Home / Jamiyat / Maktab uquvchilari orasida homiladorlik va pichoqbozlik holatlari aniqlangani rostmi?

Maktab uquvchilari orasida homiladorlik va pichoqbozlik holatlari aniqlangani rostmi?

Tugib tashlash bilan bulmas bola, balo bulgay sizga,

Vujudi tarbiyat topsa, bulur rahnamo sizga.

Temirchining bolasi tarbiya topsa, bulur olim,

Buzilsa khulqi, Luqmon ugli bulsa, bulgusi zolim. (Abdulla Avloniy)

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Quqondagi talim tizimi «botqoqqa botayotgani» haqida khabar tarqalgandi. Bazi maktablarda tarbiyaviy ishlar tuliq yulga quyilmagani sabab sunggi vaqtlarda maktab uquvchilari homilador bulib qolgani va uquvchilar urtasida pichoqbozlik holatlari kupayib ketganligi aytilgandi.

KUN.UZ mazkur voqea yuzasidan Quqon shahrida uz jurnalistlik surishtiruvini utkazdi. Bosh prokuratura matbuot khizmati kumagi bilan homiladorlik va pichoqbozlik holatlari yuzasidan malumotlar tuplandi.

Youtube’da kurish

Mover’da kurish (tas-ix)

Aniqlanishicha, shahardagi 19-maktab uquvchisi M.A. joriy yilning 31 may kuni tanishi Kh.Q. bilan janjallashgan. Janjal vaqti unga pichoq urib tan jarohati etkazgan. 1 iyun kuni M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga ogir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi quzgatilgan. Ish sudga oshirilib, aybdorga nisbatan tegishli jazo tayinlangan.

Yana shunday holatlardan biri joriy yilning 20 may kuni 2-maktab uquvchisi L.J. va 29-maktab uquvchisi J.O. urtasida bulib utgan. Ikki shakhs urtasida nizo kelib  chiqqan va L.J. tanishi J.O.ga pichoq urib, tan jarohati etkazgan. Prokuratura tomonidan jinoyat ishi quzgatilib, 2018 yilning 6 avgust kuni aybdorga sud hukmi bilan jazo tayinlangan.

Shahardagi 23-maktabning voyaga etmagan uquvchisi, M.T. 1-maktab uquvchisi Kh. bilan jinsiy aloqada bulishi natijasida qiz farzandni dunyoga keltirgan. 2017 yilning 31 dekabr kuni holat yuzasidan jinoyat ishi quzgatilib, sud hukmi bilan aybdor shakhslarga nisbatan tegishli jazo choralari qullanilgan. YOsh ona farzandidan voz kechgan va chaqaloq bolalar uyiga topshirilgan.

Aynan shu maktab uquvchisi M.A ham tanishi bilan jinsiy aloqada bulib, u ham homilador bulib qolgan. 2017 yilning 30 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 128-moddasi bilan ish quzgatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. M.A.ning kamqonligi hisobga olingan, farzand kurishi uning hayoti uchun khavf solishi mumkinligi aytilgan va tegishli tibbiyot muassasasining kursatmasi asosida uning homilasi abort qilingan.

Bu malumotlarni eshitganimizdan sung, zudlik bilan Toshkentga shoshildik. Qaytiboq Khalq talimi vaziri Sherzodbek Shermatov bilan boglandik. Vazir bu holatga uz munosabatini bildirdi. Urinbosari boshchiligida ishchi guruh tuzilib, Quqon shahriga khizmat safariga junatildi. Shoshilinch majlis utkazildi. Birinchi qadam tashlanib, shahar khalq talimi mudiri ishdan olindi. Tuliq tekshiruv uchun kup vaqt talab qilinadi. Yana maktab direktorlari ishi ham tegishlicha bittadan kurib chiqilishi belgilab olindi. Vazirlik KUN.UZ’ga uz minnatdorchiligini izhor etib, kelgusida ham shunday operativ tarzda hamkorlikda ishlashni davom ettirishini bildirdi.

Sherzod Shermatov

Biroq kimnidur ishdan olinishi, uning urniga yangi rahbar tayinlanishi va unga katta ishonch bildirilishi yoki aybdor shakhslarning jazosini olishi bilan muammo hal etildi, deb hisoblab bulmaydi.

Jamiyatda bunday holatlar kupayib borishida juda kupchiligimiz iqtisodni sabab qilib kursatamiz. Ota-onalar birgalikda pul topishga kirishib ketgan. Farzand tarbiyasiga vaqt topa olmayapti deyishimiz mumkin. YOki bulmasa maktablarda tarbiya fanlariga etarlicha etibor berilmayapti deymiz. Albatta, bular ham sabablardan biri bulishi mumkin. Lekin eng asosiy sabab sifatida ota-onalarning befarqligi deb bilaman. Fikrimcha, farzand tarbiyalamoqchi bulgan insonga doim vaqt topiladi. Shunchaki, dildan kirishib farzandlarga yoshligidan nima yomon-u nima yakhshi ekanini tushuntirib borishimiz kerak. Ulardan vaqtimizni ayamasligimiz zarur.

Keyingi sabab sifatida jamiyatimizda kuchli sosiolog olimlar, psikhologlar va pedagoglar etishmasligida deb bilaman. Misol uchun Evropa davlatlaridan Germaniya va Fransiyada darsliklar ruykhatida sosiologiya eng muhim fan sifatida qaraladi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urushidan sung, Germaniya hukumati jamiyatshunoslarga etiborini oshirdi. Ular faoliyatini ragbatlantirdi. Rivojlanishiga barcha sharoitlar yaratib berila boshladi. Sohaga doir bir nechta tadqiqot institutlari tashkil etildi. Ular jamiyatda yuzaga kelgan muammolarning sabablarini urganadi va kup hollarda echim ham beradi. Eng muhimi ularning echimi kup hollarda tuliq realizasiya qilinardi. Aksar jamiyatshunoslar odatda bunday holatlar kupayishining sababi sifatida dinshunoslikning jamiyatda urni yuqolishi, deb kursatishadi. Insonlar teologik (diniy) nazariyalarga ishonmay quyadi, okhir-oqibatda inson hayotiga tajovuz va boshqa ogir qilmishlarga ham oddiy kuz bilan qarashni boshlaydi.

Bu borada Islom instituti mudarrisi Mubashshir Ahmad bilan suhbatlashdik. Ular bulib utgan voqealarga uz munosabatini bildirib, echimlar buyicha takliflari bilan urtoqlashdi.

Mubashshir Ahmad

«Khalqimizda naql bor. Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi. Utgan vaqt oraligida bunday holatlarga befarq qarab keldik. Shunchaki etarli chora kurmay, jazo berish va qurqitish bilan kifoyalandik. Hozir esa yashirishning iloji yuq. Barchasi sekin-asta oshkora bulmoqda.

Bunday ishlarni dinimiz doim qoralaydi. Quroni Karimning Al-Isro surasi 32-oyatida Alloh Taolo uz suzlari bilan «Zinoga yaqinlashmang…», – deb aytgan. Yaqinlashish tugul u haqida khayol qilishni ham taqiqlaydi. Zino natijasida erkak qaddi bukiladi, millat buziladi. Jamiyat tizgini izdan chiqadi.

Paygambarimiz Muhammad s.a.v. ham zinoni qattiq qoralaganlar. «Zino vaqtida inson dindan chiqadi va tavba qilmaguncha musulmon bulmaydi», – deb aytganlar. Yana bir hadis-u sharifda «Zino qilgan insonlarni Alloh ota-onalari ham kurmagan kasalliklarga duchor qiladi», – deb qayta va qayta takidlangan. Hozirda insonlar chalinayotgan bedavo OITS va boshqa khavfli kasalliklarni misol tariqasida aytishimiz mumkin.

Avvallari zino qilgan insonga darra urilgan yoki toshburon qildirilgan. Hozirgi kunda qonunlarimizga qaraydigan bulsak, bunday qilmishlarga jazolar ogir emas. Bu masalada alohida mushohada qilib kurishimiz kerak. Islom dini bunday zino ishlariga salbiy oqibatlari bilan qurqitish, jazo va echim bilan kurashadi. Bunday harom ishlar okhiratda duzakhda yonish bilan jazolanadi.

Echim masalasiga tukhtaladigan bulsak, insonlar uz vaqtida nikohga kirishishi kerak. Hozirda bunga qarshilik qiluvchi eng asosiy omil bu tuylarning kup kharajatliligi. Mebel, artist, kortej va boshqalar. Insonlar endi bulardan uzoqlashishi kerak. Hashamatli tuylarni bas qilishimiz zarur.

Ikkinchidan oilada erkaklar erlik vazifasini qilmay quymoqda. Oila masalasiga sustkashlik bilan befarq qarash avj olgan. Oilani boqish, farzandlarni tarbiyalash faqat ayol elkasiga tushmoqda. Shunday qushtirnoq ichida erkaklar borki, uyalmay vijdonsizlarcha ayoli topib kelgan pulni sarflaydi. Uyalmaydi.  Yana oilasini boqa olmay ulardan voz kechib chet elga ketvorgan erkaklarni ham uchratish mumkin.

Uchinchidan ayollarimiz orasida ham hayo-ibo tobora yuqolib bormoqda. Ochiq-sochiq kiyinish urf bulgan. Bu kuz zinosiga sharoit yaratadi va, uz navbatida, inson hissiyotlarini jilovlay olmay qoladi. Zinoga qul uradi. Evropadan kirib kelgan bunday kiyinishlarga barham berish kerak. Yaratgan bizga nima maqulligini biladi. Uni tavsiyasiga amal qilishimiz lozim.

Yana har qanday sharoitda nomahram begona ayol va erkak bir khonada alohida qolmasligini taminlash zarur. Uzlari ham tushunishi kerak. Chunki u erda uchinchisi shayton buladi. U ularni zaharlaydi va zinoga chorlaydi. Oqibatini inson hech qachon hissiyotlar vaqti uylamaydi.

Insonlarning islom diniga bulgan fobiyasini yuqotish kerak. Ularga doim islom dini haq din ekanini tushuntirishimiz zarur. Islomda ayollar huquqlari chegaralanmagan. Cheksiz va hatto erkaklarga nisbatan bir necha barobarga keng. Kalta kiyinishga qarshi chiqish bilan ularning huquqlari chegaralanib qolmaydi. Buni barchamiz bilishimiz kerak. Buni hatto dunyoviy ilmlar ham isbotlagan. Kalta kiygan ayollar uzun kiyadigan ayollarga nisbatan shamollash ehtimoli kuchli.  Natijada bepushtlik va boshqa kasalliklarga chalinadi. Demak sogliqqa zararli ishlardan saqlanishimiz zarur va lobud.

Pornografik mahsulotlar tarqalishiga ham qattiq jazolar belgilashimiz kerak. «Overton tuynugi» degan nazariya bor. Nazariyaga kura, manfaatdor razil insonlar boylik yoki hokimiyat ilinjida jamiyatga shunday illatlarni tatbiq etadi. Bunday siyosat orqali jamiyat buziladi. Ular boy buladi yoki hokimiyatni egallaydi. Past esa botqoqqa botadi. Albatta, bulardan Alloh Taolo uzi asrasin», – deb uz bilimlari bilan ulashdi Mubashshir domla.

Shundan sung, psikholog-psikhoterapevt Zebiniso Ahmedova bilan suhbatlashdik. Uning aytishicha, ota-onalar tomonidan beriladigan tarbiya notugri yulga quyilgan.

Zebiniso Ahmedova

«YOshligidan beriladigan tarbiya berish prinsiplari buzilgan. Tizimli emas. Ayblari uchun jazo berish bilan kifoyalanilgan. Oqibatlari deyarli tushuntirilmaydi. Qurqitilsa va tarbiya bermasdan okhirigacha tushuntirilmasa qiziqish baribir yashayveradi. Uni yana bir bor qilgisi keladi. YOshlikda ishtiyoq doim kuchli buladi. Baribir usha qilmish yomonligini bilsa ham yana amalga oshirgisi kelib qoladi. Buning uchun yuqoridagi tavsiyalarga amal qilishimiz kerak.

Shu bilan birga maktablarda psikhologlar faoliyatini yulga quyishimiz lozim. U har bir uquvchi bilan shakhsan shugullansin. Suhbatlashsin, eshitsin va maslahatlari orqali yordam bersin. Chunki shunday gaplar buladiki, sizga faqat psikholog yordami zarur buladi. Ota-onalarga aytishni andisha qiladigan yoshlar bor. Ularga tugri yulni kursatib bermasak ong zaharlanishi va razil maqsadli insonlar bulardan foydalanishi mumkin», – deb uz tavsiyalarini bildirib utdi Z.Ahmedova.

Endi bir zum fikr qilaylik. Barchamiz yakhshi va tinch yashashni khohlaymiz. Buni inkor qilib bulmaydi. Yuqorida dolzarb muammolar sanaldi. Soha mutakhassislaridan echimlar taklif urnida berildi. Ular ham dunyo tarikhi tajribasidan kelib chiqib gapirdi. Ochiq aytish kerak Mubashshir domla aytganidek «Overton tuynugi» kengayib bormoqda. Bunday voqealarga oddiy qaraydigan bulib qoldik. Urganib qoldik. His qila olmayapmiz. Lekin hamma narsaning okhiri bulganidek buning ham intihosi bor. Boshlangan ishlarimiz yakhshilik bilan tugashi uchun barchamiz birlashishimiz kerak. Bunday voqealarga nafrat bilan qarashni urganishimiz zarur. Farzandlarimizga tushuntirishdan erinmaylik. Akhir doim jar solganimizdek ular kelajagimiz. Ertamizga esa befarq bulmaylik. Muammo bormi, echimlari berilganda qurqmay hal etaylik. Urinib kuraylik.

Zafarbek Solijonov, makhsus mukhbir
Sherzod Egamberdiev, operator

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари