Home / Jahon / «Milliy tiklanish» Uzbekistonning EOIIga kirishi buyicha pozisiyasini uzgartirdi(mi?)
Место рекламы

«Milliy tiklanish» Uzbekistonning EOIIga kirishi buyicha pozisiyasini uzgartirdi(mi?)

10 oktyabrda Uzbekistonning EOIIga kirishiga qatiy qarshiligini bildirgan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov 10 noyabrda partiya mamlakatning iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga khizmat qiladigan har qanday harakatni qullab-quvvatlashini aytdi.

10 noyabr kuni Toshkentdagi «Zarafshon» konsert zalida siyosiy partiyalar vakillari ishtirokida 4 raundli «Demokratik debat» utkazildi.

Elektron ommaviy akhborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan tashkil qilingan mazkur tok-shou Uzbekistonda siyosiy partiyalar rahbarlari bevosita ishtirok etgan ilk debat hisoblanadi, deb khabar bermoqda Kun.uz mukhbiri.

Tok-shou davomida jurnalistlar partiya rahbarlariga 2017 yilning bahorida Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tomonidan Uzbekistonning tashqi siyosatdagi asosiy pozisiyasi sifatida turli tuzilmalarga, jumladan, Kollektiv khavfsizlik shartnomasi tashkiloti hamda Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkilotlariga kirmasligi malum qilinganini eslatdi.

Biroq, yaqinda Senat raisining birinchi urinbosari Sodiq Safoev «Evrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qushilish imkoniyatlari uch yildan beri urganilayotgani» haqida gapirdi. Shundan kelib chiqilsa, Uzbekiston 2016 yildayoq EOIIga kirish imkoniyatini urganishni boshlaganmidi yoki sunggi vaqtlarda Uzbekistonning tashqi siyosatdagi asosiy pozisiyasi uzgardimi?

Umuman, EOIIga kirish Uzbekistonning tashqi siyosat konsepsiyasiga mos keladimi, mazmunida savol bilan murojaat qilindi.

Shuningdek, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirovga siz bu boradagi pozisiyangizda qatiymisiz, deya qushimcha savol berildi.

«Bugungi kunda Uzbekistonning rivojlanish yunalishida barcha mintaqa va davlatlar bilan hamkorlik qilishi juda muhim. EOII masalasida davlatning 2030 yilgacha muljallangan konsepsiyasi muhokama qilinmoqda. Bu konsepsiya doirasida Uzbekistonni birinchi urinda Jahon savdo tashkilotiga azo bulishi uchun belgilangan tartibda ishlarni olib borish hamda EOII bilan hamkorlik va «Savdo sherikligi tugrisida»gi shartnomani imzolash rejalashtirilgan.

Bunda tashqi siyosat konsepsiyamizga zid bulgan birorta khatti-harakat amalga oshirilmagan. «Milliy tiklanish» partiyasi esa Uzbekistonni iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga khizmat qiladigan har qanday harakatni qullab-quvvatlaydi», deya partiya lideri Alisher Qodirovning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

Savol yuzasidan Uzbekiston Liberal demokratik partiyasi rahbari Aktam Hayitov ham munosabat bildirib, partiya avvalroq aytgan gapida sobit qolishini takidladi.

«Bu masala 2016 yildan beri urganilyaptimi, deya savol berildi. Ha, bizning ekspertlar bu masalani urganyapti.

Biz bu borada khalqimiz manfaatlariga mos keladigan iqtisodiy bloklarga qushilish tarafdorimiz. Yani, biz EOII bilan hamkorlik qilish tarafdorimiz», dedi Hayitov.

Eslatib utamiz, shu yilning 10 oktyabr kuni Kun.uz mukhbiri «Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov bilan shu mavzuda suhbat qilgan edi.

Unda partiya lideri Evrosiyo iqtisodiy ittifoqini nomi bilan iqtisodiy bulgan, ammo ortida yashirin siyosiy maqsadlarni ham kuzda tutgan tashkilot, sifatida baholagan.

«Uzbekistonning ittifoqqa kirishiga undalishi, uni azolikka tortishga nisbatan bulayotgan harakatlarda birinchi navbatda usha azolarning manfaatlari turibdi. Buni keskinroq tarzda ikkinchi SSSR desa ham buladi», degan edi u.

Qodirov shuningdek, partiya pozisiyasida davlatning iqtisodiy yuksalishi, uning boshqa davlatlar bilan teng rivojlanishi birinchi urinda turishi, lekin shu bilan birga, mamlakat manfaatlariga zid bulgan, siyosiy erkinligi va suverenitetiga tasir qiladigan, davlat usti idoralariga qaysidir manoda tobe bulish ehtimoli mavjud buladigan har qanday ittifoqqa kirishni yoqlamasligini bildirgan.

«Yani biz iqtisodiy kurinishdagi siyosiy maqsadlarni kuzlagan ittifoqqa kirishga mutlaqo qarshimiz», degan edi «Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

80fsdy80d9-1

Kreml qachon barpo qilingan? Kun.uz bilan quriqkhona-muzeyga fotosayohat

Moskovskiy Kreml — Rossiya poytakhti Moskva Kremli shahar markazidagi qala bulib, shaharning eng qadimgi qismida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари