Home / Jahon / Makron Putinga qungiroq qildi va Navalniyning zaharlanishi masalasida izoh suradi
Место рекламы

Makron Putinga qungiroq qildi va Navalniyning zaharlanishi masalasida izoh suradi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi va unga fransuz mutakhassislari nemis ekspertlarining Aleksey Navalniy «Novichok» guruhiga mansub bulgan asab tizimini falajlovchi moddadan zaharlangani haqidagi khulosasini tasdiqlaganini aytdi. Bu haqda Elisey saroyi bayonotiga asoslanib Le Monde nashri khabar berdi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Suhbat vaqtida Makron Navalniyga uyushtirilgan suiqasd buyicha oydinlik kiritilishi kerakligi haqida gapirgan. U Rossiya tomonidan ushbu ish yuzasidan shaffof va ishonchli tekshiruv utkazilib, izoh berilishini talab qilgan.

Kremldagilar ushbu telefon muloqoti Fransiya prezidenti tashabbusi bilan uyushtirilgani haqida khabar bergan. «Suhbatda „A.Navalniy ishi“ atrofidagi murakkab vaziyat muhokama qilindi. Vladimir Putin bu masalada Rossiya tomonini asossiz ayblash urinsiz ekanini qayd etdi», deyilgan RF prezidenti mamuriyati malumotida.

Putin Makronga hodisa qanday ruy berganini aniqlash uchun Germaniya tomoni Rossiyaga Navalniydan olingan biomateriallardan namuna, shuningdek, tahlil natijalari buyicha rasmiy khulosani berishi kerakligini aytib utgan. Bundan tashqari, Putin germaniyalik shifokorlar rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda ishlashi kerakligini takidlagan.

14 sentyabr kuni Germaniya hukumati Fransiya va Shvesiyadagi laboratoriyalar ham Navalniyning organizmida «Novichok» guruhiga mansub modda izlari bulganini tasdiqlashgandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

hu_sDR8bWbT9fBlCki6-rn-eGMdDC4Qs

Pompeo Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralar utkazadi

Maykl Pompeo muzokaralar 23 oktyabrda bulib utishini malum qildi. Foto: Reuters AQSh davlat kotibi Maykl …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари