Home / Madaniyat / Meros haqida

Meros haqida

merosHar bir musulmon shakhs va oila yakhshi bilishi lozim bulgan masalalardan biri meros masalasidir. Meros deganda vafot etgan shakhs uzidan keyin qoldirgan moddiy boyliklar kuzda tutiladi. Meros masalasi deyarli hamma khalqlarda, qavmlarda bor masala. Islomdan oldin meros masalasi uziga khos tarzda bulgan. Ilohiy nizomga emas, johiliy nizomga khos bulgan. Misol uchun, arablarda merosga qurol kutarib urushga chiqa oladigan erkaklargina haqdor deb topilgan. Ugil bulsin, qiz bulsin – yosh bolalar, umuman, merosdan makhrum qilinganlar. Ayollar esa meros olish u yoqda tursin, uzlari meros sifatida, ulgan erining qarindoshlaridan kim uning ustiga ridosini tashlab olsa ushanga mulk bulganlar. Usha odam bu bechora ayolni, khohlasa, uzi khotin qilgan, khohlasa, boshqaga erga berib, mahrini uzi olgan yoki umuman, qarovsiz tashlab quygan. Bunga ukhshash holatlar hamma erda, hamma tuzumlarda, khalqlarda bulgan.

 Islomda meros masalasiga katta etibor bilan qaraladi. Merosning hukmlari shuning uchun ham, asosan, Quroni Karimda bayon qilingan. Meroskhurlardan kimga qancha ulush meros tegishini Alloh taoloning uzi bayon qilib bergan.

Merosga haqdorlik masalasida esa asosan, nasab qardoshligi va eru khotinlik etiborga olingan. Albatta, din asosida. Kofir kishi musulmon odamdan, kim bulishidan qatiy nazar, meros ola bilmaydi. Nasab qarindoshlari, asosan, bir-birlarining dunyoga kelishlariga sabab bulgan yoki dunyoda bir-birlarining ogirliklarini kutarishda masul bulgan kishilardir. Ana usha masuliyatlar yuzasidan merosga ham haqdor buladilar. Misol uchun, ota uz bolalarining dunyoga kelishiga sabab bulgan shakhs, ularning turmush kharajatlarini kutarishiga masul shakhs bulish bilan birga, vaqti kelganda bolalar uning kharajatlarini kutaradi, bazi bir jinoyat sodir etib, moliyaviy masuliyat ostida qolsa, uni ado etishda bolalari ham qatnashishga majburlar. Aka-uka, amaki-jiyan kabilarda ham shu holat mavjud. Ana shunday masuliyat ostidagi kishilarga merosga haqdorlik huquqi ham berilgan. Eru khotin orasidagi aloqa uz-uzidan malum. Merosni kimlar oladi, kimga qancha hissa tegadi, uni qanday bulib olinadi kabi masalalar bilan alohida «Faroiz» deb nomlangan ilm shugullanadi. Buni har kim ham bilavermaydi. Makhsus uqigan va urgangan odamlar shugullanadi. Avvalari ham meroschi, deb nomlangan makhsus ilmli kishilar bu ish bilan shugullanganlar. Okhirgi zamon Paygambari bulmish, sevimli Paygambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflaridan birida meros ilmining yuqolishi, qiyomatning alomatlaridan biri deyilgan. Bu mujiza sodir buldi, yurtimizda meros ilmi yuqolib ketdi. Bazi bir kishilargina bu ilmdan bir oz khabardor bulib qoldilar. Oqibatda, uz iymoni asosida oilaviy sharoitda, dinimning amriga, Robbimning amriga itoat qilaman, degan kishiga ham, uni amalga oshirish imkoni deyarli qolmadi. Meros masalasida johiliyat qonuni hukm surmoqda. Bir joyda meros haqida, umuman, gap-suz yuq. Boshqa birida esa meros haqida meroskhurlar orasida umr buyi talash buladi. Uchinchi bir joyda esa meros qoldiruvchi ulimidan oldin uz fikri buyicha bulib beradi. Turtinchi joyda yana boshqa muammo. Qisqa qilib aytganda bu masalada Rahmonning yulidan emas, Shaytonning yulidan yuriladi. Oqibatda esa turli muammolar kelib chiqadi. Harom-kharish ishlarga yul quyiladi. Musibatlar etadi. Bular ushbu dunyodagisi. Okhiratda esa nimalar bulishini Allohning Uzi biladi. Alloh taolo okhiratda mislsiz azoblarga duchor qiladigan, mislsiz kishanlar bilan kishanlanishga sabab buladigan ishlar ichida «Va merosni yakhshilab eysizlar» deb, merosni nohaq eyishlikni ham sanab utgan. Merosda haqqi bormi yoki yuqmi, qaysi bir kishi uz haqqi bulmagan merosni esa ana shunday qattiq azoblarga duchor buladi. «Mumin-musulmonman», degan, «Allohdan, qiyomatdan umidim bor», degan odam, haqqi yuq bulsa, umuman, merosga yaqinlashmasligi, haqqi bulsa, uz haqqidan ortigini olmasligi kerak. Har kim uziga tegishli ulushni olish zarur. Hatto, meroskhurlardan biri onasining qornida homilada bulsa ham, u tugilguncha merosni bulmay, qarab turiladi. Homila tugilgandan keyin, ugilmi, qiz ekanligi aniq bulganidan sung, meros barcha haqdorlar orasida shariatga muvofiq bulinadi. Shuningdek, ulim tushagida yotgan kishi, uzidan keyin qolajak merosni uzicha bula olmaydi, meroskhurlaridan bazisini merosdan mahrum qila olmaydi yoki ulushini kupaytira olmaydi ham, ozaytira olmaydi ham. Uzidan keyin qolgan molni meroskhurlarga bermay, boshqa maqsadlarda ishlatish uchun qilingan vasiyat ham utmaydi. Agar usha vasiyat qilingan ish Islom shariatida savobli, halol khisoblangan ish bulsa, ulimidan oldin savob ishlash niyati puchga chiqib, noumid holda ulmasin, deya molining uchdan biri vasiyatiga sarflanishi, uchdan ikkisi meroskhurlarga bulib berishiga hukm qilingan.

 Khudodan qurqqan, Uning amriga buysunaman, qiyomatdan umidim bor, degan shakhslar, oilalar boshqa shariy hukmlar qatori meros masalasiga ham katta etibor berishlari lozim. Avval aytib utganimizdek meros bulish alohida ilm, uni makhsus talim olgan kishilargina biladilar. Shuning uchun meros masalasi yuzaga chiqqanda biladigan ulamolarga murojaat qilishlari kerak. Meros bulish majlisida, haqdorlarning barchasi, guvohlar, bizning sharoitimizda haqdorlikni davo qiluvchilar ham qatnashishlari kerak. Hammaning kuz oldida qolgan meros hisob-kitob qilinadi. Sungra haqdorlarga shariat hukmi asosida bulib beriladi. Haqdorlardan birortasi meros bulinmasdan turib uz hissasidan kechmasligi kerak. Agar biror kishi avval safdan chiqib olsa, tavozun buziladi va haqiqiy ulush olish yuzaga kelmaydi. Hamma, uz ulushini olgandan keyin, kim nimani khohlasa, uzi biladi. Usha majlisning uzida bazi tushunmovchilik yoki etirozlar bulsa, ochiq aytib, orani ochiq qilib olish kerak. Merosga davogar bulgan, ammo shariat buyicha ulushi yuq qilishlarga ulamolar Allohning hukmini bayon qilib berishlari kerak. Misol uchun, ugil bor joyda ulgan kishining ota-onasi, khotini va qizlari ham usha ugilga qushilib merosdan uz ulushlarini oladilar. Ammo boshqa qarindoshlar ola olmaydilar. Bunga ukhshash nozik masalalar kup. Eng muhimi menga meros tegmay qoldi, deb keyinchalik qarindoshlar orasida kelishmovchiliklar chiqib yurmasligi kerak.

Khulosa qilib aytganimizda, bu uta muhim masalaga musulmonlar katta etibor bilan qarashlari lozim.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари