Home / Iqtisodiyot / Moliya vazirligi: 300 mlrd sum miqdoridagi qisqa muddatli davlat qimmatli qogozlari joylashtirildi
Место рекламы

Moliya vazirligi: 300 mlrd sum miqdoridagi qisqa muddatli davlat qimmatli qogozlari joylashtirildi

2019 yil 19 iyulda Uzbekiston respublika valyuta birjasida 160 kunlik davlat qimmatli qogozlarini joylashtirish buyicha navbatdagi elektron savdolar utkazildi. Bu haqda Moliya vazirligi khabar bermoqda.

Auksion savdolarida umumiy nominal qiymati 300 mlrd. sum bulgan davlat qimmatli qogozlari birlamchi moliya bozorlarida joylashtirilib, ularni sotib olish uchun 435 mlrd. sum hajmdagi buyurtmalar kelib tushdi.

Utkazilgan auksion natijasiga kura qisqa muddatli davlat qimmatli qogozlari buyicha urtacha tortilgan daromadlilik yillik 14,89 foizni tashkil etdi.

tmyqcnj4gsxge0tj2ffsawpvftx04usd

Qayd etilishicha, auksionda dilerlar tomonidan berilgan buyurtmalar hajmi savdoga quyilgan qisqa muddatli davlat qimmatli qogozlarining umumiy qiymatidan (300 mlrd. sum) salkam bir yarim barobar ortiq ekanligi mazkur moliyaviy instrumentlarga bulgan talabning yuqori darajada saqlanayotganini kursatadi.

Shu bilan birga, qisqa muddatli davlat qimmatli qogozlari daromadliligining yillik 14,89 foizgacha oshishi asosan, joriy oyda 700 mlrd. sum hajmda davlat qimmatli qogozlarining chiqarilishi, shuningdek, pul-kredit siyosatining qatiylashtirilishi natijasida bank tizimidagi likvidlikning sezilarli darajada kamayganligi bilan izohlanadi.

Kelgusida davlat qimmatli qogozlarini chiqarish buyicha Moliya vazirligining qarorlari davlat qarzini diversifikasiyalash va uni samarali boshqarish hamda mahalliy moliya bozorlarini rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqib qabul qilinadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

wA8cbMHeapVgqFbqk-Rq1uFUv8YDGIEm

Toshkentdan bir necha shaharga aviaqatnovlar va yulovchi poezdlari harakati tiklanmoqda

Uzbekistonda 18 may kunidan hududlararo transport harakatiga rukhsat beriladi. Respublika makhsus komissiyasi qaroriga kura, shu yilning …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари