Home / Media / Mirziëev tavalludi: TVda “Janob prezident”¸ tarmoqda “Podshohi olam”
Место рекламы

Mirziëev tavalludi: TVda “Janob prezident”¸ tarmoqda “Podshohi olam”

Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 iyul kuni 61 yoshga tulgani munosabati bilan Prezident Devoni matbuot va tele-radio muharrirlariga efirlarda maqtovli dasturlar berilmaslikka buyurgan.

mirziyoev

MTRK muharrirlaridan biriga kura¸ 24 iyul kuni Uzbekiston 24 kanalida prezident Mirziëev bilan jonli intervyudan boshqa ayni mavzuda boshqa dastur bermaslik haqida ogzaki buyruq bulgan.

Ijtimoiy tarmoqning uzbek segmentida esa prezidentga qatalgan maqtovli bitiklar urchidi.

Taniqli shoir Murod Rahim uzining Facebook dagi sahifasida prezident Mirziëevni “Quëshdek buyuk yurt podshohi” deya alqadi.

“Ajab sirlar”¸ “Nilufar”¸ “Sadoqat” kabi mashkhur qushiqlar muallifi bulgan 71 yashar shoir Ozodlik bilan suhbatda “Yurt otasi qilgan hizmatlari etirofi sifatida” bu sher ëzilganini aytdi:

– Odatda men sevgi haqida ëzaman. Lekin Shavkat Miromonovich olib boraëtgan ezgu ishlarni kurib turib etirof qilishni uzimga farz deb bildim. Birinchi sherni utkan yili mukhtaram prezidentimiz 60 ëshga kirganida ëzdim. Utkan yili Andijonning Shayttepa mahallasida 100 yoshga kirgan Bilol bobo mendan iltimos qilib, podshohimiz haqida maqtov ëzishga undadi. Otakhonning rahmatini qogozga tushirgandim. Shuni muhrataram Ozodlik mukhlislariga uqib bersam¸ – deya shoir uz sherini ifodali uqib berdi.

Sherda shu paytgacha olam “Bunday dono podshoh kurmagani”¸ uning bosgan izi “jannatga aylangani” va Mirziëev dahosiga Evropa ham lol qolgani vasf qilinadi:

Evropa ham lol buldi, hayron-jim

Bu ishlar olam, shohlarga urnak.

Turli ulponu, yulish alvido, ohim

Mansabdor ham otdan tushdi, egik.

Yurakka quyosh ham tushdi-ku bugun

Bunday shoh dunyoga keladi bir bor,

Eliga, Vatanga mangu fidokor!

Bunday podshoh faqat bizning yurtda bor,

Khalqni bakhtli qilib, yashar bakhtiyor!

Shoir uz madhida prezidentni quësh bilan tenglashtiradi va bu nurdan “ruhiy khastalar ham” bahramand bulganiga etibor qaratadi:

Uysiz uyli buldi, ersiz er oldi,

Ishsiz ishga kirdi, gamlar yuqoldi.

Ruhiy khastalar ham nazarda buldi,

Uqish, ish amallar foydaga tuldi.

Bu madhiyaning “alo qabul qilinganidan” ruhlanganini aytgan Murod Rahim prezidentning 61 ëshi uchun makhsus gazal ëzganini ilkis mamnuniyat bilan izhor qildi:

– Men shunday ulug odamga maqtov ëza olganimdan uta khursandman¸ – deydi shoir.

U uz madhiyasida demokratik davlatning saylab quyilgan prezidentini “podshoh” deya ataydi:

Ey, buyuk yurt podshohi, ey dono padar,

Sizga mangu hurmatu ezoz yarashar.

Siz yoshlik chogingizdan bugunga qadar

Eng shirin hayot uchun kurashgan rahbar.

Mamlakatni yashnatgan, gullatgan sarvar!

Ikki prezidentga bir madhiya

Shoir Murod Rahim Uzbekistonniing birinchi prezidenti Islom Karimovning 80 yilligiga bagishlab qasida ëzgan edi.

Mirziëevga atalgan qasida bilan Karimovga atalgan madhiyaning deyarli bir khil ekanligi kuzatiladi.

Tarmoq maqtovga toqatsiz buldi

Murod Rahim uz sherini joylashtirgan Facebookdagi sahifaning aksariyat yuzerlari maddohlikni qoralab chiqqan.

“Madhiyani ham qiyvoripti oma lekin! Oltmish yoshdan keyin guli qoladimi odamni?! Bu yoshda bogimizga khazon oralaydi-ku!” – deb ëzdi Zarif Sulton.

“Prezident kerakmas degani sayin maddohligimiz oshib borayapti. Misoli shakhsga siginish bupti. Shavkat Miromonovichga ham bu shigir yoqmasligi tayin,” deb yozadi Facebook yuzeri Khudoyberdi Nazarov.

“Pathalimlik ham evi bilan bulsin, vopshe yalab surib tashabdiyuyuyu boyaqishsh,” deya ëzgiradi Isoil Abdulloh.

Ilk qadamda tukhtatilgan maqtov marafoni

Murod Rahim Uzbekiston prezidentini “podshoh” deb aytgan ilk ijodkor emas.

2017 yilda uzbek kino artisti va qushiqchisi Dilfuza Ismoilova Uzbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevni uluglab qushiq kuylagan edi.

Shoir Tohir Muhammad tarafidan ëzilgan matnga bastakor Rustam Tulashov kuy bastalagan “Shu guzal yurt sultoni omon bulsin” qushigini kuylagan Dilfuza Ismoilova Ozodlik bilan suhbatda “ushbu qushiq qalb amri¸ vijdon buyrugi bilan” Mirziëev prezidentlikka saylangan 2016 yilning dekabrida yaratilganligi aytgandi.

Ammo bu qushiq haqidagi intervyudan bir kun utib Ismoilovaga Uzbekiston madaniyat vazirligi tarafidan chora kurilgan va “Shu guzal yurt sultoni omon bulsin” qushigi “laganbardorlik namunasi” deya taqiqlangan edi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

29076-620x400

Aktrisa Bahora Arslonova turmushga chiqdi

Uzbek kinosining talabgir aktrisalaridan biri hisoblangan Bahora Arslonova turmushga chiqdi. Tuy tantanasi Samarqand shahrida bulib utdi. Bu …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари