Home / Jamiyat / Mehnat migrantlari sonini qisqartirish va kelgusida unga barham berish buyicha takliflar. Uchinchi maqola
Место рекламы

Mehnat migrantlari sonini qisqartirish va kelgusida unga barham berish buyicha takliflar. Uchinchi maqola

2019 yilda Rossiyaga safar uyushtirgan Kun.uz mukhbirlari faqatgina Rossiyadagi mehnat migrantlari soni 4 million kishini tashkil etishini takidlashgandi. Bu Uzbekiston mehnat resurslarining qariyb turtdan bir qismini tashkil qiladi.

Malumotlarga kura, 2019 yilda chet elda yurgan mehnat migrantlari tomonidan Uzbekistonga rasmiy kanallar orqali junatilgan mablaglar miqdori 4,6 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Buning ustiga ruykhatdan utmagan mablaglarni, mehnat migrantlarining shakhsiy istemoli kharajatlarini (ayrimlarining esa oilaviy istemol kharajatlarini) ham qushib hisoblasak, manzara yanada oydinlashadi.

Rasmiy statistik malumotlarga kura, 2019 yilda Uzbekiston aholisining 2,5 million nafari yoki 7 foizi mehnat migrantlari hisoblanadi. Shundan 2 million atrofida fuqarolar Rossiyada mehnat qiladi. Mehnat migrantlari tomonidan junatilgan pul mablaglari 5,1 milliard AQSh dollari, yoki mamlakat YaIMining takhminan 10 foizini tashkil qilgan. Bunda har bir muhojir oyiga urtacha 166,7 AQSh dollari miqdorida mablag ishlab topgan.

Har ikki holatda ham bu juda katta raqamlar. Boshqacha suzlar bilan ifodalaganda, mehnat migrantlari ishlab topayotgan daromadlar Uzbekiston yalpi ichki mahsulotiga nisbatan takhminan 20 foizni tashkil qiladi. Tabiiyki, Uzbekistonning buncha miqdordagi mehnat migrantlarini ish bilan ham, arzigulik daromad bilan taminlashga hozircha qurbi etmaydi. Demak, mehnat migrantlari muammosini hal etishda ikkinchi yul tanlangan taqdirda ham, uni muayyan ketma-ketlikda turli yuqori samarali tashkiliy va iqtisodiy (zarurat taqozo etganda — mamuriy) vositalar yordamida bosqichma-bosqich, lekin izchil va qatiyat bilan amalga oshirish lozim.

Mehnat migrasiyasi muammosini uzil-kesil hal qilish buyicha uz fikr-mulohazalarimizning va takliflarimizning ayrimlarini bayon etishni lozim topdik.

Birinchi taklif. Mehnat migrasiyasini cheklangan miqdorda faqat malakali ishchi kuchini eksport qilish evaziga amalga oshirish siyosatini yulga quyish. Buning uchun Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bevosita boshchiligida ishchi kuchi import qiluvchi mamlakatlar, yirik kompaniyalar buyurtmalariga muvofiq yollanma, malakali ishchi va mutakhassislarni tayyorlash mekhanizmini yaratish.

Bunda kasbiy malaka va kunikmalarga ega iqtidorli yoshlar tanlov asosida saralab olinadi, muayyan davr davomida ularga borib ishlashi lozim bulgan mamlakatning tili, tarikhi, urf-odatlari, ananalari urgatiladi, tanlangan ish, kasb, hunar buyicha zaruriy malaka va kunikmalar shakllantiriladiki, toki migrant uzi tashrif buyurgan mamlakat yoki korkhona talablari darajasida vazifalarni bajara oladigan tayyorgarlikka ega bulsin. Ishchi kuchi eksporti ilmiy asosda yulga quyilishi respublikaga juda katta manfaat keltiradi.

Birinchidan, ishchi kuchi eksportidan keladigan daromad miqdori keskin oshadi;

Ikkinchidan, yoshlarda malakali ishchi yoki malakali mutakhassis bulishga, yani yakhshi uqishga qiziqish ortadi;

Uchinchidan, yoshlarda khorijiy tillarni urganishga moyillik va tajriba ortadi;

Turtinchidan, khorijda malakali ishlarni bajargan yoshlarimiz, uz yurtiga qaytganda, milliy iqtisod ravnaqiga munosib hissa qushish imkoniyatiga ega buladi.

Ikkinchi taklif. Mamlakatda ishsizlik muammosini hal etish, iqtisodiyotda band bulganlarni munosib ish haqi bilan taminlash bevosita iqtisodiy usish suratlariga bogliq.

Shu sababli davlat arboblari, masuliyatli lavozimlardagi amaldor shakhslar, partiya rahnamolari, professor-uqituvchilar va olimlarning maoshlarini mamlakatda iqtisodiy usish suratlari bilan uygunlikda oshirib borish tartibini joriy etish. Sababi — mamlakatning iqtisodiy yuksalishi, milliy iqtisodning usish suratlari tirikchilik utkazish, oilani tebratish ilinjida uzini uz Vatanida oila va ota-onasi bagrida yashab, ishlab yurish bakhtidan mahrum qilgan, begona yurtlarda ne-ne mashaqqatlar bilan halol mehnat qilib, barcha kamsitish va kezi kelganda haqoratlarga matonat bilan bardosh berib, daromad topayotgan mehnat migrantlariga emas, aynan nomlari yuqorida zikr etilgan toifadagi mutasaddi shakhslarning khatti-harakati va masuliyatiga ham bogliq.

Uchinchi taklif. «Ish haqi minimumi» va «Yashash minimumi» tugrisida qonunlarni qabul qilish va amaliyotga joriy etish. Ushbu chora mamlakatda yaratilgan va bozor subektlari orasida taqsimlanishi lozim bulgan milliy daromadda yollanma ishchilarning ulushini adolat yuzasidan oqilona darajada kutarish orqali nafaqat mehnat migrasiyasini khohlovchilar sonini qisqartirish, balki mamlakatda boshlangan kambagallikka qarshi kurash strategiyasini amalga oshirishning ham muhim vositalaridan biri hisoblanadi.

Turtinchi taklif. Barcha tumanlarda dastlab bitta, keyinchalik 2-3tagacha qishloq khujaligi sohasida yirik-yirik davlat khujaliklarini tashkil etish.

Kun.uz mukhbirlarining intervyusida ishtirok etgan yigit aqalli 0,5 ga er maydoni bulsa, Uzbekistonga qaytishga tayyorligini, erga nima ekib, qanday daromad olishni ham yakhshi bilishini malum qilgan.

Lekin erni bunday taqsimlab berish er resurslaridan unumli foydalanish tamoyillariga mos kelmaydi. Biroq mingta, ikki mingta ehtiyojmandlarga ajratiladigan er maydonlarini birlashtirib, 500 ga yoki 1000 ga er maydonida yirik khujalik tashkil etilib, barcha erga talabgorlarni erda ishlashga jalb etilsa, unda miqyos samarasi evaziga katta daromad olish mumkin. Bunday yirik khujaliklarni tashkil etish dastlab kambagallikka qarshi kurash uchun nazarda tutilgan davlat resurslarini jalb etish hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

Bundan tashqari, khujalik investision faoliyatiga yuridik va jismoniy shakhslarning mablaglarini jalb etishni ragbatlantiruvchi va undan bank foiz stavkalaridan yuqori daromad olishni taminlovchi samarali mekhanizmlar tizimi yaratilishi va amaliyotga joriy etilmogi lozim.

Khujalik faoliyatining yuqori samaradorligiga erishish uchun unga konkurs asosida eng kuchli, istedodli rahbarlarni va soha mutakhassislarini jalb etish lozim. Uylaymizki, biz tasavvur qilgan shakldagi davlat khujaliklari qishloq khujaligi ishlab chiqarishini ilmiy asosda tashkil etishning, fan va amaliyotning uzaro uygunligini taminlashning haqiqiy andozasiga, qolaversa, agrar sohada ulkan monopol mavqega ega bulgan Uzbekistonning ushbu sohadagi bepoyon imkoniyatlarini ruyobga chiqarish, joiz bulsa butun jahonga yoyishning samarali markazlariga aylantirilishi qishloq iqtisodiyotini innovasion rivojlantirishda ham, bandlik va qashshoqlik muammolarini hal etishda ham juda katta natijalar beradi.

Yirik davlat khujaliklaridan qishloq khujaligida zamonaviy tekhnika va tekhnologiyalarni joriy etish, ilgor va innovasion agrotekhnik usullardan foydalanish, fan yutuqlarni keng tatbiq etish va yuqori natija olishning eksperimental bazasi sifatida foydalanish maqsadga muvofiq. Ularni tuman hududidagi fermer khujaliklariga amaliy yordam kursatish, ilmiy-uslubiy qullab-quvvatlash, ularni innovasion asosda rivojlantirishning lokomotivlariga aylantirish lozim.

Tuman hududida ishlab chiqarilgan khom ashyoni sanoat miqyosida qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish, talaygina qismi nest-nobud bulayotgan qishloq khujaligi mahsulotlarini saqlash, ularni tashqi bozorlarga eksport qilishni tashkil etishdek bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etish davlat khujaliklari faoliyatining eng muhim yunalishlariga aylanmogi lozim.

Beshinchi taklif. Uzbekistonda talim sifatini tubdan radikal darajada kutarish. Milliy iqtisodiyotda katta resurslar sarfi va khalqimizning mashaqqatli mehnati evaziga yaratilgan tovar va khizmatlarning jahon bozorida raqobatbardosh bulishi uchun ular, birinchidan, sifati yuqori, ikkinchidan esa, narkhi arzon bulishi kerak (Khitoy tajribasi).

Sifati yuqori, lekin narkhi arzon mahsulotni faqat sifatli mehnat bilan yaratish mumkin. Sifatsiz mehnat bilan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish tugrisida uylash – bulutsiz musaffo osmondan yomgir yogishiga umidvor bulishdek manosiz.

Qadimdan bizga meros qolgan naqlda «Shaykhda hunar bulmasa machit ham torlik qiladi», deyilgan. Qimmatbaho resurslardan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, demak, mamlakatda kuplab yangi ish urinlari barpo etish, mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishning eng samarali yuli – khalqimizning hunarini oshirish, iqtisodiyotda band bulganlarning malakasini, bilim saviyasini, kreativ qobiliyatini rivojlantirishdir.

Khalqimizda bunday noyob fazilatlarni shakllantirishda talimning roli benihoya katta. Tugri, keyingi yillarda davlatimiz rahbari, Uzbekiston hukumati talimni rivojlantirish borasida keng kulamli juda katta ishlarni amalga oshirmoqda. Lekin amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar talim sohasida kuproq miqdor uzgarishlar sifatida natija bermoqda.

Uzbekiston ravnaqi uchun aynan sifat uzgarishlar juda muhim. Mazkur mavzu doirasida talimning barcha murakkab muammolarini yoritish imkoni mavjud emas. Lekin, lunda qilib ifodalaganda, mamlakatda talimning shunday modeli yaratilishi kerakki, u butun khalqning: yosh-u qari, katta-yu kichik, amaldor-u khizmatkor, barcha-barchaning asosiy diqqat-etiborini talimga, butun kuch-gayratini uni tubdan yakhshilashga yunaltirsin.

Nazarimizda, bu noyob model khalqimizning qonida azal-azaldan mustahkam joylashgan, buyuk ajdodlarimizdan bizga meros bulib qolgan yashirin imkoniyatlarni ruyobga chiqarishga va uni mamlakatimizni nafaqat mehnat migrasiyasi illatlaridan khalos etishga, balki jonajon Uzbekistonni dunyoning iqtisodiy jihatdan qudratli mamlakatlaridan biriga aylantirishga khizmat qilmogi lozim.

Sifatli talim Uzbekistonni katta taraqqiyotning ravon yuliga olib chiqishning eng kam kharajat va eng qisqa yulidir.

Khulosa
Biz hech qachon begona yurtlarda qiynalib yurgan millionlab yurtdoshlarimizning hayotiga befarq bulishga, ularning taqdirini tasodiflar ikhtiyoriga tashlab quyishga haqli emasmiz. Chunki ular ham shu yurtning aziz farzandlari, birimizning suyukli uglimiz yo qizimiz, birimizning mehribon otamiz yo onamiz, opa-singil yoki aka-ukamiz, yana birimizning yaqin qarindoshimiz, qolaversa mahalladoshimiz, yurtdoshimiz.

Prezidentimiz kutarib chiqqan Uzbekistonni yanada rivojlantirish, uni rivojlangan ellik mamlakat qatoridan urin olishiga erishish, khalqning hayot farovonligini yuksaltirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlik darajasini oshirish, talim sifatini takomillashtirish, kambagallikka barham berish, innovasion iqtisodiyotni shakllantirish borasidagi tashabbuslarini hayotga tatbiq etishning faol ishtirokchilari bulaylik.

Ana shundagina hamyurtlarimizning uzining jonajon vataniga qaytishiga kumaklashishda hissamizni qushgan bulamiz. Barchamiz birgalikda, bir tan-u bir jon bulib harakat qilsak, Uzbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishning ravon yuliga boshlab chiqishimiz muqarrar.

Uzbekiston 2030 yilga borib nafaqat taraqqiy etgan ellik mamlakat safiga kirishga erishadi, balki 2040-yillarga borib kuchli yigirmatalik mamlakat safidan munosib urin egallashi mumkin buladi. Shundagina biz utmishda Movaraunnahrdek qudratli davlatni shakllantirgan buyuk ajdodlarimizning shaniga munosib ish tutgan bulamiz, ularning ruhi poklarini shod aylab, arvohlarining madadini olish bakhtiga erishamiz.

Buning uchun avvalo mehnat migrantlari muammosi Uzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim, bugungi kun va kelajak nuqtayi nazaridan uz echimini kutayotgan markaziy masalalaridan biri sifatida qaralmogi lozim.

Ushbu masala davlat rahbarlari, jamoatchilik tashkilotlari, ilm-u fan ahlining, keng jamoatchilik va uz-uzini boshqarish organlarining doimiy diqqat markazida bulmogi shart. Bu borada davlatimizning ishchi kuchi eksportiga yunaltirilgan harakatlar strategiyasi va «yul kharitasi» ishlab chiqilmogi va tadrijiy ravishda amaliy hayotga tatbiq etilishi lozim deb hisoblayman.

Hurmatli yurtdoshlar, maqolada keng omma muhokamasiga olib chiqilayotgan ushbu dolzarb masalalar buyicha uzlaringizning qimmatli fikr-mulohazalaringizni bildirishlaringizga, qizgin bahs- munozaralar orqali ushbu mavzuga oid murakkab muammolarning tugri, samarali va oqilona echimlarini izlab topishda faol ishtirok etasizlar degan umiddaman.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

VgMJ-J98zS0gpGhnv6oPDJ1p5p7UFv78

Andijon shahri hokimining auksionsiz er ajratib berish tugrisidagi qarori noqonuniy deb topilib bekor qilindi

Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovning noqonuniy qarori bekor qilindi. Adliya vazirligi akhborot khizmati khabar berishicha, Andijon shahar …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари