Home / Iqtisodiyot / “Milliy tiklanish” partiyasi “Lukoyl”ning tanobini tortib quyishni talab qildi
Место рекламы

“Milliy tiklanish” partiyasi “Lukoyl”ning tanobini tortib quyishni talab qildi

“Kompaniya tomonidan haqorat qilingan shakhs millatining ahamiyati yuq. U qaysi millat vakili bulmasin, uni haqorat qilgan odam qonun oldida javob berishi shart. Milliy manfaatlar birinchi urinda. “Lukoyl” 50 ta bulsa ham u bizni fuqarolarni hurmat qilmas ekan, tanobini tortib quyish kerak”.

Bu bayonot bilan 15 noyabr kuni Khalqaro matbuot markazida bulib utgan “Press-qahva” partiyalar debati ishtirok etgan “Milliy tiklanish” partiyasi vakili chiqish qilgani tugrisida UzA khabar qildi.

“Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” bosh energetigi Ivan Aleksandrovich Shilov Qashqadaryo viloyat, Dehqonobod tuman, Jarquduq gaz tayyorlash majmuasi ishchilarini “quy podasi”, deb haqorat qilgani tugrisida Ozodlik khabar qilgan edi.

Uzbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi 13 noyabr kuni “Lukoyl” mulozimining mahalliy ishchilarini haqorat qilgani yuzasidan tashvish bildirgan edi.

Mazkur holatga UzLiDeP va KhDP partiyalari ham uz munosabatini bildirdi.

UzA akhborot agentligining 14 noyabrda khabar qilishicha, “Lukoyl Uzbekistan Opereyting Kompani” MChJ rahbar khodimining nomaqbul harakatini kompaniyaning ismini aytishni istamagan vakili izohlab, bunday degan:

“Kompaniyamizda yuz bergan ushbu hodisadan khabardormiz. Ayni damda bu ish yuzasidan tegishli tekshiruvlar olib borilmoqda. Tekshiruv natijalari urganilgach, chora kuriladi va bu haqda kompaniyamiz bayonot beradi”.

UzA 15 noyabrdagi khabarida hozirgacha haqorat qilgan shakhs qonuniy javobgarlikka tortilmaganini uz khabarida eslab utdi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

qMoopNvhUcxAZkJ1tZSP0jCfJW14rpPj

Polsha Britaniyadan uzining 100 tonna oltinini qaytardi

Foto: nbp.pl Polsha milliy banki Britaniyadan 1939 yilda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan keyin u erga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари