Home / Jamiyat / Milliy gvardiya institutiga uqishga qabul qilish tartibi malum buldi

Milliy gvardiya institutiga uqishga qabul qilish tartibi malum buldi

Uzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-tekhnik institutiga uqishga qabul qilish tartibi tugrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Foto: uznews.uz

Nizomga kura, institutga uqishga kirishni khohlagan Uzbekiston Respublikasi fuqarolarini uqishga qabul qilish Uzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlash rejasiga muvofiq Uzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qumondonining Institutga qabul urinlarini ajratish tugrisidagi buyrugiga asosan amalga oshiriladi.

Institut kursantlari kontingentini sifatli butlash uchun:

harbiy-professional yunalish;

dastlabki tanlash;

harbiy-professional tanlash;

test sinovlarini nazarda tutuvchi kompleks bosqichma-bosqich tanlash amalga oshiriladi.

Institutga uqishga kirish uchun nomzodlar Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 12 sentyabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Uzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy khizmatni utash tartibi tugrisidagi nizomda belgilangan talablarga javob berishi zarur.

Institutni bitirgandan keyin uqishni tugatgandan sung tuzilgan kontrakt buyicha kuzda tutilgan muddat tugamasdan harbiy khizmatni utashdan bosh tortgan, shuningdek kontrakt shartlarini bajarmaganligi, sodir etgan jinoyati uchun sudlanganligi sababli bushatilayotgan yoki bunday kontraktni tuzishdan bosh tortgan harbiy khizmatchi Uzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq uni uqitish uchun sarflangan byudjet mablaglarini davlatga qoplab berishi tugrisida nomzodlar va ularning ota-onalari muvofiq shaklda yozma ravishda ogohlantiriladi.

Uzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan har yilning 1 dekabriga qadar Uzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga kelgusi yil uchun Institutga qabul qilinuvchi nomzodlar soni tugrisida malumot taqdim qilinadi.

Institutga qabul qilinuvchi nomzodlarni dastlabki tanlash tadbirlarini utkazish uchun Uzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalariga topshiriq beriladi.

Institutga uqishga qabul qilish uchun Uzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qumondonining buyrugi bilan qabul komissiyasi tuziladi va ularning tarkibi tasdiqlanadi.

Qabul komissiyasiga Institut boshligi rahbarlik qiladi.

Qabul komissiyasi tarkibiga Uzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tegishli tarkibiy tuzilmalarining mutakhassislari kiritiladi.

Qabul komissiyasi qabul yilining 10 martidan 1 sentyabriga qadar faoliyat yuritadi.

Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1 fevralidan 1 apreliga qadar qabul qilinadi.

Fuqaro yoshlar tomonidan mudofaa ishlari buyicha bulimlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza (bildirgi);

pasport (harbiy guvohnoma) nuskhasi;

tugilganlik haqida guvohnoma nuskhasi;

chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi tugrisidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi;

nomzod tomonidan qulda va kompyuterda yozilgan tarjimai hol;

anketa;

uqish, ish yoki khizmatni utash joyidan (agar uqiyotgan, ishlayotgan yoki khizmatni utayotgan bulsa) tavsifnoma hamda malumotnoma;

ota-onasining ish joyidan malumotnoma (agar ishlayotgan bulsa);

ota-onasining Institutga uqishga kirishiga rozilik khati;

malumoti tugrisidagi (umumiy urta, akademik liseylar va urta makhsus professional talim) hujjatlar (asli va nuskhasi) hamda reyting daftarchasi (baholar tabeli) nuskhasi;

Institutga uqishga kirishda imtiyozlardan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (asli va nuskhasi);

yaqin qarindoshlar orasida vafot etganlar bulsa, ularning ulim haqida guvohnomasining nuskhasi;

3 kh 4 sm ulchamdagi 6 ta fotosurat (bosh kiyimsiz va burchaksiz) hamda 4,5 kh 6 sm ulchamdagi 4 ta fotosurat (bosh kiyimsiz);

davlat sirlaridan foydalanishga ijozat berishning tegishli shakli uchun zarur bulgan hujjatlar;

nomzodning yashash joyidagi hududiy ichki ishlar organidan jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi va sudlanmaganligi tugrisidagi malumotnoma (harbiy khizmatchilar mazkur malumotnomani taqdim qilishi talab etilmaydi).

Nomzoddan ayrim hujjatlarga aniqlik kiritish uchun qushimcha ravishda zarur hujjatlar va malumotlar talab qilinishi yoki tegishli tashkilotlardan surab olinishi mumkin.

Nomzodlar tomonidan hujjatlarni taqdim etishda pasport, tugilganlik haqida guvohnoma, chaqiriluvchining chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi tugrisidagi guvohnoma yokhud chaqiriluvchining harbiy guvohnomasi shakhsan kursatiladi.

Harbiy khizmatchilar tarkibidagi nomzodlar tomonidan uz khizmat utash joyiga nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga qushimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

Institutga uqishga kirishga tavsiyalovchi hujjatlar (muddatli harbiy khizmatni utayotgan harbiy khizmatchilarga — harbiy bulinmaning umumiy yigilishi bayonnomasidan kuchirma, kontrakt buyicha harbiy khizmatchilarga esa — harbiy qismning attestasiya komissiyasi yigilish bayonnomasidan kuchirma);

Davlat sirlaridan foydalanish uchun tegishli shakl buyicha ijozatnoma (rukhsatnoma) mavjudligi tugrisida malumotnoma (faqat tegishli shakl buyicha ijozatnoma (rukhsatnoma)si mavjud bulganlar uchun);

harbiy qismlar (muassasalar) va bulinmalarning komandirlari (boshliqlari) tomonidan berilgan iltimosnoma.

Fuqaro yoshlar va harbiy khizmatchilarga davlat sirlaridan foydalanishga ijozat berishning tegishli shakli buyicha ijozatnoma (rukhsatnoma) Mudofaa ishlari buyicha bulim va boshqarmalar tomonidan rasmiylashtiriladi.

Ijozatnomasi (rukhsatnomasi) mavjud bulmagan harbiy khizmatchilar uchun ijozatnomani (rukhsatnoma)ni rasmiylashtirish uchun zarur bulgan materiallar belgilangan tartibda harbiy qismlar (muassasalar) komandirlari (boshliqlari) tomonidan Mudofaa ishlari buyicha bulim va boshqarmalariga har yilning 5 apreliga qadar yuboriladi.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари