Home / Iqtisodiyot / «Mashina olmoqchi edim, 2 yil ortga surildi» – avtomobillar narkhi oshganiga fuqarolar qanday munosabatda
Место рекламы

«Mashina olmoqchi edim, 2 yil ortga surildi» – avtomobillar narkhi oshganiga fuqarolar qanday munosabatda

Hafta boshida UzAuto Motors prays-listi yangilandi. Avtomobillar narkhi 21 foizgacha kutarildi.

 Bu esa aholining turli qatlamlari orasida noroziliklarga sabab bulmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoev ham narkhlar oshganini tanqid qildi.

Kun.uz mashinalar narkhlari oshganiga munosabatini surab, fuqarolarga mikrofon tutdi.

 «Bir odam mashina olishi uchun ancha ter tukib mehnat qilishi kerak buladi. Bitta mashina olish uchun juda kup ishlayapmiz. Bu barchaga yomon tasir qildi», – deydi fuqarolardan biri.

Yana bir respondent davlat tashkilotlarida shundoq ham oyliklar pastligi, mashina narkhi kutarilgani esa yanada aholimizga qiyin bulganini aytadi.

«Misol uchun, men davlat organida ishlasam, yo shifokor, uqituvchi bulsam, mashina olishim uchun necha yillardir ishlashim kerak. Pul sarflash kerak bulgan bundan-da muhim narsalar bor», – deydi hamyurtlarimizdan biri.

Yulovchilardan biri narkhlar oshishi ortidan mashina olishi yana 2 yilga kechikkanini aytdi.

«Nexia 3 olishni rejalashtirib yurgandim. Afsuski, narkhi 20-25 foizga (aniqrogi, 15-19 foizga – tahr.) oshirildi. Shu sababli mashina olishim yana 2 yilga orqaga surildi.

Mutasaddilardan iloji boricha narkhini joyiga qaytarib quyishni surayman», deydi u.

 Prezidentdan tortib, aholi va uning vakillari – qator deputatlarning tanqidlari, Istemolchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qumitasining bayonotlari biror oqibatni keltirib chiqarish-chiqarmasligi hozircha nomalum.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

aFN0XwUegG38VXyGZBIsYfcQyWeavFtF

Tarif va notarif tartibga solish kengashi ham import benzin uchun aksiz soligini oshirishni taklif qildi

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Tarif va notarif tartibga solish buyicha kengash import qilinadigan …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари