Home / Jamiyat / Namanganlik tadqiqotchilar Kosonsoydagi kanalda mikroGES urnatdi

Namanganlik tadqiqotchilar Kosonsoydagi kanalda mikroGES urnatdi

kanalKosonsoy tumanining «Navbahor» mahallasidagi oqova suv kanaliga yoritish tizimi va maishiy tekhnika vositalarini ishlatish uchun muljallangan mikroGESning tajriba nuskhasi urnatildi. Bu haqda «Khalq suzi» khabar bermoqda.

Agregat sinovdan muvaffaqiyatli utdi. Tadqiqotchilar qurilmani yasashda asosan mahalliy materiallardan foydalandi, faqat generator chetdan olib kelindi. Sekin oquvchi suv manbasida ishlaydigan charkhpalakli qurilma chiqarayotgan elektr toki yordamida aholi khonadonlari, fermer khujaligi va tadbirkorlik subektlarini bemalol taminlasa buladi.

— Qurilma bahosi uncha qimmat emas, — deydi Namangan muhandislik tekhnologiya instituti uqituvchisi, «Elektr energiyasining sifat kursatkichlari yuqori bulgan quvvati 10-15 kilovattli mikroGES qurilmasini yaratish va amaliyotga joriy etish» loyihasi menejeri Zulfiya Mamadalieva. — Uni yasash va urnatish kharajatlari bilan qushib hisoblaganda 25-30 million sumdan oshmaydi. Ikki yilda uzini qoplaydi, un yil davomida ishlatish kafoloti bor. Yangiligimizga kupchilik qiziqish bildiryapti. Khususan, bir qator tadbirkorlik subektlari muqobil energiya vositasi tayyorlash uchun buyurtma bergan.

Zulfiya Mamadalieva yaqinda Toshkent shahrida utkazilgan «Uzbekiston ayollarining 100 ta eng yakhshi innovasion loyihasi» respublika tanlovida ishtirok etib, «Eng samarali innovasion loyiha» nominasiyasi buyicha goliblikni qulga kiritdi. «Namangan viloyatida muqobil energiya tekhnologiyalarining uquv va ishlab chiqarish markazini yaratish» mavzuidagi ushbu loyihada aholi va tadbirkorlik subektlarining kundalik faoliyatida muqobil energiya manbaalarini joriy qilish va kunikmalarini urgatish, yangilik ikhlosmandlariga amaliy kumak berish vazifalari kuzda tutilgan.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари