Home / Iqtisodiyot / Mutakhassis koronavirusga chalinganda antibiotik qabul qilish masalasida izoh berdi
Место рекламы

Mutakhassis koronavirusga chalinganda antibiotik qabul qilish masalasida izoh berdi

Grippda ham, koronavirusda ham kasallik chaqiruvchisi virusdir. Bu ikki kasallikda khastalikning boshlanishidan antibiotiklarni qabul qilish ikki kasallikning ham asoratlanishini keltirib chiqaradi.

Sogliqni saqlash vazirligi matbuot khizmati Koronavirusga qarshi kurashish shtabi azosi, tibbiyot fanlari nomzodi Sevara Ubaydullaeva bilan uyushtirilgan intervyuni taqdim etdi. Unda koronavirusning grippdan farqi, antibiotiklarni qabul qilishning meyor va tartiblari hamda mavzuga oid boshqa savollarga javoblar berilgan.

– Koronavirus bilan grippni qanday farqlash mumkin?

– Koronavirus va grippning bir-biridan ajratuvchi bir necha belgisi mavjud. Jumladan, kasallangan bemor bilan muloqotda bulsangiz, grippning yashirin davri 5-7 kun, koronavirusning yashirin davri esa 2-14 kun.

Ikki kasallik ham tumov, kuz yoshlanishi, burun oqishi, aksa urish, tana harorati kutarilishi bilan kechadi.

Lekin gripp kasalligida:

  • umumiy belgilar 1-3 kungacha buladi. Engil darajasida tana haroratining 38 darajadan yuqori bulishi bir marta kuzatiladi, uchinchi kundan boshlab bemorning ahvoli yakhshilanishni boshlaydi;
  • grippning ogir kechishida, agarda kasallik bronkhlar va upkalarni jarohatlagan bulsa, unda gripp oqibatida kuzatiladigan tana harorati 5 kundan ortiq vaqt davomida 38 darajadan yuqoriligicha qolishi mumkin, undan kup muddat kuzatilmaydi. Grippda yutal dastlabki 3-4 kunda quruq, sung esa balgamli buladi va davolashda asosiy maqsad balgamni parchalash yoki kuchirishga kumaklashishdir;
  • gripp kasalligidagi pnevmoniyada upkaning yalliglanishi kasallikning reabilitasiya jarayonida qayta tiklanishi mumkin. Gripp faqat yuqori va pastki nafas yullarini zararlaydi. Bu kasallikda asab tizimi jarohatlanishi kuzatilmaydi.

Koronavirus kasalligida esa:

  • umumiy belgilar 1-3 kun davomida kuzatiladi, kasallikning engil shaklida tana harorati bir marta 38 darajagacha kutariladi. Sungra barqaror 37 darajada buladi. Davolash tugri olib borilsa, bemorning ahvoli kasallikning 5-7 kunlarida yakhshilanadi;
  • kasallikning ogir shaklida esa, 8-kundan boshlab tana harorati 39-40 darajagacha kutariladi. Umumiy holsizlik kuchayadi, quruq yutal zurayadi, nafas etishmovchiligi, yani hansirash ham kuchayadi;
  • koronavirusda yutal balgamsiz buladi va u kasallikning kechishiga bogliq holda 2-3 haftadan 1,5 oygacha kuzatilishi mumkin;
  • koronavirusdagi yutalni davolashda kuproq nafas mashqlarini utkazib, alveolalar faoliyatini tuliq taminlash bilan organizmning tuqima va hujayralariga kislorod taminotini tiklashga qaratilgan buladi;
  • koronavirus kasalligining ogir va uta ogir shaklida upkalar interstisiyasi, alveolalarining fibroz tuqima bilan qoplanishi oylar davomida tiklanishi yoki malum qismi umuman tiklanmasligi ham mumkin;
  • koronavirus kasalligida inson organizmining bir necha azolari (nafas azolari, oshqozon ichak tizimi azolari, yurak qon-tomir tizimi azolari, buyrak tizimi, endokrin bezlar tizimi, markaziy va periferik asab tizimi kasalliklari jarohatlanadi. Ayniqsa, asab tizimi va ruhiyat zararlanishi kuzatiladi.

– Koronavirus yoki grippga chalinganda tezroq tuzalish maqsadida antibiotiklarni uz bilganicha qabul qilish tugrimi?

– Notugri. Grippda ham, koronavirusda ham kasallik chaqiruvchisi virusdir. Bu ikki kasallikda khastalikning boshlanishidan antibiotiklarni qabul qilish ikki kasallikning ham asoratlanishini keltirib chiqaradi.

Antibiotiklar hech qachon viruslarga tasir qilmagan, ularning tasirida organizm uchun kerakli bulgan mikroorganizmlar halok buladi. Qonda kerakli mikroelementlar parchalanishi va organizmdan chiqib ketishi kuchayadi. Bu esa, uz navbatida, inson organizmida immuntanqis holatni keltirib chiqaradi va organizmga qushimcha boshqa infeksiyalar qushilgan holda boshqa yuqumli kasalliklar rivojlanishini keltirib chiqaradi.

– Antibiotiklarni qabul qilishning meyor va tartiblari bormi?

– Albatta, antibiotiklar tartib bilan uz urnida qullanishi kerak. Antibiotiklarni tavsiya qilish uchun, inson organizmining suyuqliklaridan bakteriologik ekmaga topshiriladi. Uning natijasida usib chiqadigan infeksiyaga qarshi tasir etuvchi antibiotik turi belgilanganiga qarab antibiotiklarning aniq birini tavsiya qilish maqsadga muvofiqdir.

Tugri, bakteriologik ekmalar javobining chiqishi 4-5 kunni tashkil qiladi. Ushbu davrga qadar, Sogliqni saqlash vazirligining har bir kasallikda emperik holatda birinchi 3-5 kunga tavsiya etiladigan antibiotiklar ruykhati mavjud. Ularni birlamchi tavsiya etgan holda, keyin esa, aynan bakteriologik ekma javobiga asosan maqsadli antibiotiklar tavsiya qilinishi – infeksiyaga tugridan tugri davo chorasi hisoblanadi.

Shu urinda gripp yoki koronavirus kasalliklarida qachondan boshlab antibiotiklarni qabul qilish kerak, degan savol tugilishi tabiiy. Agarda kasallikning utkir davri 5-7 kun utganidan sung, yana qayta isitma kutarilsa, unda qonda leykositoz, s-reaktiv oqsilning yuqoriligi kuzatilsa va bakteriologik ekmada bakteriyalar usib chiqsa, shu vaqtda antibiotiklarni tavsiya etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

bg30G2S6HMwKdwhwse-o83lcQtTGnJ5G

Tibbiyot sohasi boshqaruvidagi khodimlarga ustamalar tulanadi, hokimlarga yangi vakolat berildi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2 oktyabr kuni «Sogliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари