Home / Madaniyat / Maktabgacha talim vazirining kutilmagan tashrifi bolalar bogchasi khodimlarini esankiratib quydi

Maktabgacha talim vazirining kutilmagan tashrifi bolalar bogchasi khodimlarini esankiratib quydi

bogchaUzbekiston maktabgacha talim vaziri (MTM) Agrippina Shin 23 yanvar, seshanba kuni poytakhtdagi maktabgacha talim muassasalariga uyushtirgan navbatdagi kutilmagan tashriflarida ularda ishlayotgan khodimlarni sarosimaga solib quydi. Bu haqda vazirlik matbuot khizmatiga tayanib, «Gazeta.uz» khabar berdi.

Yunusobod tumanidagi 206-MTMda soat 12:20 bulishiga qaramay, bogcha tarbiyalanuvchilari uchun tushlik tashkil etilmagan. Bogcha mudirasi esa mehmonlarga tayyorlov guruhidagi uquv-tarbiya jarayoni bilan tanishishni taklif qildi. Bolalar tayyorlov guruhi tarbiyachisi, 18 yillik pedagogik tajribaga ega Dilyara Egamberdievaning mashgulotlariga shu qadar qiziqib ketganidan mehmonlarning guruhga kirib kelganini ham sezmay qolishdi. Bogcha opaning talim-tarbiya berish metodikasini yuqori boholagan vazir oshkhonaga yul oldi.

Taomnoma buyicha 2-qaylali nukhatli butqa pishish arafasida bulsa-da, uning ichida yangi solingan khom gusht borligi aniqlandi. Malum bulishicha, oshpaz E. Mamedova taomnoma buyicha tushlikdagi 2-ovqatga berilishi lozim bulgan 35,22 kilogramm urniga 31 kilogramm gusht ishlatgan. Ammo mehmonlarning kutilmagan tashrifi uni esankiratgani bois, pishib turgan butqaga yana 4 kilogramm khom gushtni solib yuborgan. Bu esa tushlik vaqtini kechiktirib, kun tartibining buzilishiga ham sabab bulgan.

Shuningdek, mazkur bogchaning quvvati 540 nafar bolaga muljallangan bulishiga qaramay, 2018 yilning 1 yanvar holatida tarbiyalanuvchilar soni 740 nafarni tashkil etgan. Bolalar bogchasi binosining birinchi blogi esa tuman hokimiyati tomonidan mahalla qumitasiga berib yuborilgan. Yul quyilgan kamchiliklar munosabati bilan mudira V.Mukhammedova, oshpaz E.Mamaedova, ombor mudiri D.Dadakhodjaeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shuningdek, bogcha hamshirasi Sh.Tashtaevaga intizomiy jazo chorasi qullanildi.

Kunning ikkinchi yarmida vazir va yana bir qator masullar Mirzo Ulugbek tumanidagi 14-maktabgacha talim muassasasida ham bulishdi. Bu erdagi vaziyat ham yuqoridagidan farq qilmaydi, deya qayd etdi vazirlik matbuot khizmati. Bogcha 1980 yilda qurilgan bulib, uning quvvati 320 uringa muljallanganiga qaramay, bugungi kunda ushbu bogchada 551 nafar bola tarbiyalanmoqda.

Bundan tashqari, oshkhona faoliyati talab darajasida yulga quyilmagan. Khususan, maktabgacha talim muassasiga Toshkent shahrida faoliyat kursatayotgan «Ibragimova» MChJ tomonidan etkazib berilgan gushtning bir qismi sifatsiz holatda ekani va yaroqsiz gusht mahsulotlari oshkhona muzlatgichida saqlangani aniqlandi.

Natijada bogcha ombor mudiri D. Bakhromova va bosh oshpaz D. Davirova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Maktabgacha talim muassasasi mudirasi vazifasini bajaruvchi F.Usmanbekova hamda hamshira G.Khujamqulovaga esa «hayfsan» intizomiy jazo chorasi qullanildi. «Ibragimova» MChJ bilan tuzilgan shartnoma ham bekor qilingan.

Agrippina Shin urganish davridagi holatlarni zudlik bilan bartaraf etish va ularni takrorlamaslik maqsadida chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va ijroga qaratish yuzasidan mutassadilarga topshiriq berdi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари