namozdadirsizlar», dedilar».
Boshqa rivoyatda: «Agar ummatimga mashaqqat bulishini uylamaganimda, shundoq qilib uqishlariga amr qilgan bular edim», dedilar».
Uchchovlari rivoyat qilishgan.
Termiziy rivoyatida:
«Agar ummatimga mashaqqat bulishini uylamaganimda, ularga Khuftonni kechaning uchdan birigacha yoki yarimigacha orqaga surishni amr qilgan bular edim», deganlar».
Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. Gohida Khuftonni yarim kechada jamoat bilan uqish mumkinligi.
2. Namozga intizor bulib turgan odam namozda turgandek ekani.
3. Paygambar sollallohu alayhi vasallamning uz ummatlariga mashaqqatni khohlamaganlari.
4. Imkoni bulganda Khuftonni yarim kechada yoki kechaning uchdan biri qolganda uqish afzal ekani.

Abu Barza roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam Khuftondan oldin ukhlashni va undan keyin gaplashishni khush kurmas edilar».

Ikki Shaykh va Termiziy rivoyat qilishgan.
Sharh: Avvalo, hadisning roviyci Abu Barza roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik:
Abu Barza kunyasi bilan mashhur bulgan bu sahobaning asl ismlari, Nazla ibn Ubayddir. Basrada tavallud topdilar.
Islomga kirganlaridan keyin Khaybar, Hunayn, Makkani fath etilishida ishtirok etdilar.
Siffin va Nahavon urushlarida Ali roziyallohu anhu bilan ishtirok etdilar.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan hammasi bulib 46 ta hadis rivoyat qildilar.
Bu zotdan Hasan al-Basriy, Abu Usmon an-Nahdiy, Abdulloh ibn Burayda va boshqalar rivoyat qilishdi.
Abu Barza 65 hijriy sanada Yazid ibn Muoviyaning boshliqlik davrida vafot etdilar.
Bu rivoyatda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Khufton namoziga taalluqli ikki odatlari haqida suz ketmoqda.
1. U Zot sollallohu alayhi vasallam Khuftondan oldin ukhlashni khush kurmas ekanlar. Chunki, ukhlab qolib namoz vaqti utib ketish khavfi bor.
2. U Zot sollallohu alayhi vasallam Khuftondan keyin gaplashib utirishni khush kurmas ekanlar. Chunki har kunni yakhshi amal bilan tamomlash imkoni zoe buladi. Shuning uchun ham ahli solih kishilar uyqudan oldin vitr namozini uqishga urinadilar.

Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Ey Ali, uch narsani ortga surmagin. Namozni vaqti kirganda, janozani hozir bulganda va ersiz ayol, tengini topganda», dedilar».
Sharh: Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hazrati Ali roziyallohu anhuga qilgan ushbu nasihat-kursatmalarida uch narsani vaqti kelishi bilan darhol bajarish afzal ekani bayon etilmoqda.
1 — «Namozni vaqti kirganda».
Namozni vaqti kirishi bilan uqib olish afzal ekani. Ushbu fasldagi hadislarning kupida zikr qilinganini urgandik.
2 — «Janozani hozir bulganda».
Musulmon inson vafot etsa, uni tezda yuvib-tarab tuproqqa berish zarur. Bu usha ulgan odamning hurmati buladi. Bu masala, Alloh khohlasa, uz joyida alohida, batafsil urganiladi.
3 — «Ersiz ayol, tengini topganda».
Bu ishni ham hech orqaga surib bulmaydi. Qanchalik tez bulsa, shunchalik yakhshi. Bu masala ham uz urnida Alloh khohlasa, batafsil urganiladi.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Namozning avvalgi vaqti Allohning roziligidir. Okhirgi vaqti Allohning avfidir», dedilar».

Ikki hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Demak, Allohning roziligini topaman, degan odam namozni avvalgi vaqtida uqishi kerak. Okhirgi vaqtida uqisa, noiloj qolganda afv tariyqasidagi rukhsatdir.

KhULOSA

Alloh taoloning yordami ila namozning vaqtlari haqidagi hadisi shariflarning bir qismini urganib chiqdik. Ushbu hadislarni urganish davomida quyidagi umumiy khulosalarga ega buldik, desak khato bulmas:

1. Besh vaqt namozning har biri – uz vaqtida farz.
2. Har bir namozning avvalgi va okhirgi vaqti bulgan usha malum chegaralangan vaqtda uqigan odamgina usha namozning farzini ado etgan buladi.
3. Alloh taolo bandalariga mehribonligidan namozlarning vaqtini bemalol qilib quyibdi.
4. Namozlarning vaqti tabiiy omillar, yani tong otishi, quyoshning chiqishi, qiyomdan ogishi yoki botishiga qarab belgilanganligi.
5. Namozlarning vaqtini chegaradan chiqmay turli hadislarda turlicha aytilishi sharoitga qarab, turlicha ijtihod qilishga yul ochganligi.
6. Bir mavzu buyicha hamma hadislarni yakhshilab urganib chiqmasdan turib, bir hukmni chiqarish durust emasligi.

Ushbu hadislardan bitta, ikkita yoki uchtasini urganib turib, shu haqiqat, boshqasi notugri, deyishimiz mutlaqo khato bular edi.
Shuning uchun har bir narsada ham bir yoki ikki-uch dona hadisni uqib olib, hukm chiqarishga shoshilmaslik kerak. Uni Quron oyatlariga, boshqa hadislarga solishtirish, boshqa sabablarini atroflicha urganish kerak buladi. Ulamolarimiz bu narsalarning hammasini chuqur va atroflicha urganib quyganlar. Ushandan foydalansak, uzimizga oson buladi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари