Home / Madaniyat / Mashaqqat ortida, albatta, engillik bordir
Место рекламы

Mashaqqat ortida, albatta, engillik bordir

mashakkatMashaqqat ortida, albatta, engillik bordir (Sharh, 5).

Alloh taolo bandalarini sinash uchun ularga turli mashaqqat, balo-ofatlar, kasallik va kulfatlar yuboradi. Ojiz qilib yaratilgan odamzot ana shunday hollarda nima qilishini bilmay dovdirab qoladi. Uzini yuqotib ming tomonga yuguradi. YOrdam va tasalli istab, kimlarningdir ostonasiga bosh urib boradi. Mumin kishi boshiga gam-tashvish tushganida eru osmonlarning haqiqiy egasi, podshohlarning podshohi Alloh taoloni eslaydi. Uzi esa shu mulklarning ichidagi bir mulk, makhluqotlar orasidagi bir makhluq ekanini khotirlaydi.

Tun ortidan yorug kunni, kasallikdan sung soglikni, faqirlikdan keyin boylikni ato etuvchi Parvardigorini yod etadi. U har ishda hikmat borligini bilgani uchun Alloh taolo uni bu qiyinchilikda qoldirmasligiga, oqibatini guzal qilishiga iymon keltiradi. Ammo bunga ishonmaganlar boshiga mashaqqat kelganida birovi puliga, boshqasi martabasiga suyanadi, yana biri kuchiga ishonadi.

Mashaqqat bor joyda engillik ham buladi (Sharh, 6).

Har qanday mashaqqat bor joyda engillik ham buladi. Haqiqatan, bular-bulmas ishlarga diqqat bulaverish, utgan kundagi bitmagan yumushlariga, khatolariga, erisha olmagan maqsadlariga afsus chekaverish har bir inson miyasini doimo kemiradigan, hayotini ogirlashtiradigan, kunini zulmat, tunini gurbat qiladigan befoyda va zararli holatlardir. Boshingizga bir musibat yoki balo kelsa, unga mardona dosh bering, sabr qiling. Allohdan uni qaytarib tashlashni, najot berishini surang.

Ibn Jarir tafsirida Hasan Basriydan (rahimahulloh) rivoyat qiladi: «Inna maal usri yusro» oyati nozil bulganida Rasululloh sollalloahu alayhi vasallam: «Khursand bulinglar, sizlarga engillik keldi, bir qiyinchilik ikki engillikni hech maglub qila olmaydi», dedilar.

Taniqli Islom olimlaridan Rizouddin ibn Fakhruddinning bunday suzlari bor: «Odam bolasi qaygu, hasrat kurmay umr kechirishi mumkin emas. Turmush va hayot tikanli changalzor ustidan yurishdan, mashaqqat tulqinlari bilan kurashib suzishdan iborat. Aqlli kishi shu mashaqqatlardan qurqmasligi, kelajakdagi rohatlarga umid boglab, ushbu mashaqqatlardan engilmasligi, kunglini chuktirmasligi zarur. Har ogirlik ortidan bir engillik kelishini Yaratganning Uzi vada qilib quygan. Oqil kishi, albatta, shu vadani khotirlab, kunglini khotirjam qiladi, uziga tasalli beradi» («Tafsiri Irfon»)

Bularni bildirgan Allohga hamd bulsin! Musulmon qilib yaratgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummat qilib yaratgan Alloh azza va jalladan bu nemat va rizqlarning shukrini ado etishga muyassar qilishini surayman. Allohu Akbar!

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

fFvwRMSo3_5V1MG7Vx8cYmYelJvyPHOh

Ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtinchalik tukhtatiladi

Mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bogliq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar ichki turizmni rivojlantirishga doir tadbirlarni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари