Home / Madaniyat / Musibat etgan khonadon ahliga taziya bildirish va bazi marosim odoblari

Musibat etgan khonadon ahliga taziya bildirish va bazi marosim odoblari

musibatبِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

الحمد لله و الصلاة والسلام على رسول الله اما بعد

Malumki, har bir musulmon bandaning ikkinchi musulmon birodariga nisbatan malum haq-huquqlari bor. Chunonchi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir hadisi shariflarida marhamat qiladilar:

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ — رضي الله عنه — قَالَ رَسُولُ اَللَّهِ — صلى الله عليه وسلم — حَقُّ اَلْمُسْلِمِ عَلَى اَلْمُسْلِمِ سِتٌّ: إِذَا لَقِيتَهُ فَسَلِّمْ عَلَيْهِ ، وَإِذَا دَعَاكَ فَأَجِبْهُ ، وَإِذَا اِسْتَنْصَحَكَ فَانْصَحْهُ ، وَإِذَا عَطَسَ فَحَمِدَ اَللَّهَ فَشَمِّتْهُ وَإِذَا مَرِضَ فَعُدْهُ ، وَإِذَا مَاتَ فَاتْبَعْهُ . رَوَاهُ مُسْلِمٌ .

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonning musulmon zimmasida oltita haqqi bor: Qachon unga yuliqsang, salom ber; qachon seni (mehmonga) chaqirsa, unga ijobat qil; qachon sendan maslahat surasa, unga maslahat ber; qachon aksirib, Allohga hamd aytsa, unga tashmit* ayt; qachon betob bulib qolsa, uni ziyorat qil va qachon vafot etsa, uning (janozasiga) ergash», dedilar».  Muslim rivoyat qilgan.

Demak, musulmonning tanishlaridan birortasi vafot etsa, uning janozasiga hozir bulish mazkur huquqlardan biridir. Sungra mayyitning qarindoshlariga taziya bildirib, Allohning hukmiga rozi bulish, musibatga sabr qilishlari haqida nasihatlar aytish va marhumning haqqiga rahmat va magfirat surab, duoi khayr qilish taziyaning odoblaridandir.

Dafn kunidan boshlab uzogi bilan uch kunga qadar aza (motam) tutishga shariatimiz rukhsat beradi. U kunlari janozaga kela olmaganlar musibat etgan khonadonga yoki taziya marosimlari uchun ajratilgan joylarga kelib, mayyitning yaqin qarindoshlariga taziya bildirib ketishlari mumkin.

Mashhur fatvo kitoblaridan «Al fatvo al Olamgiriya»da (1671 bet) yana shu kabi iboralar yozilgandir: «Shu uch kun ichida mayyit chiqqan khonadonda ovqat qilinmaydi. Taziya bildirishga kelgan odamlarga dasturkhon solinmaydi, ziyofat berilmaydi. Musibat etgan khonadon ahli qayguli bir holatda turganda ular uchun mehmonlarga qarash, ularga osh-non tortish musibat ustiga musibatdir».

Hazrati Ali roziyallohu anhuning birodari Jafar ibn Abu Tolib «Muta» jangida shahid bulganidan ahli ayollari nihoyatda kuyunib aza tutishgan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam atrofdagilarga qarab:

اصْنَعُوا لآلِ جَعْفَرٍ طَعَاماً فَإِنَّهُ قَدْ أَتَاهُمْ مَا يَشْغَلُهُمْ.

«Jafar oilasiga taom tayyorlab beringlar, chunki ularga mashgul qilib quyadigan narsa (yani musibat) etdi», deb marhamat qilganlar.

Bizlarning yakhshi odatlarimizdan biri shuki, musibat etgan khonadonning qushnilari isrofgarchilikka yul quymagan holda darhol ovqat qilib chaqirishadi. Bu Islom sunnatlariga muvofiq odatdir. Ovqatlar musibat etgan khonadon ahli va uzoqdan kelgan mehmonlar uchun chiqariladi. Zarur bulganda khonadon ahli uzlari uchun ovqat tayyorlashlari ham mumkin.

Musibatkhona odoblaridan yana biri shuki, u erda ovozni baland qilib gaplashish, hazillashish va kulish yakhshi emas. Zero, aza bor joyda bu kabi ishlar ham diniy, ham insoniylik jihatidan nomaqbuldir. Shuningdek, musibat egalaridan hol-ahvol suralganda kulish joiz emas, balki musibat  Allohning irodasi ekani va unga sabr qilish lozimligi haqida nasihatlar qilinadi.

Taziyani har qanday tasalli berguvchi lafz bilan bildirsa buladi. Lekin bazi ulamolarni aytishicha, eng yakhshi taziya lafzi «Alloh vafot qilganlarni magfirat qilib, uz rahmatiga olgan bulsin va sizga sabr-bardosh bersin», deyishdir. Bundan boshqacha har kim uzi bilgan lafzi bilan kungil kutarsa ham buladi. Taziya aytishdan asosiy maqsad, musibat etganlarning qaygularini biroz bulsa ham, engillashtirishdir.

Hozirgi vaqtda kup tarqalgan khurofiy odatlardan biri shuki, payshanbalik, yakshanbalik deb khudoyilar qilish va yigirmalik, qirqlik nomi bilan katta-katta qozonlarda osh damlab, kup mahallalardan odam chaqirib, katta marosimlar utkazishdir. Bu ishlar shariatimiz buyurmagan odatlardan ekani fiqh va fatvo kitoblaridan malumdir. Bu haqda asrimiz ulamolaridan Shahobiddin al Marjoniy «Al Barqul vamiyz» degan kitoblarida: «Khalqimiz ichida tarqalgan kup khudoyilar noshariy sadaqalardandir, undan na mayyitga va na khonadon sohibiga savob bor», deb sharhlaganlar.

Bazi bir musulmon farzandlari hozirgi davrda Islom talimotlarini va shariat ahkomlarini tugri tushunmaganlari tufayli bu marosimlarni farz hukmi urnida kurib, unga shunday katta etibor bilan qaraydilarki, guyo butun musulmonchilik shundan iboratdir.

Musulmonlar yakhshi bilishlari kerakki, khayr-ehsonlar qilish mustahab amaldir. Uni shariat talimotiga muvofiq holda utkazish esa shartdir. Aks holda ajru savobdan mahrum bulinadi. Ammo nafaqai ahlu ayol farz amallardan hisoblanadi. Shuning uchun tuy qilaman deb bola-chaqaning rizqini qiyish ayni khatodir.

Bordiyu mahalla oshini eganman, mahallaga osh bermaslikka nomus qilaman, deb boshqalardan qarz olib yoki olmasdan ham khudoyi qiladigan bulsa, bu ayni gunohning uzidir. Hozirgi vaqtda musibatkhonada bir emas, bir necha martalab khudoyi qilinmoqda. Bu marosimlar bazi bir oilalar uchun, khususan, hozirgi paytda yana ham ogirroq kechayotgani hammaga ayon.

Binobarin, Alloh taolodan tavfiq suragan holda quyidagi fatvoni yozib, musulmon aholimizga taqdim etishni lozim topdik:

1. Musibatkhonalarda payshanbalik va yakshanbalik nomi bilan qilinayotgan khudoyi marosimlari hech bir diniy kitoblarimizda buyurilmagan.

2. Musibat etgan khonadonda muayyan kunga boglamasdan hamda oila iqtisodiga zarar etkazmaydigan holatda biror marta khudoyi qilib utkazilsa kifoya qilur. Uni ham ilmiy majlis tarzida utkazilib, tilovati Quron, hadisi shariflar asosida fayzli mavizalar qilinsa,marosimda hozir bulganlarga ruhiy gizo bulur.

3. Shuningdek, musulmon farzandlarimizning aqdi nikohi tuylari va aqiqa kabi marosimlarini nihoyatda iqtisod va tejamkorlik bilan utkazish shariatimiz ruhiga juda muvofiqdir.

4. Ramazon va Qurbon hayiti kunlari bayram bulgani uchun bu kunlarni azaga aylantirmasdan uziga munosib holda bayram qilib utkazish lozim. Marhumlarni eslash va ruhlariga duoyi khayr qilish joiz. Lekin bu hayit bayramiga tasir kursatmasligi darkor.

5. Barcha diniy va milliy marosimlar tejamkorlik bilan hech qanday isrofgarchiliksiz utkazilsin. Zero, Alloh taolo Quroni Karimda:

إِنَّ الْمُبَذِّرِينَ كَانُوا إِخْوَانَ الشَّيَاطِينِ…

«Isrofgarlar shaytonning birodarlaridir», deb ogohlantirgan (Isro,27).

6. Har qanday munosabat bilan utkaziladigan marosimlarda ozodalikka, tibbiy qonun-qoidalarga rioya qilinsin. Shunda «Pokizalik iymon belgisidir», degan hadisi sharifga muvofiq ish bulur.

Bizning Islom shariatimiz musulmonlarga hargiz ogirlikni ravo kurmaydi. Chunki Quroni Karimda aytilganki:

…وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِي الدِّينِ مِنْ حَرَجٍ…

«Dinda sizlarga biror haraj (qiyinchilik) qilmadi». (Haj, 78).

Yana:

لَا يُكَلِّفُ اللَّهُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا…

«Alloh hech bir nafsga qulidan kelmaydigan ishlarni buyurmaydi» (Baqara, 286) kabi Alloh taoloning suzlari musulmonlarning marosimlarni qiynalmay utkazishlari va bemalol ibodat qilishlari uchun aytilgan ilohiy qonundir.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- :« اذْكُرُوا مَحَاسِنَ مَوْتَاكُمْ وَكُفُّوا عَنْ مَسَاوِئِهِمْ ».

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dunyodan utganlarning yakhshi sifatlarini eslanglar, ularning yomon sifatlarini aytishdan saqlaninglar», deganlar.

Ushbu muborak hadislarning manosidan ham ayon bulib turibdiki, vafot etgan odamni eslash uchun hamma emas, balki faqat uni tanigan: quni-qushnilar, yoru birodarlar va khesh-aqrobalar yigilib, duoyi fotiha qilib, yod olishsa, kifoyadir.

Yuqorida aytganlarimiz shariatimiz kursatmalaridan bulib, unga amal qilmoq har bir musulmon uchun ham dunyoviy, ham ukhroviy manfaat hosil etilishiga sabab bulur. Ammo bunday noshariy va behuda ishlarga berilib ketish Islom ahkomlariga itoat etmaslik va Allohga nisbatan nofarmonlikka olib borur.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари