Home / Siyosat / Mamlakatda kutilayotgan tartibsizliklardan chuchigan Qirgiziston prezidenti Rossiyaga tashrifini bekor qildi
Место рекламы

Mamlakatda kutilayotgan tartibsizliklardan chuchigan Qirgiziston prezidenti Rossiyaga tashrifini bekor qildi

Qirgiziston prezidenti Almazbek Atamboev Rossiyaga rasmiy tashrifini bekor qildi, deb khabar beradi «RBK».

Prezident mazkur tashrifi doirasida MDHga azo mamlakatlar rahbarlari va Evroosiyo oliy iqtisodiyot kengashi majlisida ishtirok etishni rejalashtirgan edi. Atamboevning Rossiyaga tashrifi bekor qilingani haqidagi khabar prezident matbuot khizmati tomonidan davlat rahbarining 15 oktyabr kuni bulib utadigan prezident saylovi oldidan mamlakatdagi vaziyatni shakhsan uzi nazorat qilish istagi bilan izohlandi.

«Saylov kuni mustaqil siyosatchilar tomonidan kriminalni jalb etgan holda ommaviy tartibsizlikka tayyorgarlik kurilayotgani haqida keltirilgan dalillarni inobatga olgan holda, prezident mamlakatdagi tartib va khavfsizlikni shakhsan nazorat qilish uchun Rossiyaga tashrifini bekor qildi», — deyiladi Atamboev mamuriyatining khabarnomasida.

Sochiga boradigan Qirgiziston delegasiyasiga bosh vazir Sapar Isakov boshchilik qiladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

rVqzfFdXDFls1TKS8kjsyPTET7oOGUqt

Shavkat Mirziyoev Samarqandga junab ketdi

Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Samarqandga junab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot khizmati khabar bermoqda. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари