Namanganda chuqurlashtirilgan tibbiy kuriklar boshlandi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi akhborot khizmati malum qildi.

namanganFoto: Viloyat sogliqni saqlash boshqarmasi akhborot khizmati

Endilikda tibbiy kuriklar shunchaki, nomiga emas, chuqurlashtirilgan tartibda, uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda. Unga yangi yilning dastlabki haftasidan barcha shahar va tumanlarda izchil kirishildi. Aholi faol ishtirokini taminlashda hokimliklar, khotin-qizlar qumitasi, «Mahalla» khayriya jamoat fondi vakillari tibbiyot khodimlari bilan hamkorlik qilmoqda. Mazkur tadbirga viloyatning eng tajribali va malakali shifokorlaridan tarkib topgan brigadalar safarbar etilgan.

Chuqurlashtirilgan tibbiy kuriklar bosqichma bosqich olib boriladi. Birinchi bulib viloyatdagi tugish yoshidagi ayollar salomatligi 9 ta tor soha mutakhassislari ishtirokida kurib chiqiladi. Kasallik aniqlanganlari zudlik bilan soglomlashtirish tadbirlariga jalb qilinadi. Shu maqsadda viloyatda fertil yoshdagi ayollarning malumotlar bazasi yaratildi.

Tibbiy jarayonga Namangan shahrida ham pukhta tayyorgarlik kurildi. 102 ta mahallada yashovchi tugish yoshidagi ayollar tuliq ruykhatga olindi. 154 ming nafardan ziyod ayol chuqurlashtirilgan tibbiy kurikka chaqiriladi. Ularga bir oydan kuproq vaqt mobaynida 13 ta tibbiy kurik brigadalari khizmat kursatadi.

Viloyatda chuqurlashtirilgan tibbiy kurikning dastlabki bosqichida onalar va bolalar salomatligi tekshiruvdan utkazilayotgan bulsa, keyinchalik maktab va kollej uquvchilari, talabalar, aholining barcha qatlamlari qamrab olinadi.