Home / Jahon / Millionlar nolasi: Afgon urushi qanday boshlanib qanday tugagan?
Место рекламы

Millionlar nolasi: Afgon urushi qanday boshlanib qanday tugagan?

Afgoniston. Bu suz bugun jahon afkor ommasi uchun «notinchlik», «jang-u jadal» suzlari bilan sinonim tarzda qullanadi. Biroq bir paytlar bu yurt ham tinch rivojlanish jarayonida bulgan. Odamlar ertalab khotirjam uygongan, notinchlik va urushni khayoliga keltirmasdan yashagan. Ammo, utgan asrning 70-yillariga kelib vaziyat uzgardi…

Usha paytda Afgonistonda Muhammad Zohirshoh podshoh edi.


Afgoniston podshohi Muhammad Zohirshoh. Foto: Getty Images / Fotobank

1973 yilda Zohirshoh Italiyaga rasmiy tashrif bilan ketganidan foydalanib, uning yaqin qarindoshi, Afgoniston bosh vaziri Muhammad Dovud davlat tuntarishini amalga oshiradi va Afgonistonda hokimiyatni uz quliga oladi. Zohirshoh esa Italiyada qoladi.

Muhammad Dovudning hukmronligi besh yil davom etadi. 1978 yil 27 aprelda Afgonistonda yana notinchlik boshlanadi — uzlarini Afgoniston Khalq Demokratik partiyasi azolari deb atagan guruh Muhammad Dovudga qarshi isyon boshlaydi. Bu isyon «Savr inqilobi» nomi bilan tarikhga kiradi.

Isyonchilar prezident saroyini urab olib, Muhammad Dovudga taslim bulish talabini quyadi. U kunmaydi. Urtada otishma boshlandi. Natijada, Muhammad Dovud, uning oila azolari bulgan yigirmaga yaqin kishi, jumladan, besh nafar farzandi va akasi Muhammad Naim halok bulishadi.


Muhammad Dovud. Foto: MilitaryArms.ru

Isyonchilar hokimiyatni egallashadi. Ularga Nurmuhammad Tarakiy va Hafizulloh Amin boshchilik qilishadi.

Muhammad Dovuddan hokimiyatni tortib olgan AKhDP Afgoniston Demokratik Respublikasi tuzilganini va mamlakat sosializm yulidan ketishini elon qiladi. Mamlakat rahbari Muhammad Tarakiy, inqilobiy kengash raisi Hafizulloh Amin buladi.


Nurmuhammad Tarakiy. Foto: TASS

Ushanda Afgonistonda kechayotgan voqealarni dunyoning bir-biriga qarshi bulgan ikki kuchli davlati, AQSh va SSSR diqqat bilan kuzatayotgan va yangi hukumat bilan yaqin munosabat urnatishga urinayotgan edi.

Nurmuhammad Tarakiy SSSR bilan, Hafizulloh Amin esa AQSh bilan yaqin aloqalar urnatish tarafdori edi.

Ammo, mamlakatda Tarakiy va Aminning qarashlariga qushilmaydigan, AQSh va SSSR bilan birday oraliq masofa saqlagan holda munosabat urnatish tarafdorlari bulgan odamlar ham kup edi. Ana ushalar Tarakiy va Amin boshqarayotgan hukumatga qarshi qurol kutarib chiqishadi.

Shu tariqa, mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib ketdi.

SSSRdan yordam surash

1978 yil 8 may kuni Afgoniston hukumati SSSR rahbariyatiga murojat qilib zudlik bilan Afgonistonga partiya, khavfsizlik (KGB), harbiy va khujalik khodimlardan iborat maslahatchilar yuborishni suraydi.

Afgonistonga eng dastlab KGB khodimlari, sung boshqa soha vakillari junatiladi. Keyinchalik oshkor buldiki, ushanda SSSR hukumati  Afgonistonga oshpaz yoki injener sifatida ham asosan KGB khodimlarini junatgan.

1979 yilning bahorida Afgoniston hukumati SSSRdan harbiy yordam suraydi. Ammo SSSR buni rad etadi.

Jumladan, 1979 yil 19 martda KPSS Markaziy Qumitasi Siyosiy byurosining navbatdan tashqari yigilishida SSSR rahbari Brejnev shunday degandi: «Kun tartibida Afgonistonga harbiy yordam berish masalasi turibdi. Afgon dustlarimiz bizdan harbiy yordam kursatishimizni surashyapti. Biz hozirgi holatda, bu mamlakatga harbiylarimizni kirita olmaymiz. Bu hammamizning zararimizga ishlashi mumkin».


ADR bosh vaziri Nurmuhammad Tarakiy KPSS MK bosh kotibi Leonid Brejnev bilan. 1978 yilning 4 dekabri. Foto: TASS

Ikkinchi tomondan, SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Ustinov buyrugi bilan Afgoniston bilan chegara hududlar, Turkmaniston va Uzbekistonga harbiy havo-desant qushinlari joylashtirila boshlangan.

1979 yil sentyabr oyida Afgoniston hukumati va AKhDP ichidagi kelishmovchiliklar tufayli partiya rahbari Nurmuhammad Tarakiy qamoqqa olinadi va keyinchalik hukumatni qulga olgan Hafizulloh Amin tomonidan qatl etiladi.

Hafizulloh Amin hukumatni qulga olar ekan, SSSR rahbariyati bilan dustona aloqada bulishini bildiradi. 1979 yil sentyabr oyidan dekabr oyigacha Amin SSSR hukumatidan bir necha bor harbiy yordam suragan. Ikkinchi tarafdan, u AQSh bilan hamkorlik qilish haqida yashirincha muzokara utkaza boshlagan.

Bu hol tabiiyki, SSSR hukumatiga yoqmaydi. Moskva Aminni takhtdan agdarish va uning urniga Afgoniston hukumati rahbarligiga Babrak Kormalni tayinlash rejasini tuza boshlaydi.

Afgonistonga qushin kiritilishi

1979 yil dekabr oyida Afgonistonning Bagrom shahriga KGBning «Musulmon bataloni» nomini olgan va asosan Markaziy Osiyo respublikalari va Kavkazdan chaqirilgan khodimlardan iborat bulgan makhsus bulinmasi junatiladi.

1979 yil 10 dekabr kuni SSSR Mudofaa vaziri D.Ustinov Turkiston va Markaziy Osiyo harbiy okruglarini jangovar holatga keltirish haqida buyruq beradi. Shuningdek, 103-Vitebsk harbiy gvardiya havo-desant diviziyasi jangovar trevoga bilan oyoqqa turgiziladi.

Nihoyat, 1979 yil 12 dekabrda SSSR Siyosiy byurosi Afgonistonga qushin kiritish haqida qaror qabul qiladi. 14 dekabrda SSSRning Bagromdagi harbiy bazasini 1979 yil iyul oyidan beri quriqlayotgan 105-gvardiya havo-desant diviziyasining 111-polkiga yordam tariqasida Afgonistonga 345-havo-desant polki kiritiladi.


Afgonistonga sovet qushinlarining kiritilishi

1979 yil 23 dekabr kuni tunda mudofaa vazirligi Afgonistonga qushin kiritishga tayyorligini malum qiladi.

Oradan bir kun utib SSSR Mudofaa vaziri D.Ustinov «Dust afgon khalqiga yordam berish maqsadida mamlakat janubidagi Sovet harbiylarining bir qismini qushni davlat hududiga kiritishga qaror qilindi», deb yozilgan direktivani imzoladi.

1979 yil 25 dekabrda Turkiston harbiy okrugidagi 40-umumqushin armiyasi Afgonistonga kiritish uchun jangovar tayyor holga keltirildi. Usha kuni tushdan sung Afgonistonga kirish uchun buyruq beriladi va SSSR harbiy bulinmalari quruqlik va havo orqali Afgoniston hududiga bostirib kiradi.

Harakatdagi armiyaga yordam berish uchun 27 dekabr kuni Uzbekiston, Turkmaniston, Tojikistondan umumiy hisobda 32 ming zakhiradagi harbiy khizmatchilar chaqirilib harbiy harakatlarga tayyorlanadi. Aholi vakillaridan va turli tashkilotlardan 9 mingta «UAZ» avtomobili harbiy harakatlarda foydalanish uchun olib quyiladi.

1979 yil 25-27 dekabr kunlarida Afgonistonga yana  quplab harbiy bulinmalar olib kirildi.

Aminning uldirilishi yokhud salla uragan KGB khodimlari

1979 yil 16 dekabrda Aminga suiqasd uyushtiriladi. U tirik qoladi. Babrak Kormal zudlik bilan Moskvaga chaqirib olinadi.


Brejnev va AKhDP bosh kotibi Babrak Kormal. Foto: TASS

20 dekabr kuni «Musulmon bataloni» Bagromdan Kobulga utkazildi. Ushbu batalon Amin yashayotgan saroyni egallashi shart edi. Amin saroyini egallash uchun Moskvadan KGBning yana ikkita makhsus bulinmasi chaqiriladi.

1979 yil 27 dekabr kuni, KGB makhsus bulinmalari va harbiylar yordamida Amin saroyi egallanadi va Aminning uzi uldiriladi.


SSSR tashqi ishlar vaziri A.Gromiko va Afgoniston tashqi ishlar vaziri Hafizulloh Amin. 1978 yilning 18 mayi.
Foto: TASS

Usha paytda Amin saroyiga KGB makhsus bulinmasi bostirib kirgani haqida hech qaerda gapirilmagan. Ommaga «Afgon khalqi Amin saroyini zabt etib uzini uldirdi», deya malumot berilgan.

«Pravda» gazetasi esa «Khalq isyon kutarib, Aminning saroyiga bostirib kirdi va Amin va uning tarafdorlarini uldirdi», deb yozib chiqqan. Keyinchalik, SSSR tarqab ketganidan sung, ushanda Amin saroyiga bostirib kirib uni va tarafdorlarini uldirgan «afgon khalqi» afgonlar kiyimini kiyib olgan KGBning makhsus bulinmasi khodimlari bulgani oshkor buldi.

Amin uldirilganidan sung Babrak Kormal Bagromdagi SSSR harbiy bazasidan chiqib, Kobulga keladi va uni Afgoniston rahbari deb elon qilishadi. U SSSR rahbariyatidan Afgonistonda tinchlik urnatish uchun uz mamlakatiga harbiylarni kiritishni «iltimos qiladi».


Babrak Kormal. Foto: TASS

Bunga javoban sovetlar rahbariyati Afgonistonga qushin kiritish haqida qaror chiqaradi. Ammo, bungacha SSSR harbiylarining katta qismi Afgonistonga kirib bulgan edi.

Shu tariqa Afgonistonda urush boshlandi.

Urushni bir necha oyda tugatmoqchi bulgan Ustinov va Andropov

Afgonistonga harbiylarni kiritishga usha payda SSSR Mudofaa vaziri bulgan D.Ustinov va KGB rahbari Yu.Andropovning hissasi katta bulgan.


SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Ustinov. Foto: TASS

Ular Brejnevni «Afgonistonda bir hovuch dushman bor. Ikki-uch oyda ularni engib, urushni tugatamiz», deya ishontirishgandi.

Ularning maqsadi urush oqibatlarini uylab tashvishlangan Brejnevni ushanda tinchlantirish bulganmi yoki uz kuchlariga haddan oshiq ishonishmi — bu masala mavhumligicha qolib kelmoqda.

Keyinchalik, Brejnevning jiyani Lyubov Brejneva uz esdaliklarida Afgon urushi boshlanganidan biroz vaqt utib togasining har kuni kechki payt Dmitriy Ustinovga qungiroq qilib «Dima, bu urush qachon tugaydi? Sen urush uzoq davom etmaydi, degan eding. Ammo, jin ursin bu urushingni, okhiri kurinmayapti-ku?! Akhir, u erda bolalarimiz halok bulishyapti?!» deb gapirganlari haqida eslab utgan.

Afgonistondagi urushda SSSR harbiylariga qarshi kurashayotgan tomonlarni Garb davlatlari, khususan AQSh har taraflama qullab-quvvatladi. Natijada urush chuzilib ketadi.

D.Ustinov va Yu.Andropovga ishonib, Afgonistonga qushin kiritishga rozi bulgan L.Brejnev 1982 yilda vafot etdi.


SSSR rahbari Leonid Ilich Brejnev. Foto: TASS

«Bir necha oyda bu urushda engib chiqamiz» degan D.Ustinov, hamda avval KGB, sungra SSSR rahbari bulgan Yu.Andropov 1984 yilda vafot etishdi.

Ammo, Afgon urushi tugamadi va millionlab insonlarga ofat olib kelishda davom etaverdi. Hukumat OAV va televidenie orqali «Afgonistondagi janglarda sovet qushinlarining quli ustun kelayotgani, galaba onlari yaqinligi» haqida tinimsiz yolgon malumotlar beraverdi.

Afgon urushi SSSR uchun haqiqiy halokat buldi

Afgon urushi SSSR uchun katta nokhushliklarni olib keldi.

Birinchi navbatda, SSSR bu urush uchun nihoyatda katta mablag sarfladi. Mamlakat rivoji uchun ishlatilishi lozim bulgan mablag havoga sovurildi. Oqibatda mamlakat iqtisodiyotida turgunlik yuzaga keldi.

Shuningdek, bu urushda kuplab harbiylar, shu jumladan, Afgonistonda turli ishlar yuzasidan khizmatda yurgan fuqarolar halok bulishdi.

Brejnev hukmronligi davrida, 1970-yillardan boshlab ancha iliqlashgan SSSR-AQSh munosabatlari eng yomon holatga keldi.

AQSh boshchiligidagi Garb davlatlari, Afgon urushi tufayli SSSRga qarshi iqtisodiy sanksiyalar joriy etdi va SSSRdan neft va gaz sotib olmay quydi. Buning natijasida mamlakat iqtisodiyoti juda katta zarar kura boshladi.

Harbiy khizmatga soglom ketgan bolasining nogiron bulib yoki tobutda jasadi kelishi odamlarga aks tasir kursata boshladi va SSSRning uzida ham bu urushga qarshi norozilik kuchayib boraverdi.

Afgon urushida AQShning roli

SSSRning Afgonistonga qushin kiritishiga AQSh boshliq Garb davlatlari boshdanoq qarshi edi.

Afgonistonda urush boshlanganidan sung AQSh va yana bir qator Garb davlatlari SSSRga qarshi kurashayotgan guruhlarni har tomonlama qullab-quvvatlaydi. Ularga qurol-yaroq, oziq-ovqat, kiyim-kechaklar etkazib beriladi. AQSh tomonidan berilgan yordam miqdori yil sayin oshib boravergan. 1984 yilda 125 million dollar, 1987 yilda 630 million dollar miqdorida yordam berilgan.

Afgon mukholif guruhlarining vakillari usha paytlarda bir necha bor AQShga tashrif buyuradi. AQSh prezidenti Ronald Reygan ularni Oq uyda ham qabul qilgan.


AQSh prezidenti Ronald Reygan Oq uyda afgon mukholifati delegasiyasini qabul qilmoqda. 1983 yil.
Foto: Vikipediya

Afgon urushi AQSh uchun yangi qurollarni sinab kuradigan poligon vazifasini ham bajarib beradi. Bu erda ular turli kimyoviy va boshqa qurollar sinovdan utkazib kuriladi.

Odamni bepusht qiladigan kimyoviy moddalar qushib tayyorlangan piyodaga qarshi minalar va snaryadlar ilk bor Afgon urushida sinab kurilgan. Bu haqda sobiq «afgonchi»lar uz esdaliklarida yozishgan.

Afgonistondan qushinlarni chiqarish

1985 yil 11 mart kuni K.Chernenkoning vafotidan sung SSSR rahbarligi M.Gorbachyovga utdi.


Mikhail Gorbachyov. Foto: TASS

Brejnev va uning vorislaridan farqli ularoq, Gorbachyov vaziyatni munosib baholadi va Afgon urushida galaba qozonib bulmasligini yakhshi anglab etdi. U 1986 yil fevral oyida, KPSSning KhKhVII sezdida Afgonistondan qushinlarni bosqichma-bosqich olib chiqish haqida bayonot berdi.

Oradan yana ikki yil utib, 1988 yil 15 maydan boshlab Afgonistondan qushinlar chiqarila boshlandi. 1989 yil 15 fevralda okhirgi qismlar Termizdagi Hayraton kuprigidan utdi.


Afgonistondan sovet qushinlarining olib chiqilishi. 1989 yil. Termiz, Hayraton kuprigi. Foto: TASS

Dunyoda, tinchlik urnatilishiga qushgan munosib hissasi uchun Gorbachyov 1990 yilda Tinchlik yulidagi khizmatlari uchun khalqaro Nobel mukofotini oladi.

Uzbekiston Afgon urushida

SSSRda Afgon urushidan eng kup jabr chekkan hududlar Markaziy Osiyo respublikalari buldi. Eng kup askar shu hududdagi ittifoqdosh respublikalaridan olindi.

Jumladan, Uzbekistondan 64 500 nafar yigit Afgon urushida ishtirok etgan va ulardan 1522 nafari halok bulgan. 2500 nafardan oshiqroq uzbekistonlik nogiron bulgan.

Albatta, yuqoridagi raqamlar SSSR tarqab ketgunicha berilgan rasmiy malumot hisoblanadi va u ancha kamaytirib kursatilgan bulishi ehtimoli ham yuq emas.

Afgon urushi fojialari va oqibatlari Uzbekistondagi aksariyat oilalariga kirib bordi. Kimningdir bolasi halok buldi, kimningdir bolasi nogiron buldi.

Ushanda Uzbekistonga «200-yuk» temir tobut har kun kelib turgan.

Afgon urushidagi yuqotishlar

Afgonistondagi 10 yillik urushda SSSR harbiylari juda kup yuqotishlarga uchradi. Usha paytda SSSR qurolli kuchlari harbiy tekhnikalari kupligi va qudratliligi bilan maqtanishi mumkin edi.

Ammo, harbiy askarlar sifati haqida bunday deb bulmas edi. Mamlakat armiyasida shartnoma asosida khizmat qilish tizimi yuq va unda asosan «hali gudak suti ogzidan ketmagan» yosh yigitlar khizmat qilardi.

18 yoshda harbiy khizmatga chaqirilgan yigitlar ikki yil khizmat qilib, tajribasi biroz oshganida zakhiraga bushatilar va urniga yana yosh yigitlar olinar edi. Afgon urushida ana shu nunoq tizim pand berdi.

Mutlaqo jangovar tajribasi bulmagan yosh yigitlarning jang maydoniga tashlanishi ularning «tutday tukilishi»ga va janglarda yutqazishiga sabab buladi.

SSSR harbiylariga qarshi jang qilgan afgonlar esa Pokistondagi lagerlarda tayyorgarlik kurgan va bir necha yillik jang tajribasiga ega edi.

Norasmiy malumotlarga kura, Afgon urushida umumiy hisobda 2 million Afgoniston harbiylari va fuqarolari halok bulgan. Ayrim tadqiqotchilar malumotlarida halok bulganlar qariyb 3 million nafar bulgani qayd etilgan, 5 million nafar afgonistonlik esa qochqinga aylangan.

SSSR tomonidan bu urushda jami 820 ming nafar harbiy qatnashgan. 1989 yilda ulardan 14 453 nafari halok bulgani haqida,rasmiy malumot berilgan. SSSRning jami yuqotishi 15 031 nafar bulgan. Ammo, tahlilchilar SSSR harbiylarining Afgon urushidagi yuqotishlari bundan bir necha barobar kup bulganini bildirishadi.

SSSRning harbiy tekhnikalar yuqotilishi haqidagi rasmiy malumotlari ham kamaytirib kursatilgani aytiladi.

SSSR Afgon urushi uchun har yili 800 million dollar mablag ajratgan. Norasmiy malumotlarga kura esa SSSR bu urush uchun har yili 3 milliarddan 8,2 milliard dollargacha mablag sarflagan.

Sovet qushinlari chiqarilganidan sung

SSSR qushinlarining Afgonistonda olib borgan un yillik urushi bu mamlakat uchun ogir asorat qoldirdi. SSSR harbiylari chiqarilganidan keyin ham Afgoniston tinchimadi. Turli guruhlar hokimiyat talashib, fuqarolar urushi boshlanib ketdi.

Afgoniston hanuz notinch bulib qolmoqda. Bu yurtda urush boshlanganiga ayni kunlarda 40 yil buldi.

Bugun barcha — Afgon khalqining uzi ham, unga chegaradosh davlatlar, jahon ahli — Afgonistonda tinchlik urnatilishini khohlayapti. Ammo, hozircha bu khohishlarning amalga oshishi qiyin bulmoqda. Ammo, umid sungani yuq va bu yurtda tinchlik urnatilishiga ishonuvchilar ham kup.

Gayrat YULDOSh tayyorladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

EwIAzeQpPWxWBlZqcZUo0jZCyPymoX3-

Lukashenko prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Inaugurasiya tugrisida rasman elon qilinmagandi

Foto: BELTA Belarusda 9 avgust kuni utkazilgan prezidentlik saylovlarida 80 foizdan kuproq ovoz olgan Aleksandr Lukashenko …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари