Home / Madaniyat / Muborak kunlarni ganimat biling!
Место рекламы

Muborak kunlarni ganimat biling!

 muborakBizlarni bir tomchi suvdan yaratib, qalbimizga iymon nematini ato qilgan Qudrati, Rahmati, Fazilati cheksiz bulgan Hakiym Zot Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bulsin!

Bizlarga Hidoyatni bekamu kust etkazgan, Olamlarga rahmat qilib yuborilgan habibimiz Muhammad mustafoga salovotu salomlar bulsin!

Kunlar, haftalar, oylar utib, yana bir bor zimmamizdagi Islomning besh arkonlaridan biri bulgan ruza amalini bajarish uchun fursat bulgan, Allohning rahmati, magfirati yogiladigan muborak Ramazon oyi qarshisida turibmiz.

Ha, yaqindagina Ramazon oyi bilan vidolashgandik, u esa yana bir zumda bizlarni soginch bilan qarshi olmoqda.

Diniy adabiyotlarimizda Qiyomatning kichik alomatlaridan biri sifatida vaqtdan baraka kutarilishi, jumladan, bir yil bir oyga, bir oy bir haftaga, bir hafta bir kunga teng bulishi haqida yozilgan.

Darhaqiqat, huddi kechagina Juma namozini uqigandek bugun navbatdagi Juma namoziga taraddudlanmoqdamiz. Huddi yaqindagina Rajab oyi kirib kelayotgani va bu oyning fazilatlari haqida suzlashib turgandek edik, bir zumda Shabon oyiga ham etib keldik.

Bir tarafdan, yillar utgani sari bir Ramazondan keyingisigacha etib kelishimiz tezlashyapti. Ikkinchi tarafdan esa utgan yilgi Ramazonni biz bilan birga utkazgan bazi yaqinlarimiz, birodarlarimiz, qavmi-qarindoshlarimizga bu yilgi Ramazonni qarshi olish nasib etmadi.

Allohning qazoi qadari etib, ular bu foniy dunyodan okhirat safariga yul olishdi. Mulohaza qilib kursak, ular orasida kimdir umrini Allohning toatida utkazdi, vaqtni ganimat bilib farz amallarini tukis ado qilishga, jumladan, Ramazon ruzasini tuliq tutishga harakat qildi va erishdi. Kimdir uziga turli bahonalarni topib, «Alloh nasib etsa, kelasi Ramazondan boshlab ruza tutaman», deb niyat qildi-yu, bu niyatiga etishmadi.

Darvoqe, bu yilgi Ramazon oyi biz uchun utgan yildagilardan uzgacha utishi aniq. Khususan, endi biz millatimizning iftikhori, zamonamizning ulug allomalaridan biri bulgan Shaykh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning «Ramazon tuhfalari»dan bahramand bula olmaymiz.

Shunday ekan, kelayotgan Ramazon oyi bizlar uchun bir fursatki, uni ganimat bilib, bu oyni Alloh buyurgan farz ruzasini ado qilish bilan birga, kechalarini Uning toatida qoim utkazish – najot istagan biz, bandalarga ulug nemat, bakht va imkoniyatdir.

Modomiki, ruza tutishga qodir ekanmiz, uning qadriga etaylik. Atrofimizda ruza tutishga intilgan, ammo khastaligi, qariligi va boshqa sabablar tufayli unga erisha olmayotgan mumin va muminalardan ibrat olaylik.

Ulamolarimiz namozimizni benuqson ado qilish uchun, uni khuddi umrimizda sunggi marotaba uqiyotganimizdek qoim qilishni tavsiya qilganlar.

Mazkur tavsiyaga rioya ularoq, biz ham kelayotgan Ramazon oyida qilinajak yakhshi amallarimizni guyo bularni hayotimizdagi sunggi Ramazonda bajarayotgandek, barcha ahkomlari bilan tuliq ado etishga intilaylik. Chunki bu dunyodagi rizqimiz bitib, balki biz ham keyingi Ramazongacha etib bormasmiz.

Ushbu satrlarni yozarkanman, kunglimdan khastaligi tufayli utgan yilgi Ramazon ruzasini tuta olmagan bir muminaning quyidagi gaplari utdi: «Mana Ramazon ham keldi. Umrimda birinchi marta ruza tutmasligim. Homilador paytimdayam tutmaganidim, lekin u boshqa edi. Borgan sari ruza tutishga ishtiyoqim oshib ketyapti. Shu paytgacha shunchalik qadriga etmagan ekanman Ramazonni. Bilmadim, menga yana Ramazonni kurish nasib qilarmikin…». Unga yana Ramazonni kurish nasib etmadi.

Yaa Zal jalali val ikrom! Ramazon oyini bizlarga muborak qilgin! Sening roziligingni istab, bu muborak oyda kunduzlari soim, kechalari toatingda qoim turishga bizlarga kuch-quvvat ato et! Ibodatlarimizni Uz fazling va karaming ila qabul et! Gunohlarimizni magfirat qil, ustimizga sakinani yogdirgin! Bizlardan iymonda utganlarni Uz rahmatingga olib, ularni magfirat qil! Ularni ham, bizlarni ham ofiyatda qilgin! Bizlarni najot topganlardan qil! Omin!

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Ramazon hayiti 5 iyun 2019 kuni nishonlanadi

Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 may kuni Ramazon hayitini nishonlash tugrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари